Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari


Download 166 Kb.
bet5/9
Sana27.03.2023
Hajmi166 Kb.
#1299145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo

Uchinchi guruhga xalq ta‟limi tizimi - maktabgacha tarbiya, umumta‟lim, o„rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta‟lim, ilmiy tadqiqot tizimi - ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy tekshirish institutlari, Fanlar akademiyasi va shu kabilar, ijodiy uyushmalar - yozuvchilar uyushmasi, rassomlar, kompozitorlar, kinochilar, teatr arboblari va boshqa ijodiy soha xodimlarining turli uyushmalari, matbaa va ommaviy axborot tizimi - gazeta va jurnallar, radio va televidenie, kitob noshirligi, internet, ijtimoiy tarmoqlar va shu kabilar; mafkuraviy tarbiya tashkilotlari, maskanlar (jumladan, diniy tashkilotlar), urf-odatlar, an‟analar hamda oilaning tarbiya va ma‟naviyatga tegishli jihatlari kiradi. Ulardan har qaysisining inson va jamiyat, mustakil O„zbekistonni rivojlantirishdagi ahamiyati, salohiyati bir xil emas, ammo
juda muhim. Har qaysining imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun ularni alohida atroflicha va chuqur tadkiq etish lozim.
Ma‟naviyatga munosabat ko„p jihatdan milliy taraqqiyot muvaffaqiyatlarini belgilaydi. Ayniksa, madaniy merosga to„g„ri munosabat nihoyatda muhimdir. Chunki milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalasi murakkabligi tufayli ayrim kishilar uni kelajakka emas, o„tmishga qaratmokchi bo„layotganini sezmayaptilar. Islom xalifaligini tiklash yoki O„zbekistonni islom respublikasiga aylantirish, shariat me‟yorlarini joriy qilish to„g„risidagi fikrlarda ana shu narsa ko„zga chalinmokda.
Madaniy meros xalqning bebaho boyligidir. Ammo madaniy merosimizda umumbashariy, umuminsoniy kadriyatlarga aylangan bebaho durdonalar bilan bir qatorda tarixan eskirgan, yuksak taraqqiy etgan, ma‟rifatli kelajakni yaratish zaruratiga mos kelmaydigan hodisalar, me‟yorlar va tamoyillar ham oz emas. Masalan, paranji yopinish, yevropacha kiyim-kechakdan voz kechish yoki teatr, rang-tasvir va haykaltaroshlik kabi san‟at turlarini inkor qilish, maktablarni o„kuvchilar jinsiga karab bo„lish, ko„pxotinlikni yoqlash kabilar shular jumlasidandir. Ular bugungi kunda biz uchun haqiqiy milliy qadriyat emas, balki qadrini yo„qotgan anaxronizmlardir.
Ayni paytda biz madaniy merosga o„ta ehtiyotkorlik va e‟tibor bilan, o„ta g„amxo„rlik bilan yondashmog„imiz, uni avaylab-asramog„imiz, undan milliy ma‟naviyatimizni rivojlantirishda samarali foydalanmog„imiz lozim. Chunki madaniy merosda xalqimizning tarixi, hayotiy tajribasi, ming yillar davomida ko„lga kiritgan yutuqlari yig„ilgan. Madaniy meros avlodlar o„rtasida vorisiylikni ta‟minlaydi. Madaniy meros tufayli avlodlar qadim o„tmishdagi ajdodlari bilan muloqot qiladi. Inson o„z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun madaniy meros katorida zamonaviy ilm-fan, texnika, adabiyot va san‟at, chet tillari, AT va muloqot shakllarini yaxshi o„zlashtirishi zarur. Zamonaviy taraqqiyot kishidan juda katta hajmdagi murakkab bilimlarni, ko„nikmalarni egallashni talab qiladi. Ammo hech bir kishi fakat ilm olish, yangi yutuqlarni o„zlashtirish yoki ishlab chikarish, biznes bilan kechayu kunduz band bo„lolmaydi. U jismoniy va ruhiy tiklanishi uchun dam olishi, bo„sh vaqtni mazmunli tashkil etishi lozim. Zamonaviy sivilizatsiya bu borada unga katta imkoniyatlar qatorida katta xavf-xatar ham tug„dirmoqda. Insonning kompyuter, smartfon, planshetlar, aniqrog„i, elektron o„yinlar, virtual dunyo bandisiga aylanish xavfi juda baland. Ommaviy madaniyatning aksariyat mahsulotlari, ayniqsa, uning kitch qismiga mansublari yana boshka xavf tug„dirmoqda. Ayonki, ularga qarshi tura olish uchun kishida mafkuraviy immunitet shakllangan bo„lishi lozim. Mafkuraviy immunitet, mazmuniga ko„ra, siyosiy- mafkuraviy, axloqiy, badiiy-estetik, diniy-e‟tiqodiy, umuman, madaniy immunitet kabi konkret shakllarda namoyon bo„ladi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling