Mamzu. Informatika xonasida Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish


Download 20.81 Kb.
bet2/4
Sana23.01.2023
Hajmi20.81 Kb.
#1111445
1   2   3   4
Bog'liq
6 -MA\'RUZA

Ko‘rgazmalilik
Ko‘rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o‘qitishdagi kabi, informatikani o‘qitish jarayonida ham asosiy va muhim hisoblanadi. Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinayotgan mashhur o‘qitish tamoyillaridan biridir.
Ushbu tamoyil shunday zaruratni keltirib chiqaradiki, unga ko‘ra o‘quvchilar miyasida hosil bo‘ladigan tasavvur va tushunchalar bevosita o‘rganilayotgan predmet, masalan, kompyuterdan olinadigan idrokiga asoslangan bo‘lishi lozim.
O’qituvchining bayoni, uning tushuntirishi aniq, ravshan obrazlarni o‘z ichiga olishi, o‘rganilayotgan savollarning mohiyatini ko‘rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak.
Masala yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, hullas, barcha hollarda to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Kompyuterdagi rasmlar bilan bir qatorda o‘qitishda ko‘rgazmalilik jadvallar, sxemalar, filmlar, multimediali videoproektorlar orkali namoyish etiladi.
Klaster
Klaster texnologiyasini individual va guruhda ishlaganda qo‘llash mumkin.
Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas.
1. Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga ochqich so‘z yoziladi.
2. O’quvchilar xayoliga kelgan ushbu so‘z bilan bog‘liq so‘z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar.


3. Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayoliga kelgan so‘zlarni ham darhol yozib qo‘yishadi.
4. So‘larni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi.
Klasterlar texnologiyasini foydalanish uchun bir qator qoidalarga rioya qilish zarur.
1. Hayolga kelgan hamma narsani fikrlarning sifatiga e’tibor bermasdan yozib borishi .
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtamasdan yozish.
4. Imkon darajasida ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish. G’oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik.



Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling