Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana20.11.2023
Hajmi0,53 Mb.
#1788504
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Dixotomik bo’lish bo’linuvchi tushunchani o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan 
iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo’lgan 
bo’lamiz. Dixotomik bo’lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo’linuvchi tushunchaning 
barcha turlarini ko’rsatib o’tirmasdan, o’zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo’lgan 
tushunchaga birlashtiramiz. Shu bilan birga dixotomik bo’lish ma’lum bir kamchiliklarga ham ega. 
Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. Undan tashqari, dixotomik bo’lishdan faqat bir marta 
foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, bo’lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor 
tushunchani o’z navbatida bo’linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo’lish amalini davom ettirsak, xato 
natijalar kelib chiqishi mumkin. 
Bo’lish amali to’g’ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo’lish qoidalari 
deb ataladi. 
A. Bo’lish teng hajmli bo’lishi, ya’ni bo’lish a’zolari hajmlarining yig’indisi bo’linuvchi tushuncha 
hajmiga teng bo’lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo’lish to’liqsiz yoki ortiqcha bo’lib qoladi. Birinchi xil 
xatoda ba’zi bo’lish a’zolari ko’rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o’tgan zamon 
fe’li» va «hozirgi zamon fe’li» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro’y beradi. Chunki «kelasi 
zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo’lish a’zosi ko’rsatilgan bo’ladi. 
Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo’lmaydi. Chunki 
«nazariy bilish» bu yerda ortiqchadir. 
B. Bo’lish bir asos bo’yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi 
bo’lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat 
qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo’lsak, 
xato qilgan bo’lamiz. Chunki bu yerda bo’lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo’lish a’zosi 
qonunning amal qilish sohasi bo’yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi hodisalar xarakteri bo’yicha 
ajratilgan. Bu bilan bo’lishdagi izchillik yo’qolgan. 
V. Bo’lish a’zolari hajmi bo’yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga 
bo’ysunish munosabatidagi tushunchalar bo’lishi kerak. Agar «Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», 
«Ko’p qavatli bino», «Osmono’par bino» tushunchalariga bo’lsak, xatoga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Chunki 
«Ko’p qavatli bino» tushunchasi bilan «Osmono’par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo’yicha istisno 
qilmaydi. 
G. Bo’lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo’lmasligi kerak. Buning uchun jins 
tushunchaga eng yaqin bo’lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog’i lozim. Masalan, «Gap» 
tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan qo’shma gap», «Bog’langan qo’shma gap» tushunchalariga 
ajratsak, bo’lishdagi izchillik yo’qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo’lish a’zosi «qo’shma gap» tushunchasining 
turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro’y bergan. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling