Ma'muriy jarayon Reja


Download 44.01 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi44.01 Kb.
#1775657
Bog'liq
Mamuriy Jazo Usanov Javohir

Ma'muriy jarayon

Reja

1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari

2. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari

3. Ma'muriy-protsessual normalar va munosabatlar


Umumiy qoidadan kelib chiqadigan bo`lsak, jarayon – bu qandaydir holatlarning, hodisalarning ketma-ketlikda almashinuvi, nimaningdir rivojlanishi bo`lib, kimyoviy, biologik va ijtimoiy ko`rinishlarga ega bo`ladi. Barcha jarayonlar ichida ijtimoiy jarayon alohida ahamiyatga egadir. Ijtimoiy jarayon – ishlab chiqarish, ijodiy, yuridik (huquqiy) va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy jarayonning boshqaruv, tashkiliy va stixiyali (masalan, migratsiya; bozor) ko`rinishlari ham mavjuddir.
Demak, ma'muriy jarayon – ma'muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan hamda ma'muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali ma'lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir
Huquqshunos olimlar o`zlarining ilmiy ishlarida huquqiy faoliyatning bir necha turlarini farqlashadi, masalan, huquqiy jarayon, shartnomaviy faoliyat, ish yuritish.
.G.Lukyanova o`zining monografiyasida, huquqiy jarayon va u bilan bog`liq bo`lgan protsessual huquq tushunchasiga bir necha yondoshuvlarni ko`rsatib o`tadi. Jumladan, uning fikricha:
1) huquqiy jarayon – bu odilsudlov organlarining yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir; protsessual huquq – odilsudlovni amalga oshirish jarayonida ularning faoliyati bo`yicha yoki odilsudlovni amalga oshirishga tayyorlash faoliyati bo`yicha vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisidan iborat;
2) huquqiy jarayon – vakolatli davlat organlari va boshqa subyektlarning yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir. Protsessual huquq deganda esa, huquq to`g`risidagi nizolarni hal etish va huquqiy majburlovni qo`llashga qaratilgan faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi;
3) huquqiy jarayon – vakolatli davlat organlarining huquq ijodkorligi va huquqni qo`llash faoliyatidir; protsessual huquq – huquq ijodkorligi va moddiy huquq normalarini qo`llash jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni (“tashkiliy” ijtimoiy munosabatlarni) tartibga soladi;
4) huquqiy jarayon – moddiy-huquqiy normalarni amalga oshirish shaklidan qat'i nazar, bajarish jarayonidir. Protsessual huquq – moddiy huquq normalarini amalga oshirish bo`yicha “instruksiya” (ko`rsatma) hisoblanadi
5) huquqiy jarayon – davlat organlarining barcha huquqiy faoliyatidir (huquq ijodkorligi, huquqni qo`llash, ta'sis etish, kontrol, farmoyish berish). Protsessual huquq esa, bu faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi hisoblanadi.1
D.Sorokinning fikricha, jarayon – huquqiy kategoriya bo`lib, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega:
birinchidan, jarayon – bu davlat hokimiyat faoliyatining ifodalanishidir. Boshqacha aytganda, jarayon – bu shunday faoliyatki, uning yordamida davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunchilikda ko`rsatilgan huquqiy shaklga ega bo`ladi;
ikkinchidan, jarayonning har qanday turi – bu dinamik (harakatchan) tushuncha bo`lib, tegishli davlat hokimiyati organlari faoliyatining murakkabligini ko`rsatadi;
uchinchidan, jarayonning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu har qanday hokimiyat faoliyati emas, balki mazmuni, maqsadi va undan kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra huquqiy hisoblanadi;
to`rtinchidan, jarayon huquqiy faoliyat sifatida, ma'lum bir tartibga solinganlikni talab etadi. Tartibga solish - turli davlat organlari protsessual faoliyatining asosiy tomonlarini qamrab oladi va huquq tizimida muhim ahamiyatga ega bo`lgan protsessual normalar orqali amalga oshiriladi;
beshinchidan, ma'muriy jarayon, qoida bo`yicha, soddalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bog`liq.
Bundan tashqari, ma'muriy jarayonning o`ziga xos xususiyatlariga – ma'lum bir ishlarning yozma yoki og`zaki tartibda olib borilishini, sirtdan ko`rib chiqilishini ham kiritish
Demak, ma'muriy jarayon – ma'muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan hamda ma'muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali ma'lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir
Etiboringiz uchun raxmat
Download 44.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling