Manapoliyalar ularning amal qilishi va tartibga solish xususiyatlari. Reja: Monopoliya va uning mazmun mohiyati


Download 25.11 Kb.
bet1/9
Sana20.06.2023
Hajmi25.11 Kb.
#1629625
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Manapoliyalar ularning amal qilishi va tartibga solish xususiyat-genderi.org


Manapoliyalar ularning amal qilishi va tartibga solish xususiyatlari

Manapoliyalar ularning amal qilishi va tartibga solish xususiyatlari.

Reja:

1.Monopoliya va uning mazmun mohiyati.

2.Monopoliya turlari, tabiiy va sun’iy monopoliya.

3.O’zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar.

1.Monopoliya va uning mazmun mohiyati.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul

qilishimiz zarur.” - deb ta’kidlagan edilar.

Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Aynan sog’lom raqobatgina bizni monopoliyadan saqlab qoluvchi omildir. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.

Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.


  • Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.

  • Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi. Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati», deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

  • «Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.

  • Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.

Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling