Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari


Ma‟naviyat tushunchasining ta‟rifi va tuzilmasi


Download 166 Kb.
bet6/9
Sana27.03.2023
Hajmi166 Kb.
#1299145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo

Ma‟naviyat tushunchasining ta‟rifi va tuzilmasi. Yukoridagi mulohazalardan kelib chiqib, ma‟naviyatga quyidagicha dastlabki ta‟rif berish mumkin: Ma’ naviyat, bu - ijtimoiy ongning e’tiqod va qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan sobit, barqaror tuyg‘ulari, ehtiroslari, tushunchalari, g‘oyalari, me’yorlari, ijtimoiy mo‘ljallari, ideallaridir, ularning yaratilti jarayoni va madaniy merosda, urf-odatlarda aks etishi, millatga muayyan maqsadlarga erishshi uchun yordam beradpgan iroda hamda jamiyatda qaror topgan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir.
Shunday qilib, ma‟naviyat to„rt o„zaro uzviy bog„liq tarkibiy qismdan iborat:

    1. ongning, dunyokarashning olamga faol munosabat ko„rinishidagi funksional jihati (ijtimoiy ong shakllariga muvofiq - falsafiy, diniy, axloqiy, estetik, huqukiy tuygular, tushunchalar, baholar, karashlar, nazariyalar);

    2. ma‟naviy madaniyat yutuqlari (xalq ogzaki ijodi asarlari: ko„shiqlar, dostonlar, ertaklar, maqollar, matallar, xalk amaliy san‟ati asarlari, adabiyot, arxitektura, dizayn, tasviriy san‟at, teatr, kino, musiqa, estrada asarlari va h.k.; fan, ommaviy axborot va tashviqot, ta‟lim-tarbiya tizimi, istirohat va sport, urf-odatlar, diniy amaliyot va h.k.);

v) iroda (erkin tanlash, kat‟iyat, fidoyilik, or-no-mus, milliy gurur, ijtimoiy qo„rquvni yengish va h.k.);
g) jamiyatda qaror topgan ma‟naviy muhit.
Ma‟naviyat shaxsning tabiat va jamiyat bilan mushtaraklashib, o„zaro munosabatini uyg„unlashtirishni bildiradi. Ya‟ni ma‟naviyat tushunchasi:

  1. shaxs va jamiyat tomonidan ijtimoiy borliqni o„z faoliyati asosi va ob‟ekti sifatida anglab olinishini (shu boisdan ham ma‟naviyat dunyoqarashning funksional jihati bo„ladi);

  2. shaxsning, millatning muayyan xulq-atvori va yaratuvchilik faoliyati, borlikka munosabati, borliqni qayta yaratish yoki o„zgartirish bo„yicha ijodiy rejalarini;

  3. bu rejalarni amalga oshirish uchun, birinchidan, shaxs va jamiyatdagi kat‟iyat, erk va irodani xamda, ikkinchidan, jamiyatda mavjud bo„lgan mafkuraviy shart- sharoitni bildiradi.

Demak, ma‟naviyat orkali inson tabiat va jamiyat bilan bir butunlikni tashkil kiladi, uyg„unlashadi, olamning haqiqiy javhariga, gultojiga aylanadi. Ma‟naviyatsiz inson tabiatning shunchaki bir jonzoti bo„lib qolaverar, o„zligini, olamdagi o„z o„rnini anglamas, “ikkinchi tabiat”ni yaratolmasdi. Insonning tabiatga va jamiyagga ijobiy ta‟siri ma‟naviyatga, salbiy ta‟siri esa undagi kamchiliklarga bog„liq.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling