Ma`naviyat insonning ijtimoiy madaniy mavjudod sifatidagi mohiyati Reja
«Milliy ma’naviyat asoslari» mustaqillikkacha maxsus
Download 288.38 Kb.
|
Ma`naviyat insonning ijtimoiy madaniy mavjudod sifatidagi mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’zbekiston yo’li»-«Islom Karimov yo’li
«Milliy ma’naviyat asoslari» mustaqillikkacha maxsus fan sifatida biror o‘quv yurtida o‘qitilgan emas va bu sohaga etarli e’tibor ajratilgan emas. «Ma’naviyat» tushunchasi faqat ba’zi hollarda «madaniyat» tushunchasining tarkibida «ma’naviy madaniyat» («duxovnaya kultura») sifatida olib qaralgan. Bugungi kunda bu masalaga yangicha qarash shakllanib kelmoqda. Bu qarashga binoan ma’naviyat moddiy ehtiyojlar hosilasi sifatida emas, inson va jamiyat hayotining asosini tashkil etuvchi mustaqil uch yo‘nalish (iqtisod, siyosat, ma’naviyat)ning biri sifatida olib qaralmoqda. SHunday yondoshuvdan kelib chiqqanimizda, aksincha, «madaniyat» inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, boshqa so‘z bilan aytganda, inson ma’naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sifatida namoyon bo‘ladi. «Milliy ma’naviyat asoslari» fani dasturiy tizimini belgilashda ushbu yangicha yondoshuvga tayanildi.
Har bir mustaqil millat o‘z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg‘or tamoyillar uyg‘unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo‘li istiqlolning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o‘tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ma’naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg‘otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo‘linsa, barcha ulug‘vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg‘or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta’limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya’ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg‘otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o‘zanlar sari yo‘naltira bilish bilan belgilanadi. Ma’naviyat poydevori baquvvat bo‘lmasa, unday insonning butun g‘ayrati, jo‘shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o‘z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Imom G‘azzoliy o‘z davrida bekorga aytmaganlar. «SHuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi o‘yin uchun yaratmishlar, aning amali ulug‘dir va uning uchun buyuk xatar bordir». Ana shu «ulug‘ amal» va «buyuk xatar» oralig‘ida yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olmoq ko‘p jihatdan ma’naviy ogohlik va kamolotga bog‘liq. «Milliy ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor ushbu «ma’naviy ogohlik» masalasiga qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, imkon darajasida yosh avlodni milliy ma’naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning mingyillik ildizlari, takomil bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chiqish manbalaridan ogoh etiladi. «Milliy ma’naviyat asoslari» fanining asosiy obekti-mustaqil O‘zbekiston uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan shaxs va millat ma’naviyatining takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yo‘llari xususidagi milliy ma’naviy merosimiz an’analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan iboratdir. Ma’lumki, jahon madaniyatiga bizning ajdodlarimiz qo‘shgan hissa ozmuncha emas. «Milliy ma’naviyat asoslari»ning maxsus fan sifatida o‘rganilishi, shu ma’noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy natijalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bo‘lmaydi. Demak, milliy ma’naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda o‘rganiladi. Fanning o‘qitish uslublari 1) uning maqsad va vazifalaridan 2) ta’lim qaysi tinglovchilar (talabalar, o‘quvchilar) uchun mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib belgilanadi: ma’ruzalar, suhbatlar, turli xil amaliy mashg‘ulotlar tizimi har bir o‘quv yurti ixtisos yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqilib, ular nafaqat ushbu o‘quv yurti professor o‘qituvchilari, balki mavzu taqozosiga ko‘ra, respublikaning muayyan sohadagi etakchi olimlari va mutaxassislarini taklif qilingan holda tashkil etiladi. Darslar, ayniqsa, suhbatlar faqat darsxonalarida emas, mavzuga muvofiq ravishda turli madaniyat muassasalari, jumladan, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari va h.k.larda ham tashkil etilishi yaxshi samara beradi. O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy taraqqiyot borasida tanlab olgan bozor iqtisodiyoti yo’lining to’g’riligi, hayotiyligi masalasiga, bu borada erishilgan yutuqlar va hal etilishi lozim bo’lgan muammolarga qaratish lozim. Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak, yashash joyga muxtoj. qayvonot dunyosi ham oziq-ovqatga muxtojlik sezadi. Inson ishlab chiqarish orqali o’z ehtiyojlarini qondiradi, hayvonlar esa hech nima ishlab chiqarmaydilar. Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani o’rganadi. Abu Ali ibn Sino fanlarni tasnif qilar ekan, iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy fanlar qatoriga kiritadi. O’rta asrlarda ilmlar tasnifi bilan shuqullangan Abu Abdulloh al Xorazmiy ham iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy falsafiy fan doirasiga kiritadi. Ishlab chiqarishning o’sishi va kishilar, mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqargan. O’rta Osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva savdogarlari odamlar ko’zini quvnatib, hayron qoldirgan tovarlar va buyumlarni qindiston va Xitoyga, Rossiya va g’arbiy Ovrupa mamlakatlariga etkazib borganlar. O’rta Osiyoda bozor munosabatlarining qadimdan rivoj topganiga «Buyuk Ipak yo’li» yaqqol misol bo’la oladi. Shunday ekan, hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqtisodi va uning mohiyati nimaq Uni qisqacha ifodalaydigan bo’lsak, u quyidagilarni anglatadi: Bozor iqtisodi degan so’z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to’g’ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi – mumkin qadar ko’proq va mumkin qadar sifatliroq, raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishdir. Xuddi shu talablarni amalga oshirishning eng qulay sharoitlarini kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida undan oldingi hamma tarixdagidan ko’p moddiy va ma'naviy qadriyatlar yarata oldi. Bozor iqtisodi hukmron mamlakatlar moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar buloqiga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati, yaratuvchilik imkoniyatlari namoyon bo’ldi. Jahon tajribasi, shu jumladan o’zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning o’zigagina xos bo’lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini ko’rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar-pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq Ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo’lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko’rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi. Iqtisodiyotning ham o’z ob'ektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslikning hech bir iloji yo’q. qar doim iqtisod o’z yo’lidan boraveradi, uni to’xtatish mumkin emas. Kimki iqtisod qonunlarini nazar-pisand qilmasa, uning kosasi oqarmaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, u qaysi yo’ldan borishi kerak, degan masala oldimizda ko’ndalang bo’lib turdi. Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikka erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o’rganib, Mustaqil O’zbekistonning bundan buyongi taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo’lidan borish ekanligiga qat'iy ishonch hosil etdi. Ammo bozor munosabatlarining qaysi yo’li, qaysi shakli biz uchun maqbul, qaysi birini o’zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda turgan muammo edi. Bozor munosabatlariga o’tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida, Yaponiya, quriya mamlakatlarida 20-30 yil davomida amalga oshgan, shakllangan. Yuqorida aytganimizdek, bozor munosabatlariga o’tish davr talabi. Biz uchun bundan boshqa yo’l yo’q. Buni respublikamiz ahli to’g’ri anglab etdi. Ammo kutib o’tirishga vaqt yo’q. Vaqt, davr nihoyatda tiqiz. Tezkorlik bilan mustaqil Respublikamizning bozor munosabatlariga qanday qilib, qaysi usulda o’tishini tanlab olish, bunda jahonning barcha ilqor tajribalarini umumlashtirish va foydalanishni hal etish lozim edi. Buning uddasidan chiqdik. Bunda Prezidentimiz Islom Karimov katta shijoat ko’rsatdi. Bozor munosabatlariga o’tishning jahonda orttirilgan barcha ijobiy tajribalarini o’rganib, xalqimizning tarixiy taraqqiyotiga, ruhiyatiga, milliy xususiyati, iqlim shart-sharoitlariga, mamlakatimizning juqrofiy mavqeiga asoslangan o’zimizga xos va mos yo’lni belgilab oldik. Ushbu yo’lning, kontseptsiyaning qoidalari Prezidentimiz kitoblarida, maqolalarida va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda, xususan Islom Karimovning «O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li» asarida har tomonlama asoslanib, bayon qilib berilgan. Bu «O’zbekiston yo’li»-«Islom Karimov yo’li» sifatida jahon bo’yicha yuksak baholanib kelinmoqda. Ushbu tanlangan yo’lning mohiyati O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqqan va ilgari surgan besh tamoyilda o’z ifodasini topgan. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, endilikda boshqa mamlakatlarda ham tan olindi. Download 288.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling