Manbashunoslik fanini o‘rganishdan maqsad. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi
Download 290.3 Kb.
|
Кириш Манбаларни туркимлаш
Eng qadimgi yozma manbadan Avesto – zardushtiylarning muqaddas kitobi bo`lib yurtimiz haqida juda ko`p malumotlar beradi. Bu kitob miloddan avvalgi VI asr milodning VI asrlarida yozilgan Eron hamda O`rta Osiyo halqlarining qadimgi madaniyati, etiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o`rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asrning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar – Fransuz J Darmsteter, Ozorboyjon olimi I Aliyev, “Avesto” Midiya hozirgi Eronning shimoliy g`arbiy qismi va Azarbayjonda yozilgan, desa, ko`pchilik – V.V. Struve. S.P Tolstov, F.Althaym va boshqalar Amudaryo bo`yida joylashgan viloyatlarda, Balh va Xorazm oralig`ida yaratilgan deb hisoblaydilar Avesto matni to`liq saqlanmagan. Bizgacha uning juda oz qismi etib kelgan. Avesto kayoniy hukmdorlaridan Vishtasb zamonida kitob holiga keltirilgan. Asrning saqlanib qolgan qismlarini to`plash va kitob holiga keltirish ishlari parfiya podshosi Valgash III (148 - 192) hamda Sosoniylar davrida ham davom ettrildi.
Download 290.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling