Ma'muriy jarayon Reja
Download 44.01 Kb.
|
Mamuriy Jazo Usanov Javohir
Ma'muriy jarayonReja1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari2. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari3. Ma'muriy-protsessual normalar va munosabatlarUmumiy qoidadan kelib chiqadigan bo`lsak, jarayon – bu qandaydir holatlarning, hodisalarning ketma-ketlikda almashinuvi, nimaningdir rivojlanishi bo`lib, kimyoviy, biologik va ijtimoiy ko`rinishlarga ega bo`ladi. Barcha jarayonlar ichida ijtimoiy jarayon alohida ahamiyatga egadir. Ijtimoiy jarayon – ishlab chiqarish, ijodiy, yuridik (huquqiy) va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy jarayonning boshqaruv, tashkiliy va stixiyali (masalan, migratsiya; bozor) ko`rinishlari ham mavjuddir. Demak, ma'muriy jarayon – ma'muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan hamda ma'muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali ma'lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir Huquqshunos olimlar o`zlarining ilmiy ishlarida huquqiy faoliyatning bir necha turlarini farqlashadi, masalan, huquqiy jarayon, shartnomaviy faoliyat, ish yuritish. .G.Lukyanova o`zining monografiyasida, huquqiy jarayon va u bilan bog`liq bo`lgan protsessual huquq tushunchasiga bir necha yondoshuvlarni ko`rsatib o`tadi. Jumladan, uning fikricha: 1) huquqiy jarayon – bu odilsudlov organlarining yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir; protsessual huquq – odilsudlovni amalga oshirish jarayonida ularning faoliyati bo`yicha yoki odilsudlovni amalga oshirishga tayyorlash faoliyati bo`yicha vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisidan iborat; 2) huquqiy jarayon – vakolatli davlat organlari va boshqa subyektlarning yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir. Protsessual huquq deganda esa, huquq to`g`risidagi nizolarni hal etish va huquqiy majburlovni qo`llashga qaratilgan faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi; 3) huquqiy jarayon – vakolatli davlat organlarining huquq ijodkorligi va huquqni qo`llash faoliyatidir; protsessual huquq – huquq ijodkorligi va moddiy huquq normalarini qo`llash jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni (“tashkiliy” ijtimoiy munosabatlarni) tartibga soladi; 4) huquqiy jarayon – moddiy-huquqiy normalarni amalga oshirish shaklidan qat'i nazar, bajarish jarayonidir. Protsessual huquq – moddiy huquq normalarini amalga oshirish bo`yicha “instruksiya” (ko`rsatma) hisoblanadi 5) huquqiy jarayon – davlat organlarining barcha huquqiy faoliyatidir (huquq ijodkorligi, huquqni qo`llash, ta'sis etish, kontrol, farmoyish berish). Protsessual huquq esa, bu faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi hisoblanadi.1 D.Sorokinning fikricha, jarayon – huquqiy kategoriya bo`lib, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega: birinchidan, jarayon – bu davlat hokimiyat faoliyatining ifodalanishidir. Boshqacha aytganda, jarayon – bu shunday faoliyatki, uning yordamida davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunchilikda ko`rsatilgan huquqiy shaklga ega bo`ladi; ikkinchidan, jarayonning har qanday turi – bu dinamik (harakatchan) tushuncha bo`lib, tegishli davlat hokimiyati organlari faoliyatining murakkabligini ko`rsatadi; uchinchidan, jarayonning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu har qanday hokimiyat faoliyati emas, balki mazmuni, maqsadi va undan kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra huquqiy hisoblanadi; to`rtinchidan, jarayon huquqiy faoliyat sifatida, ma'lum bir tartibga solinganlikni talab etadi. Tartibga solish - turli davlat organlari protsessual faoliyatining asosiy tomonlarini qamrab oladi va huquq tizimida muhim ahamiyatga ega bo`lgan protsessual normalar orqali amalga oshiriladi; beshinchidan, ma'muriy jarayon, qoida bo`yicha, soddalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bog`liq. Bundan tashqari, ma'muriy jarayonning o`ziga xos xususiyatlariga – ma'lum bir ishlarning yozma yoki og`zaki tartibda olib borilishini, sirtdan ko`rib chiqilishini ham kiritish Demak, ma'muriy jarayon – ma'muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan hamda ma'muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali ma'lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir Etiboringiz uchun raxmat Download 44.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling