Ma’naviyatning rivojlanish qonunlari Reja
Download 20.31 Kb.
|
MM4
Ma’naviyatning rivojlanish qonunlari Reja: 1 Ma’naviyat rivojlanishining ijtimoiy ong va ijtimoiy munosabatlar rivojlanish darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlik qonuni. 2 Ma’naviyatning rivojlanish qonunlarining bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmasligi va alohida faoliyat ko‘rsatmasligi. 3 XULOSA Ma’naviy yuksalishga avvalo jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari ta’sir kо‘rsatadi. Chunki ma’naviy hayot jamiyat hayotining bir bо‘lagidir. Jamiyat rivojlanishi tabiat va ong qatorida birinchi galda universal, dialektik qonunlar asosida kechadi. Bular miqdor о‘zgarishlarning sifat о‘zgarishlariga о‘tishi, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlaridir. XX asr boshlarida savodli odamlar sonining (miqdor) keskin о‘sishi, yangi usul maktablarining kо‘payishi xalqimizning ma’naviy-madaniy hayoti, adabiyoti, ijtimoiy – siyosiy, badiiy, ilmiy, tijoriy, iqtisodiy axborot olishini (matbuot paydo bо‘lishi sababli) yangi sifat bosqichiga kо‘tardi. О‘nlab tipografiyalar, gazetalar, jurnallar paydo bо‘ldi, yuzlab maktablar ochildi, kutubxonalar tashkil etila boshlandi. Aholining ma’naviyati, о‘zligini anglash darajasi keskin yuksaldi. Natijada jadid ma’rifatparvarligi ijtimoiy harakatga aylandi. Milliy matbuot, teatr, adabiyotda dramaturgiya, roman, qissa janrlari va h.k. shakllandi. Dialektikaning boshqa qonunlari bо‘yicha ham turli-tuman misollar keltirish mumkin. Taraqqiyotning dialektik qonunlaridan tashqari boshqa universal qonunlari ham bor. Narsa, predmet, hodisa va jarayonlarning oddiylikdan (soddalikdan) murakkablikka qarab rivoojlanishi, vorisiylik qonuni va h.k. Ular ham о‘ziga xos tarzda jamiyat va ma’naviyat rivojlanishida yuzaga chiqadi. Masalan, ibtidoiy jamiyat ma’naviyati quldorlik jamiyati ma’naviyatiga nisbatan ancha qashshoq, oddiy, sodda va jо‘n. О‘z navbatida quldorlik jamiyati ma’naviyati feodal jamiyat ma’naviyatiga nisbatan xuddi shunday. Jamiyat rivojlangani sayin uning tuzilmalari, institutlari, madaniyati, ma’naviyati rang-baranglashib, murakkablashib, boyib borgan. Vorisiylik qonuni umumtaraqqiyot qonunidir. Aslida uni yuqorida qayd etilgan dialektika qonunlarining о‘ziga xos tarzdagi kо‘rinishidir, deya talqin qilish mumkin. Jonli organizmlarda irsiyat belgilarining saqlanishi, materiya va energiyaning yо‘q bо‘lib ketmasdan, bir turdan (shakldan) ikkinchi turga aylanishi tabiatdagi vorisiylik bо‘lsa, avlodlarning bir biridan о‘rganishi, har bir avlodning insoniyat shu paytgacha erishgan barcha yutuqlarni tayyor holda qabul qilib olishi, qaytadan g‘ildirakni kashf etmasligi, mavjud yutuqlarni boyitishga о‘z hissasini qо‘shishi vorisiylik qonunining jamiyat hayotida va ma’naviyatida yuzaga chiqishidir. Yuqoridagilardan tashqari, jamiyatning faqat о‘ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa qonunlari bor. Ular ham ma’naviyatda muayyan tarzda namoyon bо‘ladi. Masalan, iqtisodiy rivojlanish, bozor munosabatlari va raqobat odamlarning ongiga, tafakkuriga, kayfiyatiga, jamiyatga munosabatiga, о‘zaro aloqalarga kuchli ta’sir kо‘rsatadi, turli g‘oyalarni, ular о‘rtasida bahs va kurashlarni, о‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlarni shakllantiradi. Jamiyat a’zolari iqtisodiy, siyosiy, boshqa ijtimoiy manfaatlaridan kelib chiqib turli partiyalar, uyushmalar, tashkilotlar tuzadi va h.k. О‘z navbatida turli siyosiy partiyalar har xil mafkuralar va g‘oyalarni shakllantiradi, о‘zaro g‘oyaviy – mafkuraviy kurash olib boradi. Bu bevosita odamlar ongiga, qarashlariga ta’sir qiladi, ma’naviyat rivojlanishida aks etadi. 2009 yilda chop etilgan “Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” da “Ma’naviyat qonunlari” maqolasida uch qonun: Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi qonuni; Ma’naviyatning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi qonuni; Ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi qonuni qayd etilgan va qisqacha izohlangan. Qonunlarning о‘ziga kelsak, ularning birinchi va ikkinchisi umumijtimoiy, ya’ni jamiyat qonunlaridir. Birinchi qonunda bu yaqqol kо‘rinib turibdi. Ikkinchi qonunda “ma’naviyat” о‘rniga istagan ijtimoiy hodisani qо‘ying, mantiq buzilmaydi. Masalan, “Iqtisodiyotning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi qonuni”. Ovqat pishirishning, kо‘rpa-yostiqdan, ot-ulovdan, transportdan foydalanishning va h.k.larning barchasi inson va jamiyat bilan bog‘liq, ular tabiatda, hayvonot olamida uchramaydi. Iqtisodiyot, moddiy ishlab chiqarish, moddiy iste’mol har holda ma’naviyatdan farq qiladi, lekin ular ham ma’naviyat kabi ijtimoiy hodisalardir. Har qanday ijtimoiy hodisa ma’naviyat bо‘lavermaydi. Lug‘atda keltirilgan qonun umumijtimoiy qonun bо‘lib, iqtisodiyotga ham, ma’naviyatga ham, siyosatga ham, maishiy turmushga ham birday taalluqli. Jamiyatning umumiy qonunlaridan tashqari, ma’naviyatning о‘ziga oid qonunlar bor. Ular tabiat va jamiyat qonunlari kabi ob’ektiv xarakterga ega, hech kimning xohish-irodasiga bо‘ysunmaydi. Biroq, tabiat qonunlaridan farqli, jamiyatning barcha qonunlari kabi ma’naviyat qonunlari odamlarning ongli faoliyati tufayli yuzaga chiqadi, garchi ularga bо‘ysunmasada. Ma’naviyat yuksalishining xususiyatlarini hisobga olib, uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin: 1.Jamiyat taraqqiyoti jarayonida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar muttasil о‘sib borishi qonuni; 2.Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni (yoki lug‘atdagi “ma’naviy hayotning ijtimoiy hayotga bog‘liqligi qonuni”); 3.Ma’naviyat rivojlanishining ijtimoiy ong va ijtimoiy munosabatlar rivojlanish darajasi bilan о‘zaro bog‘liqlik qonuni. Ma’naviyat qonunlari jamiyat qonunlarining xususiy kо‘rnishidir. Biz kо‘rib chiqadigan qonunlar ma’naviyatning yaxlit tizim sifatidagi yuksalish qonunlaridir. Ulardan tashqari, ma’naviyat tarkibiy tuzilmalarining rivojlanishi va faoliyat kо‘rsatishini ifodalaydigan qonunlar bor. Ular ma’naviyatning xususiy qonunlaridir. Masalan, axloq qonunlari, yoki til, adabiyot, san’at va sh.k.lar qonunlari. Ular haqida sо‘z yuritilmaydi. Download 20.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling