Ma‘mun-universiteti
Psixika evolyusiyasi va antropogenez
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
Psixika evolyusiyasi va antropogenez. Jamoa bo’lib yashash, jinsiy yetilishgacha bo’lgan rivojla-nish muddatining uzayishi, bosh miyaning faoliyati, nutq, qurol-lar yasash qobiliyati, tananing tuzilishi va funksiyalari maj-muasi odamni tavsiflovchi xossalar hisoblanadi. Bularning vujudga kelishi va shakllanishida organik olamning tarixiy rivojlanishida muhim rol o’ynagan evolyusiya omillari — mutasiya jarayoni, alohidalanish, hayot to’lqinlari, tabiiy tan-lanish katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Mutasiya jarayoni va genlar kombinasiyasi odamda xilma-xil anatomik-morfologik, fiziologik-bioximiyaviy, genetik o’zgarishlarni keltirib chiqargan. Sosial muhit esa har bir individning o’ziga xos genotipi saqlanishiga ko’maklashgan. Har xil irqlar, etnik guruhlar paydo bo’lishida alohidala-nish muhim rol o’ynagan. Odam evolyusiyasida hayot to’lqinlarining ham ahamiyati kat-ta bo’lgan. U yoki bu regiondagi odamlar ajdodlari orasida vaqt-vaqti bilan bo’lgan ocharchilik, yuqumli kasalliklar tar-qalishi, chunonchi, vabo, o’lat, sil paydo bo’lishi va tarqalishi zaif organizmlarning ko’plab qirilishiga va shu yo’l bilan tirik qolgan odamlar genofondining tasodifiy, yo’nalishsiz o’zgarishiga sabab bo’lgan. Primatlar, shu jumladan, qadimgi odam to’dalari oziqlanish maydonini egallash, yovvoyi hayvon-larni ovlash, o’simliklarning yeyiladigan qismlarini topish, yig’ish, saqlash bo’yicha o’zaro raqobatda bo’lganlar. To’dalar orasidagi bunday raqobatlarda g’olib kelish ko’p jihatdan to’da a’zolari yoki boshliqning qobiliyatiga, uddaburonligi-ga, ov qilish, yovvoyi o’simliklarning yeyiladigan qismlarini topish, g’amlash, xavf-xatarning oldini olish singari ko’nik-malarga, to’da a’zolarining soniga bog’liq bo’lgan. Agar to’da a’zolarining har xil joyda tarqalganligi, alohidalashganli-gini e’tiborga olsak, u holda ular genetik jihatdan farq qilishiga e’tiroz qolmaydi. To’dalar orasidagi hayot-mamot raqobatida yuqori qobiliyatga ega, uddaburon, qurollar yasashva oziq topish, uni saqlashga mohir to’da a’zolarining g’olib kelishi tabiiy bir hol edi. Uzoq ming yillar davom etgan bunday gruppali tanlanish primatlarning barcha turlarida ro’y bergan bo’lsa-da, lekin ikki oyoqlab yurishga, qo’lni ishla-tishga layoqatli gominidlarda to’rt oyoqlab yuruvchi, daraxtlar-da hayot kechiruvchi vakillarga qaraganda ko’proq ijobiy nati-jalar bergan. Gominidlarning tarixiy rivojlanishida yana turlararo tanlanish ham amalga oshgan. Chunonchi, avstralopiteklar bilan qadimgi odamlar — eruktuslar bir vaqtda yashagan va bunda turlararo tanlanish avstralopiteklarga qaraganda qobiliyat va aqliy jihatdan anchagina rivoj topganeruktusodamlarning g’olib chiqishiga sabab bo’lgan. Gominidlardagi turlararo tan-lanish, hayvonlardagi turlararo tanlanishdan farq qilib, gruppali tanlanish bilan uzviy bog’liq bo’lgan. Chunki raqobat bir tomondan eruktus, ikkinchi tomondan avstralopitek guruh-lari orasida yuz bergan. Tanlanish bir turning ikkinchi tur ustidan g’olib kelganligiga sababchi ekanligini e’tiborga olib, gruppali tanlanish turlararo tanlanish qiyofasiga kir-gan, deb aytish mumkin. Shunday qilib, to’dalar orasida polimorfizm vujudga ke-lishida mutasiya jarayoni, alohidalanish, hayot to’lqinlari, tabiiy tanlanish, shuningdek, qadimgi odamlarning o’zaro uch-rashuvidagi stress holat alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Xusu-san stress holat tufayli odam organizmidagi neyroendokrin boshqarilish o’zgargan. Homosapiensturi maydonga kelishi bilan biologik omil-larning, xususan, alohidalanish, hayot to’lqinlari, tabiiy tan-lanishning ahamiyati tobora susaygan. Odamlar tobora takomillashgan ish qurollari ishlab chi-qishi oziq tayyorlash, uy-joy qurish, atrof-mu^qitni xavf-xa-tardan saqlashga imkon berdi. Oqibatda inson evolyusiyasida tabiiy tanlanishning ahamiyati ham keskin kamayib, sosial omillarning roli ortgan. Lekin odamning tarixiy rivojla-nishida biologik va sosial omillar o’zaro bog’liq holda ta’-sir ko’rsatgan. Har bir odamlar to’dasi qurol yasash, yovvoyi hayvonlarni ovlash, o’simliklarni yig’ish, hayvon va o’simlik-larni parvarish qilish va shu singari bilimlar, ko’nikma-malakalarni yosh avlodga o’rgata borgan. yosh avlod ularni o’z-dashtirish bilan bir qatorda o’sha bilimlar, ko’nikma-malaka-larni o’zi ixtiro qilgan yangiliklar bilan boyita borgan. Birgalikda hayot kechirish, olovdan foydalanish, go’shtli ovqat iste’mol qilish tafakkur, nutqning rivojlanishga, bosh miya hajmining ortishiga sabab bo’ladi. Biroq odam bosh miyasining yanada kattalashishiga ayollarda jinsiy organidagi tuxum yo’-lining ensiz bo’lishi to’sqinlik qilgan. Bu qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun tanlanish ayollarda chanoq suyagi hajmi-ning kengayishiga, aksincha, miya rivojlanishining sekinlashi-shiga olib kelgan. Odatda, yangi tug’ilgan chaqaloqning miyasihali to’liq shakllanmagan bo’lib, uning rivojlanishi asosan go’daklik va bolalik davrida tugallanadi. Sut emizuvchi hay-vonlarda (tuxum qo’yib ko’payuvchilardan tashqari) yangi tug’il-gan organizm mustaqil hayot kechirishga tayyor bo’lgani holda, yangi tug’ilgan odam bolasi mustaqil hayot kechira olmaydi. Shu sababli ayollar bolalarni uzoq muddat parvarish qilishga va oqibatda erkakka birmuncha qaram bo’lishga majbur. Shunga ko’ra jamoa ayollarga va ularning bolalariga g’amxo’rlik qila boshlagan. Bu esa o’z navbatida jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatni — hamkorlikni kuchaytirgan. Hozirgi vaqtda tur sifatida Homo sapiens ning evolyu-siyasi tugallangan, deb aytish mumkin. Shunga ko’ra, uning kelgusi evolyusiyasidan katta o’zgarishlar kutib bo’lmaydi. Lekin zvolyusiya shakllangan tur doirasida davom etadi. Chunonchi, keyingi vaqtda har xil etnik guruhlar, irqlar orasida kuza-tilayotgan nikohlar odamzod genofondini boyitib bormoqda. Shu bilan birga atrof-muhitning ifloslanishi, qishloq xo’ja-ligida mineral o’g’itlar, turli pestisidlar, gerbisidlar, de-foliantlarni ko’plab qo’llash tufayli kishilarda polimor-fizm, irsiy kasalliklar ko’payib bormoqda. Binobarin, odam zvolyusiyasida alohidalanish, hayot to’lqinlari, tabiiy tanla-nishning ahamiyati kamayganiga qaramay, mutasion va kombi-nasion o’zgaruvchanlik o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Odamning bundan keyingi evolyusiyasi kollektiv aql-idrokining rivoj-lanishi (axborotni to’plash, saqlash, uzatish)ga, atrof-muhitdan yanada samaraliroq foydalanishga yo’nalgan. Xulosa qilib aytganda, Homo sapiens rivojlanishida bir qancha bosqichlarni o’tgan. Ulardan birinchisi o’zini-o’zi ang-lash, ya’ni ongning rivojlanishidir. Bu hodisa taxminan 40— 50 ming yil oldin ro’y bergan o’zini-o’zi anglash tufayli aj-dodlarimiz odamlar bilan hayvonlar orasidagi farqqa bor-ganlar va inson tabiat kuchlarini jilovlashi mumkinligiga ishona boshlaganlar. Aqlli odamlar tarixiy rivojlanishidagi ikkinchi bosqich yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish — xonakilashtirish, yovvoyi o’simliklarni ekib madaniylashtirish bilan bog’liq. Bu hodi-sa taxminan 15—10 ming yil oldin boshlangan. Natnjada odam shu paytgacha tashqi muhit bilan bog’lg’iq bo’lsa, endilikda u hayot sharoitining ba’zi tomonlarini nazorat qilish imkoniga ega bo’ldi. Inson tarixiy rivojlanishining uchinchi bosqichi ilmiy-texnika inqilobi bilan bog’liq bo’lib, u bundan :1 ming yil oldin boshlangan va keyingi 3—4 yuz yil mobaynida avj ol-gan. Ilmiy texnika taraqqiyoti tufayli insonning tabiat us-tidan hukmronligi ortdi. U sayyoramizning yirik territoriya-larini o’z xohishiga ko’ra o’zgartira olish imkoniga ega bo’ldi va nihoyat hayot uchun noqulay bo’lgan Arktika, Antraktidani ham o’zlashtirishga, koinotning quyi qismini zabt etishga erishdi. Darslikning XI bobida evolyusiyaning boshlang’ich mate-riali, birligi, hodisasi, omillari bilan tanishildi. Inson o’zini-o’zi anglab, biologik mavjudotdan ijtnmoiy mavjudot-ga aylangandan so’ng, biologik omillarning inson taraqqiyoti-ga ko’rsatgan ta’siri asta-sekin kamayib, ijtimoiy omillar-ning ahamiyati orta borgan. Lekin shunga qaramay, insonda boshqa tirik mavjudotlar singari oziqlanish, nafas olish, urchish, nasl qoldirish, o’sish, rivojlanish davom etar ekan, u biologik qonunlarga bo’ysuna beradi. Lekin ular inson ta-raqqiyotida asosiy omil rolini bajarmasa ham tabiiy tanla-nish kishilar hayotida hyech qanday ahamiyatga ega emas, degan xulosaga kelish yaramaydi. Tabiiy tanlanishning stabillashtiruvchi formasi odam-ning hozirgi tuzilishi, qiyofasini saqlab qolishga qaratilgan. Keskin mutasiyaga uchragan zigotalarning homilaligida nobud bo’lishi, tug’ilgan chaqaloqlarning o’rtacha vaznlilari yashovchan ekanligi bunga yorqin misoldir. Keyingi vaqtda atrof-muhit-ning ifloslanishi tufayli spontan mutasiyalar hosil bo’lishn birmuncha ko’paydi. U yoki bu irsiy kasalliklar bilan tug’il-gan bolalar kishilik jamiyati uchun nihoyatda xavfli ekanli-gini qayd etish zarur. Yangidan hosil bo’lgan mutasiyalar u yoki bu regionda yasha-yotgan odamlar genofondining o’zgarishiga, uning yangi belgilar bilan boyishiga sabab bo’ladi. Mutasiya bosimi yo’nalishsiz ekanlngini, shunga qaramay bu hodisa har bir shaxsning o’ziga xos genotipini saqlashga imkon yaratishini aytib o’tish kerak. Bunday hodisalar mutasiya jarayonining insonlar genofondiga ta’siri o’z qimmatini yo’qotmaganligidan dalolat beradi. Alohidalanish yaqin vaqtgacha insonlar tarixiy rivojla-nishida ma’lum rol o’ynagan bo’lsa-da, hozirgi vaqtda xalq-lar, mamlakatlar orasidagi aloqa vositalarining rivoj to-pishi tufayli o’z ahamiyatini tobora kamaytirib bormoqda. Alohidalanish to’siqlarining bartaraf etilishi tufayli in-son genofondi tobora boyib bormoqda. Yaqin vaqtgacha yuqumli kasalliklar bo’lgan vabo, sil, moxov va boshqalardan odamlar ko’plab qirilgan bo’lsa, endilikda ularga qarshi davo choralariyashlab chiqilganligi va amaliyotga tatbiq qilinganligi tufayli ulardan o’lish juda kamayib ketdi. Bu hodisa hayot to’lqinlari ham evolyusiya omili sifatida insonning tarixiy rivoj-lanishida kam ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi. Bayon etilganlardan ma’lum bo’ladiki, evolyusiyaning bosh-lang’ich omillaridan faqat mutasiya jarayonining odam geno fondiga ko’rsatgan ta’siri o’zgarmagan, xolos. Shuni nazarda tutgan holda odam tanasining tuzilishida, tashqi qiyofasida kelgusida biror-bir keskin o’zgarish kutilmaydi. Odamda ro’y beradigan o’zgarishlar jamoa ravishda axborot to’plash, uni saqlash, kelgusi naslga berish, tabiatni yanada ko’proq egal-lashga qaratilgan bo’ladi. Insonning kelajagi ayrim shaxslarning aql-idroki bilan emas, balki jamoatning aql-idroki bilan belgilanadi. Dastlabki aqlli odamlar turi toza suv, sof havoli muhit-da tarkib topgan. Keyingi yillarda zaharli ximikatlardan, mineral o’g’itlardan keng foydalanish, yangi sanoat markazla-ri, shaharlar, transport vositalari ko’payishi tufayli atrof-muhitning ifloslanishi tobora ortib, zararli mutasiyalarni keltirib chiqarmoqda. Keyingi vaqtda allergiya kasalligining xilma-xil formalari ko’payib ketganligi bunga yaqqol misol-dir. Har bir odam ko’chib yuruvchi biosenozdi. Uzoq davom etgan evolyusiya natijasida odam tanasida ko’pgina mikroorganizmlar birgalikda yashaydi. Ichaklarda yashaydigan achituvchi bakteriyalar, zamburug’lar, terida uchraydigan ko’pgina mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Hayot tarzining o’zgarishi ana shu mikroorganizmlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Odam tanasidagi biosenozning o’zgarishi, albatta, unga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling