Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda
Download 36 Kb.
|
Menejment
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Har bir tumanda (shaharda) Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi va 2019-yil davomida ular tomonidan 13 mln.ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi. Bugungi kunda ayrim hududlarda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 130 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni doimiy ravishda o‘sib borishi mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini talab etmoqda. Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) zimmasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini Agentlikka o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. Agentlikka Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda uni Yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo elektron hamkorlikni bepul ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin. 4. Quyidagilar: 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘llaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Mazkur Farmonning 2-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ma’lumotlarni raqamlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda (keyingi o‘rinlarda — mahallalar) yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini (keyingi o‘rinlarda — Filiallar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. Quyidagilar Filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin: jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish; fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish; tegishli hudud aholisini ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish. 8. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining Filiallarni mahallalarning fuqarolar yig‘inlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 9. Belgilansinki: Filiallar, zarur hollarda, alohida, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida, shuningdek, Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilgan binolarda joylashtirilishi mumkin; Filiallarni tashkil etish, shu jumladan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, Filiallar uchun alohida binolarni mebel, tashkiliy texnika va jihozlar bilan ta’minlash esa mahalliy budjetlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomalari bo‘yicha Filiallarning belgilangan tartibda Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin. 11. Agentlik tuzilmasida Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan: Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY arxivlari va Filiallar uchun qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish; mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikka ishga jalb etish huquqi berilsin. 13. Sug‘urta kompaniyalariga Davlat xizmatlari markazlari egallab turgan binolarda va hududlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini tuzish hamda majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar reklamasini joylashtirish huquqi berilsin. 14. Belgilansinki: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va Filiallar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladigan 1 foizi miqdoridagi mablag‘lar 0,5 foizga kamaytiriladi; Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda ta’limning minimal darajasi va ishchilarga kasbi bo‘yicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida Agentlikda qo‘llash uchun, istisno tariqasida, tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘ladi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi: Agentlik bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar talab eng yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mobil ilovaning to‘liq shakli joriy etilishi va keyinchalik tizimli asosda takomillashtirib borilishini ta’minlasin; ikki oy muddatda xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanmasdan identifikatsiyalashning muqobil mexanizmlarini joriy qilgan holda Internet tarmog‘i orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2020-yil 1-aprelga qadar Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tahlil qilsin va davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin; Davlat xizmatlari markazlari va ularning Filiallari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan, psixologiya bo‘yicha kurslardan o‘tgan holda oshirish tizimining doimiy asosda takomillashtirilishini ta’minlasin; 2020-yil 1-mayga qadar Filiallarni mahalla yoki bir nechta mahallalarning ehtiyojini, shu jumladan ulardagi aholi soni, Davlat xizmatlari markazlaridan uzoqligini tahlil qilish asosida tashkil etish bo‘yicha minimal tashkiliy-texnik talablar, shuningdek, Filiallar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlarini aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida (diniy muassasalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, savdo-ko‘ngilochar komplekslar) o‘rnatiladigan interaktiv infokiosklar orqali o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida ko‘rsatish tartibini joriy etsin; 2021-yil 1-yanvarga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatishning minimal talablari va standartlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari U.Sh. Tashxodjayev — mazkur Farmonning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ular rahbarlarining ko‘rilgan choralar haqidagi har oylik hisobotlarini eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishi, mazkur Farmonning o‘z vaqtida ijro etilishida mas’ul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam berilishini ta’minlasin, shuningdek, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori X.S. Turaxujayev — mahallalarning ehtiyojini, aholi soni va markazlardan uzoqligini inobatga olgan holda ularda filiallar tashkil etilishi va keyinchalik faoliyat yuritishi, ularning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz ishlashi va doimiy takomillashtirib borilishi, Agentlik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy standartlari joriy etilishini ta’minlasin; mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari — idoraviy axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun ma’lumotlar raqamlashtirilishini ta’minlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin, shuningdek, filiallarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishida yordam ko‘rsatsin. Talaba -Azizov Boburjon Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling