SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 776
O’QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA
Parizoda O‘
rinova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va
adabiyoti universiteti, Tarjima
nazariyasi va amaliyoti fakulteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada
ma’naviy-axloqiy tarbiya haqida umumiy tushunchalar, ma’naviy-
axloqiy
xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Axloq va axloqiy ong tushunchalari ma’nosi ochib berilgan.
Tayanch tushunchalar: axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya,
ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma’naviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya
metodlari.
Axloq va ma’naviyat chuqur ichki o‘zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat
individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi,
axloq esa, o‘z
navbatida, guruh a’zolari bo‘gan individlar ma’naviyatining o‘zaro tutash ommaviy
munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs
kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning
ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy
tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik
xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri
bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini
tartibga soladigan qonun-
qoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi
munosabatlami boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlami tartibga
keltirish
uchungina emas, balki ularni uyg‘unlashtirish uchun ham zarur.
Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvorni
rag‘batlantirish va jazolash.
Ezgulik, tartiblilik,
haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik,
jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlami o'zida birlashtirgan
shaxs tavsifi axloqiy
tamoyillar deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar
o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi. Axloqning
asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori
ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o‘z-
o‘ziga qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo'lish).