Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3.3.10. «M afotix ul-ulum»
O 'z davri qomusi bo'lmish bu kitobni Abu Abdulloh M uh am m ad al- 
Xorazmiy yaratgan. U X asrda o'tgan m ashhur filolog va fan tarixchisidir. 
Uning to'liq ismi Abu Abdulloh M uham m ad ibn Yusuf Kotibiy al- 
Xorazmiy bo'lib, olim Somoniy Nuh II ibn Mansurning (976—997) vaziri 
al-U tbiy qo'lida dabir bo'lib xizmat qilgani va, asosan, N ishopurda 
istiqomat qilib, fan tarixi ham da davlat bosh idoralari uchun muhim
qo'llanm a bo'lgan "Mafotix ul-u lu m ” (“ Ilmlarning kalitlari”) nomli asar 
yozib qoldirganligi m a ’lum. Ushbu asardan m a ’lum bo'lishicha, Abu 
Abdulloh yunon, suryoniy, arab va fors tillarini m ukam m al bilgan keng 
m a ’lumotli kishi bo'lgan.
“ Mafotix ul-u lu m ” 976—9 9 1-yillar orasida yozilgan o'ziga xos izohli 
terminologik lug'at bo'lib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism olti 
bobdan iborat b o lib , unda shariat bilan bog'liq ilmlar: fiqh, aqidalar,
‘ A s-Saolibiy. Y atim at a d -d a h r. A rab tilidan I.Abdullaycv taijim asi. — T o sh k e n t, 1976. —95-bet.
152


gramm atika, idora ishlarini yuritish tartibi, she’riyat va tarix t o ‘g‘risida 
m a ’lum otlar keltirilgan.
Ikkinchi qism t o ‘qqiz bobdan iborat bo'lib, u ajam, ya’ni arab bo'lmagan 
xalqlar: yunonlar, suriyaliklar, forslar, hindlar va boshqa xalqlar orasida 
taraqqiy etgan ilmlar — falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, handasa-geometriya, 
falakiyot-astronomiya, mexanika, musiqa va kimyo fanlarini o'z ichiga oladi.
Asarda yurtimiz haqida, xususan bu yerda am alda bo'lgan sug'orish 
o'lchovlari haqida m uhim m a ’lum otlar ham bor. “ Mafotix u l - u l u m ” 
ilmiy jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, I.Yu.Krachkovskiy, S.L.Volin, 
van Flotenning yuksak bahosiga sazovor bo'lgan. U ning arabcha matni 
1895-yili van Floten to m o n id a n , ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin 
tom onidan 1939-yiIi nashr qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bahodirov 
tadqiq etib, maxsus kitob yozgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling