Mantiq ilmining predmeti va axborotni tahlil qilishdagi ahamiyati Nurqobilov Shahzod


Hissiy bilishga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat


Download 1.56 Mb.
bet2/7
Sana21.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1106855
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nurqobilov Shahzod-WPS Office

Hissiy bilishga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:

Hissiy bilishga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  • Hissiy bilishda ob’ekt (voqelik) sub’ektga (insonning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etadi.
  • Hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
  • Hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazini xosil qiladi.
  • Hissiy bilish xar bir konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
  • Hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi, usiz bilish mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, inson tashqi olam bilan sezgi organlari orqali bog‘langan bo‘lib, bilishning keyingi bosqichida sezgilari bergan ma’lumotlarga tayanadi.
  • Hissiy bilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va yakka, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi, mohiyati aniqlanmaydi. Hissiy bilish tafakkur (aqliy bilish) bilan uzviy bog‘liq.

Tafakkur shakli va tafakkur qonuni tushunchalari

Tafakkur shakli va tafakkur qonuni tushunchalari

Tafakkur tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud bo‘ladi. Inson bilish jarayonida buyum va hodisalar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar xosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog‘lab, xulosalar xosil qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.

Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifodalangan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Masalan, “mening onam” tushunchasida bizni dunyoga keltirgan, boqib katta qilgan, tarbiyalagan ayol aks etadi. Agar tushuncha (mening onam) aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling