Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari
Download 166 Kb.
|
Ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Manaviyat tushunchasiga turli yondashuvlar.
MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI: MOHIYATI, MAZMUNI, TUZILMASI, NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI REJA:Manaviyat tushunchasiga turli yondashuvlar. Ma‟naviyat - ijtimoiy hodisa. Ong va ma‟naviyat. Ma‟naviy ong. Mustaqil taraqqiyotning ma‟naviy asoslari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Manaviyat tushunchasiga turli yondashuvlar. Ma‟naviyat nima, degan savolga ilmiy, siyosiy, publitsistik adabiyotlarda turlicha yondashuvlar asosida har xil fikrlar bildiriladi. Qayd etish lozimki, G„arbda ma‟naviyat tushunchasi alohida o„rganilmaydi. U barqaror mazmunga ega bo„lgan ilmiy tushuncha sifatida G„arbda mavjud emas. Lekin biz ma‟naviyat deb ataydigan hodisa, yaxlit holda bo„lmasa-da, falsafa, etika, sotsiologiya psixologiya, semiotika, kulturologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san‟atshunoslik kabi fanlar doirasida har xil ilmiy usullar yordamida tadqiq etiladi. Ma‟naviyat tushunchasi o„rniga ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya, intellektual madaniyat, axloq va h.k. har xil atamalar qo„llaniladi. Ma‟naviy madaniyat deganda, G„arbda ko„proq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi. Shuningdek, G„arbda spiritualizm (spiriti - «ruhiy», «ma‟naviy» mazmunni bildiradi) degan amaliyot bor. Spiritualizm o„lgan kishi ruhini chorlab, u bilan muloqot qilishni anglatadi. Shu sababdan biz qo„llaydigan ma‟naviy madaniyat atamasini ayrim g„arb tillariga aynan lug„aviy mazmuniga qarab «spiritual madaniyat» deb o„girish mumkin emas. Uni zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat deb o„girish urf bo„lgan. Ma‟naviyat atamasi, to„liq ishonch bilan aytish joizki, islom mamlakatlarida, yana aniqrog„i, ko„prok O„zbekistonda tarqalgan atama. Hatto bizga qo„shni Tojikistonda ma‟naviyag atamasiga nisbatan uning boshka sinonimi - «ruhoniyat» ko„proq ko„llaniladi. Ma‟naviyat arabcha ma‟ni (ma‟no) so„zidan, u esa «a‟no» o„zagidan yasalgan deb hisoblanadi. A‟no - birlamchi, tub mohiyat mazmunini anglatadi. «Ma‟naviya» arab tilida juda ko„p mazmunga ega tushuncha. Lug„atlarda uning 8-10 tagacha mazmuni qayd etilgan. Uning arabchadan kelib chiqqaniga, arabcha o„zakdan yasalganiga shubha yo„q. Lekin atamaning bugungi mazmuni shakllanishiga juda ko„p ijtimoiy-madaniy va lisoniy omillar ta‟sir ko„rsatgan. Jumladan, boshqa tillar va madaniyatlar. Faraz kilish mumkinki, ma‟naviyat atamasi shakllanishiga «ma‟ni» bilan bir qatorda sanskrit tilida mavjud bo„lgan «ma‟nas» tushunchasi ham ta‟sir ko„rsatgan. Atamaning ushbu shaklda tarkalishiga tasavvuf ilmi, xususan, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy ma‟naviy» asari katta ta‟sir ko„rsatgan bo„lish ehtimoli yuqori. Ilmiy adabiyotlarda ma‟naviyatga nisbatan mavjud qarashlarni tahlil qilsak yoki nazariyalar, ta‟limotlarning umumiy ilmiy usulidan kelib chikib, qanday bo„lishi mumkinligini faraz qilsak, juda qiziqarli va o„ta rang-barang, ayrim hollarda bir-birini To’liq inkor qiluvchi mulohazalarni ko„ramiz. Ularning ba‟zilari falsafa, tarix, tilshunoslik, adabiyot va san‟at ma‟lumotlariga, xulosalariga tayangan va izchil ratsionalistik bo„lsa, ba‟zilarida noilmiy va irratsional unsurlar, dalillar, farazlar, vulgar talqinlar uchrab qoladi. Bunga misol qilib freydizmni, umuman, psixoanalizni ko„rsatish mumkin. Ayrim olimlar ma‟naviyatga diniy- mistik nuqtai nazardan yondashadilar. U inson mutlako tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, «qalb ko„zi» bilan ko„rilgan haqiqat, g„oyibdan insonga ko„rsatilgan hidoyat, yo„l, ishora, ko„ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg„ular va h.k. deb tushuntiriladi. An‟anaviy diniy-mistik karashlar zamon ta‟sirida o„zgarib, yangi ko„rinishlar kasb etmoqda. Bugun har xil ezoterik karashlar, kosmos (koinot) yuborayotgan kodlashtirilgan belgilar, timsollar, ramzlar, salbiy va ijobiy energetika va shunga o„xshash qarashlar ham jamiyat-ning ma‟naviyat, ma‟naviy hayot to„g„risidagi tasavvurlari va qarashlarida aks etmoqda. Jamiyat rivojlanishi yangi axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, internet va kompyuterlar, AKTlar (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yaratgan virtual voqelik, ommaviy madaniyat jamiyat ma‟naviy hayotini, odamlar dunyokarashini ancha o„zgartirib yubordi. Inson hozirgi jamiyatda juda ziddiyatli, chalkash ta‟sirlar ostida koldi. Shu sababdan ma‟naviyatga insonning asl tabiatidan, autentligidan kelib chiqib yondashish, ya‟ni ekzistensialistik yondashuv dolzarblik kasb etmoqda. Ammo bir narsani nazarda tutish kerakki, ekzistensializmning ontologik qarashlari, bilish nazariyasi, ja-miyat va inson to„g„risidagi fikrlari, xulosalari yaxlit va izchil ta‟limot emas. Lekin ekzistensializmning inson autentligi to„g„risidagi fikrini deyarli barcha ijtimoiy va gumanitar fanlar foydali, ilmiy samarador usul sifatida tan olgan. Ekzistensializmdagi eng yaxshi jihatlarni olib, boshqa falsafiy va ilmiy usullar bilan birlashtirish maqsadga muvofiq. Ma‟naviyat tushunchasiga qaytamiz. Ayrim mualliflar, yuqorida aytilganidek, ma‟naviyatning mohiyatini ilohiy deb talqin kilmoqdalar. Ular to„liq diniy-mistik nuqtai nazarga o„tib ketmasa-da, diniy yondashuv tarafdoridir. Ma‟naviyatni ular ongning to„liq tushuntirib berish mumkin bo„lmagan sirli jihatlari, insonning ruhiy kuchi, undagi tug„ma diyonat, vijdon, iymon, Xudo insonning ko„ngliga solgan ijtimoiy va ijodiy moyillik, intilish, deb talqin qiladilar. Bu qarashlarga muvofiq ma‟naviyat ilohiy yoki tabiiylikdan ustun hodisadir. Ilohiy hodisalar, abadul abad o„zgarishsiz, mutlaq bo„ladi, faqat ularni tushunish, idrok etishgina o„zgarishi mumkin. Ma‟naviyat hakida gapirganda esa, biz uning yuksalishi, aksariyat qadriyatlarning yangilanishi yoki, aksincha, tanazzuli, qashshoqlanishini, o„zgarishini, nisbiyligini ta‟kidlaymiz. Shubhasiz, zardushtiylik negizida shakllangan uzoq ajdodlarimiz ma‟naviyatidan islom negizida vujudga kelgan ota-bobolarimiz ma‟naviyati keskin farq kiladi. Xalqimizning bugungi kundagi ma‟naviyati zamonaviy qadriyatlar va mustaqillik ta‟sirida nafaqat o„rta asrlardagi, hatto, sotsializm davridagi ma‟naviyatidan ajralib turadi. Zero, I.Karimov ta‟kidlaganidek: “Ma‟naviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his- tuyg„u tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o„laroq ma‟naviyat ham doimo o„zgarish va yangilanishda bo„ladi”1. Fanda masala ilohiy hodisa sifatida qo„yilishi mumkin emas. Chunki fanning vazifasi tadqiq etadigan hodisalarni tekshirish, tahlil qilish, umumlashtirish va mazmun-mohiyatini, nazariyasi va amaliy qo„llanishini, rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iborat. Balki fan bu jarayonda xatolarga yo„l qo„yar, adashar, noto„g„ri talqin qilar, ammo u doimo mantiqqa asoslanadi, tahlildan, talqindan, tushuntirishdan, xulosa qilishdan qochmaydi. Ilohiy hodisalar fanning emas, dinning, ilohiyot ilmining ob‟ekti bo„lishi mumkin. Fanning ob‟ektini esa tabiiy, ijtimoiy va ruhiy-intellektual hodisalar tashkil etadi. Fan o„rganayotgan hodisaga his- hayajondan, xayoliy orzu-istaklardan, sub‟ektiv xohishdan kelib chiqib emas, balki xolis va ratsional, aniq ilmiy dalillarga tayangan holda yondashadi. Chop etilayotgan ba‟zi kitoblarda ma‟naviyat ba‟zan ongning, ba‟zan axloq va e‟tiqodning, ko„pincha ma‟naviy madaniyatning sinonimi, ma‟nodoshi, ba‟zan hatto ularning hammasini ifodalaydigan yig„ma tushuncha sifatida ishlatiladi. “Ma‟naviyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan madaniyatning insoniyat, shaxs ongida ifodalanishidir. Madaniyat mazmun jihatdan nihoyatda keng bo„lib, har bir tarixiy davrdagi ma‟naviyat uning barcha tomonlarini kamrab ololmaydi”2, - deb hisoblaydiE.Yusupov. Ko„rinib turibdiki, ma‟naviyat bu yerda ongning madaniyatni aks ettirishiga ko„ra, mazmun jihatdan nisbatan ajralib turadigan bir bo„lagi, ideal hodisa deb to„g„ri, ammo biroz torroq talqin qilinmokda. Sovet davrida bitilgan falsafiy va kulturologik asarlarda doimo “ma‟naviy hayot” va “ma‟naviy dunyo” haqida so„z yuritilgan. Ammo bu tushunchalar doirasida “ma‟naviyat” alohida tahlil etilmagan. Rus olimlari haligacha bu an‟anani davom ettirib kelmoqdalar. Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling