Ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mutaxassislik fanlari, ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini boshqarish bo`yicha test savollari


Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari qanday me’yoriy hujjatga asosan tasdiqlandi?


Download 151.78 Kb.
bet7/7
Sana29.11.2020
Hajmi151.78 Kb.
#155163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ ТЕСТ

569.Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari qanday me’yoriy hujjatga asosan tasdiqlandi?


*a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan;

c) O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qonuniga asosan;

d) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim vazirligining qo‘shma buyrug‘iga asosan.


570. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazish, mavzu tanlash, reja tuzish, stsenariy tayyorlash, tadbir o‘tkaziladigan xonalarni jihozlashni kimlarga topshirish lozim?

*а) o‘quvchilarga

b) o‘qituvchilarga

c) Yoshlar yetakchisiga

d) MMIBDO‘ga


571. 2017 yil 6 aprelьda VMning 187- sonli qarorining qabul qilinishi qaysi hujjatni bekor qildi?


*a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 390-sonli qarorini

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 451-sonli qarorini;

c) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 911-sonli qarorini;

d) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim

vazirligining 49 – sonli qo‘shma buyrug‘ini.

572. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari”ning qaysi qismiga asosan tasdiqlandi?


*a) 1 ilovaga muvofiq;

b) 2 ilovaga muvofiq;

c) 3 ilovaga muvofiq;

d) 4 ilovaga muvofiq.



573. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv- metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar nechanchi ilovaga muvofiq tasdiqlangan?


*a) 5 ilovaga muvofiq;

b) 2 ilovaga - muvofiq;

c) 3 ilovaga muvofiq;

d) 4 ilovaga muvofiq.



574. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari qachondan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi?


*a) 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab;

b) 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab;

c) 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab ;

d) 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab.



575. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazish vazifasi qancha muddatda deb belgilab qo‘yildi?

*a) 2 oy muddatda;


b) 1 oy muddatda;

c) 3 oy muddatda;

d) 15 kun muddatda.

576. Ikki oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazish vazifasi kimlarga yuklandi?


*a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga;

b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga;

c) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga;

d) Kasb-hunar ta’limi markaziga.

577. Yaratilayotgan o‘quv-metodik majmualarning o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishini ta’minlash qancha muddatda amalga oshirish kerak deb belgilab qo‘yildi?


*a) 3 oy muddatda;

b) 2 oy muddatda;

c) 1 oy muddatda;

d) 15 kun muddatda.



578. Vazirlar Mahkamasining 187- sonli qarorining bajarilishini nazorat qilish kimga yuklatildi?


*a) Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlildepartamentiga;

b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’limga;

c) Bosh Vazirga;

d) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,



579. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish qanday hujjatlarga asoslandi?


*a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 2013 yil 8 maydagi 124-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori;

b) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

c) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 2013 yil 8 maydagi 124-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta t’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori;

d) «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

«Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori.

600. Davlat ta’lim standartining maqsadi....


*a) Umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat;

b) ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

c) umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar;

d) rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish.



601. Davlat ta’lim standartining vazifalari.....


*a) Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

b) Davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;

c) O‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash.

d) Umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;



602. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy printsiplari nechta?


*a) 4 ta

b) 5 ta


c) 6 ta

d) 7 ta;



603. Qanday me’yoriy hujjatga baholash tizimi deb ataladi?


*a) davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat;

b) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat;

c) tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetentsiyalari belgilangan hujjat;

d) Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat.



604. Kompetentsiya nima?

*a) Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.


b) O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; .

c) O‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;;

d) O‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
605. Bilim nima?

*a) O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;

b) O‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;;

c) O‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

d) Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.

606. Ko‘nikma nima?

*a) O‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;

b) O‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

c) Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.

d) O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
607. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazish, mavzu tanlash, reja tuzish, stsenariy tayyorlash, tadbir o‘tkaziladigan xonalarni jihozlashni kimlarga topshirish lozim?

*а) o‘quvchilarga

b) o‘qituvchilarga

c) Yoshlar yetakchisiga

d) MMIBDO‘ga
608. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi tadbirlarning qanday uslublar asosida tashkil etilishiga bog‘liq?

*а) tadbirlarning mazmunan milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimiz, milliy g‘oya va madaniyatimiz, ma’naviy merosimiz bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar

b) tadbirlarning mazmunan milliy g‘oya bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar

c) tadbirlarning mazmunan ma’naviy merosimiz bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar

d) tadbirlarning mazmunan milliy madaniyatimiz, bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar
609. “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur” Ushbu satrlar muallifi kim?

*а) I Karimov

b) Sh. Mirziyoev

c) Sh. Shermatov

d) A. Aripov
610. Kelajagimiz poydevori qayerda yaratiladi?

*а) bilim dargohlarida

b) diniy tarbiyada

c) milliy qadriyatlarda

d) mahallada

611. Yuksak ma’naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, maayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy yetuklik kaba sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha?

*а) ma’naviy tarbiya

b) ma’naviy ong

c) axloqiy ong

d) pedagogik jarayon
612. Muayyan shaxsning ma’naiviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didini o‘stirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat?

*а) ma’naviy-axloqiy tarbiya

b) ta’lim-tarbiya

c) ma’naviy tarbiya

d) axloqiy tarbiya
613. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov 2014 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiyamizning 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida 2015 yilga qanday nom berdilar?

*а) «Keksalarni e’zozlash yili»

b) «Sog‘lom bola yili»

c) «Sog‘lom ona va bola yili»

d) «Obod turmush yili»
614. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi tadbirlarning qanday uslublar asosida tashkil etilishiga bog‘liq?

*а) tadbirlarning mazmunan milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimiz, milliy g‘oya va madaniyatimiz, ma’naviy merosimiz bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar

b) tadbirlarning mazmunan milliy g‘oya bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar

c) tadbirlarning mazmunan ma’naviy merosimiz bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar

d) tadbirlarning mazmunan milliy madaniyatimiz, bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar
615. “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur” Ushbu satrlar muallifi kim?

*а) I Karimov

b) Sh. Mirziyoev

c) Sh. Shermatov

d) A. Aripov

616. Kelajagimiz poydevori qayerda yaratiladi?

*а) bilim dargohlarida

b) diniy tarbiyada

c) milliy qadriyatlarda

d) mahallada
617. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdan ko‘zlangan asosiy maqsad?

*а) o‘quvchilarni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalash

b) ichki imkoniyatlari va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish

c) umuminsoniy qadriyatlarga oshno bo‘lishi uchun zamin hozirlash

d) muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
618. Yuksak ma’naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, maayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy yetuklik kaba sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha?

*а) ma’naviy tarbiya

b) ma’naviy ong

c) axloqiy ong

d) pedagogik jarayon
619. Muayyan shaxsning ma’naiviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didini o‘stirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat?

*а) ma’naviy-axloqiy tarbiya

b) ta’lim-tarbiya

c) ma’naviy tarbiya

d) axloqiy tarbiya
620. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov 2014 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiyamizning 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida 2015 yilga qanday nom berdilar?

*а) «Keksalarni e’zozlash yili»

b) «Sog‘lom bola yili»

c) «Sog‘lom ona va bola yili»



d) «Obod turmush yili»
Download 151.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling