Uchinchi tamoyil – jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligiga erishish. Chunki bir tuzumdan ikkinchisiga qonuniy asosda o‘tish lozim. Aks holda, mamlakatda boshboshdoqlik yuz beradi, adolatsizlik kelib chiqadi, biron-bir ezgu maqsadni oxirigacha amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Shu sabab Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish hamma uchun qat’iy qoida bo‘lib qoladi.
To‘rtinchi tamoyil – aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati ana shunday ilmiy, huquqiy, ma’naviy asosga suyanadi. Ma’rifatli jamiyat barpo etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, adolatli huquqiy davlat qurish maqsadi shuni talab etadi. Chunki kuchli ijtimoiy siyosat iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |