Mantiqiy masalalar va ularning javoblari
Download 25.57 Kb.
|
MANTIQIY MASALALAR VA ULARNING JAVOBLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javobini ko’rish
Javobini ko’rish
Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang. 100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa Javobini ko’rish Bir kilo tosh og’irmi yoki bir kilo paxta? Ikkalasi ham bir xilda og’ir Javobini ko’rish Qaysi hayvonlar ko’zini ochgan holda uxlaydi? Baliqlar. Javobini ko’rish Juda mashhur mantiqiy masala. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin) Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi. Javobini ko’rish Bir erkak bozorga borib, 50 so’mga ot sotib oldi. Bir hafta o’tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so’mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o’tgach, uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo’qligini o’ylab, borib endigi safar 70 so’mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo’ydimmikin deb uzoq o’ylanib, nima bo’lsa-bo’ldi deb o’sha otni 80 so’mga sotib yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko’rdi? (-50) + 60 + (-70) + 80 = 20 so’m foyda qildi. Javobini ko’rish Ikki odam bir vaqtning o’zida daryo sohiliga kelishdi. Ularning maqsadi daryoning narigi sohiliga o’tish edi. Qarasa qayiq turibdi, ammo u ulardan faqat bittasini ko’tara olardi. Shunga qaramay, ularning ikkalasi ham ko’zlaganlaridek daryoning narigi sohiliga o’ta olishdi. Ular buni qanday qilib epladilar? Ikkala kishi dastavval daryoning turli sohillari tomonida edilar. Download 25.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling