Ma’naviyatshunoslik fani asosida inson mohiyatini talqin qilish muammolari


Download 1.22 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1053787
Bog'liq
9-мавзу манавиятшунослик лотин

Jamiyat taraqqiyotida axborot savodxonligi va axborot madaniyatini shakllantirishda Inson moxiyati va tabiyatini anglab etish muammolari.

  • 1. Inson moxiyati va tabiati anglab yetishda antik davr Gʻarb va Sharq mutafakkirlari qarashlari.

Qadimgi Gʻarb va Sharq mutafakkirlarining inson mohiyati to‘g‘risidagi qarashlari juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular tarbiya jarayonida inson tabiatini anglashda katta qiymatga ega hisoblanadi. Mazkur qarashlarning har birida albatta o‘ziga hoslik mavjud. Lekin, ahamiyat berib qaralsa, ularning ko‘pida inson to‘g‘risidagi qarashlar bir-biriga o‘hshashdir.
Masalan, «biz insonni hilmlik mavjudot, deb hisoblaymiz. Ammo, agar odam yetarli darajada tarbiyalanmasa yoki yomon tarbiyalangan bo‘lsa, u holda u – yer tug‘ishi mumkin bo‘lgan eng vahshiy mavjudotdir» (Platon), «axloqiy kafolatlarsiz inson eng murtad va yovvoyi mavjudotdir» (Aristotel), «Inson farishta va hayvon orasidagi mahluqdir» (Imom Gʻazzoliy), inson «ahli ma’ni» va «ahli suvrat»ga ajraladi (Alisher Navoiy) kabi qarashlar bunga misol bo‘la oladi.
Ushbu qarashlarni ilgari surgan mutafakkirlar zamon va makon nuqtai nazaridan garchi bir-biridan uzoq bo‘lsa-da, ularning barchasi «dunyoviy fan tili bilan aytganda ezgulik va yovuzlik, diniy tafakkur nuqtai nazaridan qaraganda xayr va sharr inson tabiatiga xos» ekanligini bir ovozdan yoqlaydilar.
Jo‘rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B. 63.
Mazmunan yuqoridagi kabi qarashlarni yangi davr Gʻarb mutafakkirlari yondashuvlarida ham ko‘rish mumkin. Inson mohiyati bo‘yicha ayniqsa, nemis faylasufi Fridrix Nisshening qarashlari o‘ziga xos
«Nima degani o‘zi ushbu odam? Vahshiy ilonlar o‘rami, ular bir-birlariga o‘ralib hech tinch turolmaydilar, – mana, ular o‘ralashib borib, dunyodan o‘z o‘ljalarini izlashadi», «Odam bu – hayvon bilan a’lo odam o‘rtasida tortilmish arqon, – u tubsiz choh uzra osilib turadi. O‘tmoq xatarli, yarim yo‘lda qolmoq xatarli, orqaga o‘grilib qaramoq xatarli, qo‘rqish va to‘xtash xatarli. Odam maqsad emas, ko‘prikdir, ana shunisi muhim: odam o‘tish va mahv bo‘lishdir, odamning shunisinigina sevish mumkin» Fridrix Nisshe.
Zardo‘sht tavallosi. tarj. I.Gʻofurov. – T.: Yangi asr avlodi, 2007. – B. 33.
Demak, nemis faylasufi inson mohiyatidagi ezgulikni ifodalalashda a’lo odam (supermen) tushunchasini qo‘llagan va bu haqida shunday degan: «Qarang, men sizlarga a’lo odam haqida ta’limot berajakman. A’lo odam – zaminning mazmuni. Odam esa, bu – loyqa seldir. Bu loyqa selni o‘ziga yutib yana toza qilmoq uchun faqat dengiz bo‘lmoq kerakdir. Qarangiz men sizga a’lo odam to‘g‘risida so‘ylayapman: u – o‘sha dengiz, unda sizning ulug‘ nafratingiz cho‘kib ketgay» .
Nisshe o‘z asarlarida inson mohiyati Odam va A’lo odam tushunchalarini o‘zaro mutanosiblikda mantiqiy bog‘lagan holda tushuntirgan. U A’lo odamni insoniyatning maqsadi, zaminning mazmuni deya, Odamni esa insoniyat bosib o‘tishi kerak bo‘lgan yo‘l, ko‘prik deya atab, inson mohiyatidagi ezgu va yovuz kuchlarni shunday tushunchalar orqali ko‘rsatib bergan.
Amerikalik yozuvchi Jek London
«Inson bebaho maxluqlarning eng oxirgisidir», deya fikr bildirgan
London J. “Martin Iden”. Gʻ.Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. – T.: 1969.
rus yozuvchisi Lev Tolstoy
Odam haqida «u vahshiy ham, farishta ham emas, ammo vahshiy bo‘lib tug‘ilgan farishta, ya’ni xayvoniy qusurlarga ega bo‘lgan ma’naviy mavjudot, bu olamga kelishimiz ana shunday tug‘ilishdan o‘zgacha emas», deya fikr bildiradi.
Tolstoy L.N. Ya veryu. Sankt-Peterburg: Vsya Moskva. 1990. – S. 12.
Rus olimi I.P.Pavlov
«Inson o‘zini o‘zi muvofiqlashtirib turadigan, himoya qiladigan, o‘zini o‘zi tiklaydigan, o‘zini o‘zi yo‘lga soladigan va hatto shakllantiradigan eng oliy darajadagi tizim» hisoblanadi.
Pavlov I.P. Poln.sobr. soch., t. III, kn.2., M. – L., 1951. – S. 188.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mutafakkirlar huddi qadimgi Gʻarb va Sharq mutafakkirlari singari inson mohiyatida ikki kuchning mavjudligini hisobga olgan va unga dixotomik nuqtai nazardan yondashgan. Shunga ko‘ra, inson mohiyati haqida din, fan va falsafa mutafakkirlarining aksariyatining qarashlari bir-biriga yaqin degan xulosa chiqarish mumkin.
Lekin yuqorida keltirilgan tarixdagi buyuk mutafakkirlarning inson mohiyati haqidagi fikrlari bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, fan va falsafada inson mohiyatiga butunlay o‘zgacha yondashilgan qarashlar ham mavjud. Ularga misol qilib Jyulen Ofre de Lametri, Pol Anri Golbax, Karl Marks, F.Engels va boshqalarni keltirish mumkin.
Jyulen Ofre de Lametri o‘zining 1747 yilda yozgan «Inson – mashina» nomli asarida
«Inson shunday murakkab mashinaki – u haqida o‘zingcha aniq tasavvur hosil qilib va undan so‘ng aniq ta’rif berib bo‘lmaydi» deya ta’kidlab, inson qalbini moddiylik deb, o‘sha moddiy qalb – tirik organizmni harakatga keltiruvchi kuch, deb hisoblaydi. Inson va hayvon o‘rtasida faqat miqdoriy tafovut mavjud, xolos. Chunonchi, ularning miyalari hajmi va tarkibi turlichadir, deb ta’kidlaydi.
Antologiya mirovoy filosofii. V chetыryox tomax. Tom 2. – M., 1970. – S. 610.
Fransuz faylasufi Pol Anri Golbaxning fikriga ko‘ra,
«Agar bizdan «Inson nima?» deb so‘rashsa, biz darhol bu turli o‘zgarishlarni his qilish, sinab ko‘rish va fikrlash uchun tashkil qilingan moddiy mavjudotlar, – deb javob berardik», deydi.
Golbax. Izbrannыye proizvedeniya. V dvux tomax. Tom 1. – M., 1963. – S. 123.
K.Marks va F.Englslarning fikriga ko‘ra,
«inson tabiati» bevosita tabiat bilan bog‘liq. Shuning uchun inson – tabiiy mavjudotdir. U tabiiy mavjudot sifatida, xususan, tirik mavjudot sifatida o‘zida yashash uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy, hayotiy kuchlarni birlashtirib turadi. O‘sha kuchlar insonni faoliyat ko‘rsatuvchi tabiiy mavjudotga aylantiradi.
Marks K., Engels F. Sochineniya. 2-ye izd. Tom 42. – S. 162-163.
ko‘ra,
Bunday qarashlar keyinchalik K.Marks va F.Engls tomonidan yanada rivojlantiriladi. Jumladan, XIX asring 70-yillarida K.Marks tomonidan ilgari surilgan inson to‘g‘risidagi yangi dialektik konsepsiyaga tayangan holda F.Engels o‘zining «Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli» (1876 y.) asarida inson – antropogenez jarayonining mahsuli ekanligini isbotlashga urinib, «mehnat – bu kishilik jamiyatini maymunlar to‘dasidan ajratib turuvchi ifodali belgidir», deya ta’kidlaydi.
Marks K., Engels F. Sochineniya. 2-ye izd. Tom 20. – S. 491.
Кўриниб турганидек, Жюльен Офре де Ламетри, Поль Анри Гольбах, К.Маркс ва Ф.Энгельс сингари файласуфларнинг инсон моҳияти тўғрисидаги қарашлари қадимги Ғарб ва Шарқ мутафаккирларининг қарашларидан кескин фарқ қилган.
Ularda inson mohiyatidagi moddiyat, tabiiylik va mexanik hususiyatlar bo‘rttiriladi, ma’naviy unsurlar esa, ikkilamchi deb qaraladi. Bu qarashlarda inson qadri, uni ilohiylikka daxldorligi, yerdagi barcha mavjudotlarning gultoji ekanligini shubha ostiga olinadi.
Мазкур қарашлар бир қарашда безиён, шахсий муаллифлик ёндашувларига ўхшайди. Бироқ, ХХ аср ўрталаригача бутун дунёнинг барқарор тараққиётини издан чиқарган I ва II жаҳон урушларининг назарий асосларида шундай қарашлар ётганини, II жаҳон уруши йиллари ва ундан кейинги йилларда собиқ Иттифоқдаги оммавий репрессиялар мана шундай қарашларга асосланганини ҳисобга олсак, бундай қарашлар инсон тарбияси ва барқарор тараққиёт учун нақадар хавфли қарашлар эканини ҳис этиш мумкин бўлади.
Bu qarashning zararini fanda ham, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ham ko‘rish mumkin. Ma’lumki, odamning inson sifatida shakllanishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sosiologik) omillar dialektikasini ochib berishda ijtimoiylik rolini bo‘rttirib ko‘rsatgan falsafiy ta’limotlardan biri marksizm edi.
Natijada, inson his-tuyg‘ulari kamsitildi, jismi esa sosiologiyalashtirilgan o‘ziga xos ijtimoiy shaklga aylantirildi. Jamiyat hayotida, kundalik turmushda inson ma’naviy ehtiyojlari moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga nisbatan keyingi o‘ringa surib qo‘yildi. Moddiy jabhada ishtirok etayotgan kishilarni haddan ortiq ulug‘lash, «hazrati ishchi», «hazrati dehqon», degan uydirmalar o‘ylab topildi.
Ma’naviy ishlab chiqarishda halol va fidoyilik qilayotgan, o‘n yillab zahmat tortgan olim, yozuvchi, shoir mehnatini «ikkinchi nav» qarichi bilan o‘lchash urf bo‘ldi.
Moddiy ishlab chiqarishni uzluksiz kengaytirish tabiiy resurslar kamayib ketishiga, tabiat muvozanatining buzilishiga sabab bo‘ldi. Fan-texnika yutuqlarini xalq xo‘jaligiga tatbiq etish, chunonchi, turli zaharli ximikatlardan foydalanishning ortib borishi odamlar salomatligini yemirdi. Odamlar, ayniqsa, onalar salomatligining zaiflashishi bilan jismonan majruh tug‘ilgan bolalarning soni ko‘payaverdi. Tabiiyki, jismi zaif kishining ma’naviyati ham majruh bo‘ladi. Natijada, jismonan majruh, ma’naviy qashshoq kishilar soni yildan-yilga ortib boraverdi».
Choriyev A. Inson falsafasi – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti., 2007. – B. 390.
Albatta, bu jarayonlar bizning o‘zbek xalqini ham chetlab o‘tmadi. Mazkur yondashuvga asoslangan qarashlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy hayotimizga, shuning barobarida, milliy tarbiyamizga ham o‘nglab bo‘lmas darajada katta zararlar keltirdi.
Shunga ko‘ra bizningcha, milliy tarbiya nazariyasida inson mohiyatini qadimgi Gʻarb va Sharq mutafakkirlarining qarashlariga tayangan holda quyidagicha tushunish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Inson haqida so‘z borganda shuni aytish lozimki, u mohiyatan o‘ta murakkab va o‘xshashi yo‘q mavjudot hisoblanadi. U faqat moddiy (jismoniy) yoki butunlay nomoddiy (ruhiy-ma’naviy) mavjudot emas. Inson o‘z mohiyatiga ko‘ra har ikki moddiy va nomoddiy, ya’ni jismoniy va ruhiy-ma’naviy unsurlarni o‘zida mujassam etgan o‘ta murakkab mavjudotdir.
Inson moddiyati ya’ni uning jismoniy borlig‘i haqida so‘z borganda shuni aytish lozimki, u ham tabiatdagi barcha moddiy unsurlar (barcha jonzotlar, xayvonot olamidagi barcha turlar)ga o‘xshab tana tuzilishiga, jasadga ega. Ya’ni, inson jasadiga ham dunyodagi barcha moddiy unsurlarga tegishli jihatlar shakl, rang, xid, ta’m va ovoz kabi xususiyatlar taaluqli. Aynan shunday belgilari mavjudligi uchun ham odamzod (tabiatdagi barcha narsalar, xayvonot olamidagi barcha turlar qatori) moddiylik dunyosiga bevosita mansub bo‘lgan mavjudot hisoblanadi.
Lekin, shunga qaramay ta’kidlash lozimki, inson zotini baribir (tabiatdagi barcha narsalar, hayvonot olamidagi barcha turlar qatori) mutlaq moddiy unsur, deb bo‘lmaydi. Chunki, inson o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zida ham jismoniy va ruhiy-ma’naviy unsurlarni mujassam etgan o‘ta murakkab va takrorlanmas mavjudot hisoblanadi.
Insonni tabiatdagi boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi jihati shundaki, u o‘z hayoti davomida dunyodagi nomoddiy unsurlar (imon, e’tiqod, vijdon, ibo, hayo, sabr-qanoat va boshqa shu kabi ijobiy komponentlar)ni o‘ziga jo eta oladi, ishonish qiyin bo‘lgan nomoddiy (besh turdagi reseptorlar: ko‘z, quloq, til, burun, teri sezgilari bilan aniqlab bo‘lmaydigan xudo, farishta va boshqa shu singari) narsalarga ishonadi va ayrim xollarda ongli ravishda moddiylikdan (ko‘plab nozu-ne’matlar, boylig-u, toju-taxtdan va hattoki o‘z jismu-jonidan ham) yuz o‘girish orqali nomoddiylikka evrilish yo‘lini tanlaydi.
Bunday xususiyat dunyodagi boshqa jonzotlar, xayvonot olamidagi turlar ichida uchramasligi ya’ni, u faqat va faqat inson zotigagina xos ekanligi insonni nafaqat moddiyat ekanligini va ayni vaqtda nomoddiy unsurlar sohibi ekanligini ham isbotlaydi. O‘zining bunday murakkab mohiyati bilan inson zoti na bir xayvon emasligini va ayni vaqtda na bir farishta ham emasligini isbot etgan holda u har ikki mavjudotning hususiyatlarini o‘zida mujassam etgan o‘ziga xos, murakkab mavjudot ekanligini ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda quyidagi masalaga alohida e’tibor qaratish juda muhim hisoblanadi. Inson zoti vaqti kelib har ikki jihat jismoniy va ruhiy-ma’naviy unsurlarni o‘zida mujassam etishi mumkin albatta, lekin, u tug‘ilgan vaqtida nomoddiy unsurlarni o‘zida mujassam etgan holatda bo‘lmaydi. Darhaqiqat, odam bolasi tug‘ilgan vaqtida faqat va faqat moddiylikkagina dahldor (jasad, tana tuzilishiga ega) bo‘lib, hali u o‘z jismida nomoddiy unsurlar xisoblanmish imon, e’tiqod, vijdon, ibo, hayo, sabr-qanoat va boshqa shu kabi komponentlarni mujassam etmagan bo‘ladi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, odamzot yaralishning ilk bosqichlari (ona qorni)danoq moddiyat (tana tuzilishi)ga ega bo‘ladi va eng qizig‘i hech bir odam o‘z moddiyati (tana tuzilishi)ning yaralishida o‘zi ishtirok etmaydi. Aniqroq qilib aytganda har bir odam uchun moddiyat (tana tuzilishi) uning ishtirokisiz unga beriladigan ulkan va bebaho “tuhfa” hisoblanadi. Inson tug‘ilgan ilk kunlardanoq garchi mukammal moddiyat (tana tuzilishi)ga ega bo‘lsada, baribir u chala – nomukammal mavjudot hisoblanadi.
Chunki, u hali o‘zida nomoddiy unsurlar xisoblanmish imon, e’tiqod, vijdon, ibo, hayo va boshqa shu kabi komponentlarni mujassam etmagan bo‘ladi. Binobarin, inson o‘zida har ikki (moddiy va nomoddiy) unsurni mujassamlashtirmas ekan, u o‘zligi (mohiyati)ni topa olmaydi. O‘zligi (mohiyati)ni topa olmagan, shxsiy konsepsiyasi (mohiyati) ochilmagan inson esa, jismoniy jihatdan qancha kuchli, qomati kelishgan va chiroyli bo‘lmasin baribir u chala – nomukammal mavjudotligicha qolib ketaveradi.
Inson mohiyatida asosiy rol o‘ynovchi nomoddiy unsurlar - ma’naviyat tushunchasi haqida so‘z borganda avvalo bu tushunchaning mazmun-mohiyatini anglash juda muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, ma’naviyat insonning ichki-ruhiy olamini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida «ma’no» so‘zi yotadi. Ma’lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo‘y-basti, ko‘rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi.
Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma’naviyat tushunchasi bilan ifodalanadi.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”nashr. 5-jild. 2003. – 540-bet.
Insonni moddiyat ya’ni, jismoniy ko‘rinishsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, uni ma’naviyatdan ham ayro xolda ko‘rib bo‘lmaydi. Aytish lozimki, inson hayotida tom ma’nodagi fojia uning jismoniy jihatdan cheklanganligi bilan belgilanmaydi. Aksincha, insonning haqiqiy fojeasi uning ruhiy-ma’naviy darajasining sayozligi va inqirozi bilan o‘lchanadi.
Darhaqiqat, instoni tom ma’naoda tarbiyalanishida eng asosiy mezon bu ma’naviyat hisoblanadi. U kishilar hayotida xattoki, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarda ham komil, mukammal shaxsni yaratishga qodir bo‘lgan kuchli omil hisoblanadi.
Ta’kidlash kerakki, nomoddiy unsur (imon, e’tiqod, vijdon, ibo, hayo, sabr-qanoat va boshqa shu kabi ijobiy komponent)lar majmuasi bo‘lmish ma’naviyat tug‘ma xarakterga ega bo‘lmaydi. U odam bolasining butun hayoti davomida amalga oshiriladigan tarbiya jaryonida shakllantiriladi va shakllanadi.
Tarixan xalqimiz hayotida inson tarbiyasi bilan bog‘liq ulkan tarixiy tajriba vujudga kelgan. Ushbu tajribaga asosan jamiyatimizda tarbiya jarayoni juda erta boshlanadi. Ya’ni xalqimiz hayotida har bir insonning (bilvosita ona qornidaligida) bevosita dunyoga kelgan ilk kunlardanoq ma’naviy jihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.
Milliy tarbiya an’anasiga ko‘ra tug‘ilgan chaqaloqning ilk kunlarida uning qulog‘iga azon aytiladi. Bu orqali chaqaloqning ongi va qalbida ma’naviyatning asosiy komponentlari bo‘lmish imon va e’tiqod “urug‘larini ekish” maqsad qilinadi. Albatta, birgina shu bilan tarbiya jarayoni to‘xtab qolmaydi.
Bu jarayon onaning allasi, bobo va buvilarning pand-nasihatlari, otaning ibrati bilan davom ettiriladi. Yosh avlodning ulg‘ayishi davomida uning tarbiyasi bilan shug‘ullanishga mas’ul shaxslarning soni va sifati oshib boradi. Jumladan, yosh avlod maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va keyinchalik maktab o‘quvchisi yoshiga yetgach bu ishga bevosita pedagogik ma’lumotga ega professional shaxslar – o‘qituvchi va murabbiylar kirishadilar.
E’tiboringiz uchun raxmat
Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling