Maqola nomi: Gap Qo’shma gapmi yoki kesimi uyushgan gap? Muallif
Download 1.06 Mb.
|
1 2
Bog'liqMaqola. G.Siddiqova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Tahlil:
1-misol: Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et. (Mohlaroyim Nodira) Ushbu bayt uch gapdan iborat. 1-gapning kesimi -odam emasdur. W-odam; Pm- emas- dur.(kesimlik ko’rsatkichi bog’lama bilan ifodalangan). 2-gapning kesimi- odamsan. W-odam; Pm-san (kesimlik belgisi bog’lama bilan ifodalangan). 3-gapning kesimi ixtiyor et. W-ixtiyor et; Pm-0 ko’rsatkichda.(fe’lning sintaktik munosabat qo’shimchalariga kiruvchi buyruq-istak maylining II shaxs birlik sonda) 2-misol: Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi. (Konfutsiy) Gapning kesimi- tarbiyachi bo’la oladi. W- tarbiyachi bo’la ol. Pm- a ( kelasi zamon qo’shimchasi), -di ( fe’lning III shaxs ,birlik ko’rinishidagi shaxs-son qo’shimchasi). 3-misol:Chinakam oqilona ta’lim ongimizni ham, xulqimizni ham o’zgartiradi. Gapning kesimi- o’zgartiradi. W- o’zgartir. Pm- a ( kelasi zamon qo’shimchasi), -di ( fe’lning III shaxs ,birlik ko’rinishidagi shaxs-son qo’shimchasi) Misollardan ko’rinib turibdiki, so’zlarning shakl yasovchi va so’z yasovchi qo’shimchalari kesimning Pm qismiga mutlaqo daxldor emas. Buni yaxshi tushungan o’quvchi kesimni to’g’ri tahlil qila oladi. Kesimi uyushgan sodda gaplarda W qismi bir nechta, Pm qismi esa bitta ko’rinishda bo’ladi. Darslikka murojaat qilamiz: 1. Faylasuflarning odati, axloqi ham o’z kasbiga loyiq, xuddi tug’madek bo’lishi kerak. 2. Donishmandlik haqiqatni so’zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga bo’ysunmoqlikdan iboratdir. 3.Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o’qib, ishlab kelyapman.(8-sinf darsligi, 2019.108-110-betlar) 1-gapning kesimi –loyiq, tug’madek bo’lishi kerak. W-loyiq, tug’madek bo’lish, Pm- i ( egalik qo’shimchasi), kerak (bog’lama) 2-gapning kesimi –so’zlamoq,bo’ysunmoqlikdan iboratdir. W-so’zlamoq,bo’ysunmoq-likdan. Pm- iborat(bog’lama), -dir (bog’lama) 3-gapning kesimi –yashab, o’qib, ishlab kelyapman. W-yashab, o’qib, ishlab kel; Pm- yap( hozirgi zamon qo’shimchasi), -man (fe’lning I shaxs, birlik ko’rinishidagi shaxs-son qo’shimchasi) Qo’shma gaplarda W qismi ham bir nechta, Pm qismi ham bir nechta bo’ladi. Darslikka murojaat qilamiz: 1.Goh kechalari shamol bo’riday uvillab chiqardi, goh sharros yomg’ir quyib qolardi. 2.Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim. 3.Gapning qisqasi yaxshi, qissasidan hissasi yaxshi.(9-sinf darsligi, 2019.27-47-74-betlar) 1-gapning kesimlari –a)uvillab chiqardi: W-uvillab chiq; Pm- ar ( kelasi zamon qo’shimchasi o’tgan zamon ma’nosida qo’llanyapti), -di (o’tgan zamon qo’shimchasi) . Shaxs-son qo’shimchasi ifodalanmagan. Bu yerda fonetik o’zgarish bo’lgan. So’z aslida “chiqar edi” ko’rinishida bo’lishi kerak. b) quyib qolardi: W- quyib qol; Pm- ar ( kelasi zamon qo’shimchasi o’tgan zamon ma’nosida qo’llanyapti), -di (o’tgan zamon qo’shimchasi ) Shaxs-son qo’shimchasi ifodalanmagan. Bu yerda fonetik o’zgarish bo’lgan. So’z aslida “chiqar edi” ko’rinishida bo’lishi kerak. 2-gapning kesimlari- a) odob bo’lsa: W- odob bo’l ; Pm- sa (shart mayli qo’shimchasi), shaxs-son qo’shimchasi ifodalanmagan. b) ilm ham bo’lishi lozim:W- ilm ham bo’lish; Pm – i (III shaxs , birlik sondagi egalik qo’shimchasi), lozim (bog’lama) 3-gapning kesimlari- a) yaxshi: W- yaxshi ; Pm- ifodalnmagan. b) yaxshi: W- yaxshi ; Pm- ifodalanmagan. Demak, kesimi uyushgan sodda gapning qolipi W+W…+WPm, qo’shma gapning qolipi WPm+WPm.. +WPm ga to’g’ri keladi. Xulosa qilib aytganda, lisoniy sintaktik qoliplar mavzuni tushuntirishda o’qituvchiga ko’mak beradi. Bunday yangicha didaktik usul davr talabi hisoblanar ekan, uni maktab dasturlariga kiritish o’rinlidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Ona tili.9-sinf darslik. Toshkent, 2019. 2.Ona tili.8-sinf darslik. Toshkent, 2019. 3.O’zbek tilining struktur sintaksisi.Baxtiyor Mengliyev.Qarshi, “Nasaf” nashriyoti, 2003. 4. O’zbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqelanishi. Abuzalova Mehriniso Qodirovna.Toshkent, 1994. 5.Barkamol avlod orzusi. Islom Karimov.Toshkent, “Sharq”, 1999. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling