Ma’muriy huquq va protsess modulidan oraliq nazorat ishi 1-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat xizmatini tartibga solishdagi vazifalari nimadan iborat?
Download 31.96 Kb.
|
1 Ma’muriy huquq va protsess modulidan oraliq nazorat ishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat xizmatini tartibga solishdagi vazifalari nimadan iborat?
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g’oyaviy plat-formasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati so-hasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbol-larini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish-ning innovatsion usullarini joriy etish; Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil et-ish va yuritish; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o’lchanadigan indikatorlari (эng muhim ko’rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o’rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish; malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xori-jda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo’yicha tizimli ishlarni olib borish; eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mus-taqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish; davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korruptsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish; davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish; davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o’zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qi-lish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko’maklashish.
Download 31.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling