Ma`muriy huquq – bu davlat organlarining ijro etuvshi va
farmoyish beruvchi faoliyatini
tashkil etish hamda amalga
oshirishda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy normalar majmuidir.
Har qanday boshqaruv jamiyatda yuzaga keladigan turli
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Jamiyatda mavjud
bo`lgan boshqaruv ijtimoiy boshqaruv hisoblanib, davlat
boshqaruvi uning asosiy turlaridan biri sanaladi. Jamiyatda
davlat boshqaruvidan tashqari ham boshqaruv mavjud bo`lsada,
ma`muriy huquq faqat davlat boshqaruvi bilan bog`liq
munosabatlarni tartibga soladi.
1. Davlat boshqaruv
organlarining huquqiy
maqomlarini va ularning faoliyatini tashkil etish
asoslarini, fuqarolarning asosiy
huquq va
majburiyatlarini belgilovchi O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bosh manba hisoblanadi.
2. Ma`muriy-huquqiy me`yorlarni o`zida aks
ettirgan qonunlar.
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
ma`muriy boshqarish predmetiga
taalluqli
farmonlari.