Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari
Download 166 Kb.
|
Ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruh
Mustaqil taraqqiyotning ma‟naviy asoslari. O„zbekistonning kelajak taraqqiyoti tashkiliy, bunyodkorlik ishlari katorida ma‟naviy yuksalishga bog„liq. Rivojlanish esa “inkor kilish kayfiyatidan bunyodkorlik kayfiyatiga o„tish”ni, jamiyat hayotining ma‟naviy asoslarini mustahkamlashni talab kiladi.
“Ma‟naviy asoslar” tushunchasi axloqiy, huquqiy, estetik, diniy va boshqa mafkuraviy munosabatlarni, ma‟naviy-mafkuraviy vazifalarni bajaruvchi ijtimoiy muassasalarni, keng ma‟nodagi ma‟naviy hayotni qamrab oladi. Mustaqil taraqqiyotning ma‟naviy asoslari deganda, xalqimiz hayotining yuksalishiga ta‟sir ko„rsatuvchi moddiy ishlab chiqarishga oid bo„lmagan barcha asosiy omillar nazarda tutiladi. Davlatning ta‟lim-tarbiya, ilm-fan, adabiyot va san‟at sohasida olib borayotgan siyosati, estetik me‟yorlarga, badiiy uslublar rang- barangligiga, madaniy merosga, dinga, siyosiy va axloqiy qarashlar xilma-xilligiga, ularning o„zaro kurashiga munosabati ham jamiyat taraqkiyotining ma‟naviy- mafkuraviy asoslari hisoblanadi. Ma‟naviy asos - vokelikka faol munosabat va ma‟lum maksadga, idealga intilish, shu ideallarga o„z faoliyatini moslashtirishdir. Ma‟naviy asoslar tizimida uchta katta guruhni hamda ikkita maxsus omilni ajratish mumkin: birinchi guruh - ijtimoiy ongga oid hodisalar: tuyg„ular, tushunchalar, g„oyalar, baholar, me‟yorlar, ideallar, ya‟ni “sof ma‟naviyat”. Ikkinchi guruh – “predmetlashgan” ma‟naviy kadriyatlar, madaniy meros. Uchinchi guruh- ma‟naviy funksiyalarni bajaruvchi ijtimoiy muassasalar. Ikki maxsus omil, bu - optimistik ma‟naviy muhit va ma‟naviy ehtiyojlarning yuksalishidir. Har bir guruh, o„z navbatida, tarkibiy qismlarga va nisbatan mustaqil shakllarga bo„linadi. Birinchi guruh doirasida falsafiy ong, axloq, estetik ong, huquqiy ong, diniy ong, ilmiy dunyokarash va uning alohida tarkibiy qismi sifatida milliy g„oya ajralib turadi. Ongning ikki darajasi - ijtimoiy psixologiya va mafkura ham bir-biridan farqlanadi. Ikkinchi guruhda esa siyosiy madaniyat, axloqiy madaniyat, hukukiy madaniyat va hokazo hamda san‟atning muayyan turlari: badiiy adabiyot, teatr, haykaltaroshlik, rassomlik, nakkoshlik, dizayn, musika, kinochilik va shu kabilar alohida ko„rsatilishi mumkin. Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling