Maqol o'rganish metodikasi


Download 21.94 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi21.94 Kb.
#1646323
  1   2   3   4
Bog'liq
MAQOL O\'RGANISH METODIKASI


MAQOL O'RGANISH METODIKASI

Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini
ifodalagan qisqa, ko'pincha she’riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur
m a’noli iboralardir. Maqollar xilm a-xil mavzularda bo'lib, hayotning
turli masalalarini qamrab oladi. K o'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang — kuz hayda, Kuz haydamasang yuz
hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi.
Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib,
unda xilm a-xil badiiy ifoda vositalari — ohangdosh tovushlar takrori
bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lm as satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga
o'xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning „Mahbub ul-qulub“da aytgan
bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: ,,O z-oz o'rganib
www.ziyouz.com kutubxonasi
dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo‘lur“, „Tilga ixtiyorsiz — elga
e ’tiborsiz“ va boshq.
M a’lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi. M aqollami o'rganishda ham bu bosqichlarga e ’tibor
qaratish kerak. I—2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi
bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir.
Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar.
Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib,
ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham
xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma’nosini
bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini
o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan dalillab beradi.
Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab

Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling