Maqolaga taqriz


Download 14.79 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi14.79 Kb.
#1007471
Bog'liq
22-09 Erkaeva D - taqriz


Maqolaga taqriz

So’nggi yillarda chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yurtimizda ko’plab salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir soha egasi o’z sohasini mukammal egallashi va jahon miqyosida raqobatlasha olishi uchun xorijiy tilni bemalol tushuna olishi va unda puxta so’zlasha olishi zarur. Ma’lumki, xorijiy tilni o’qitishda o’rganuvchilarning yosh va psixologik holatini hisobga olish juda muhimdir. Ayniqsa, yosh bolalarga chet tilini o’rgatishda bunga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Tanlangan maqolada ham bu masalaga etibor qaratib o’tilgan, ya’ni birinchi sinf o’quvchilariga xorijiy til o’rgatishda grammatik material taqdim etilmaydi.


Maqola nomi “Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ingliz tilini o’qitishda interfaol metodlar” bo’lib, hozirgi kunda dolzarb muammolardan biridir.
Maqola kirish qismi, asosiy qism, xulosadan iborat. Asosiy qismda kichik yoshdagi o’quvchilarga chet tilini o’qitishni o’ziga xos tomonlari, yozish ko’nikmasining ahamiyati va o’ziga xos tomonlarini yoritib beradi. Shu bilan birga ingliz tili darslarida interaktiv metodlardan foydalanish va ularni dars jarayonida qo’llash usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Bunda yosh til o’rganuvchilarning tabiatlari, yosh va jinsga ko’ra ajratilib, o’quvchiga oson va tushunarli tarzda yoritilgan.
Maqolada keltirilgan xulosa va fikrlar ingliz tili o’qitish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va o’qituvchilarga metodik jihatdan yordam bera oladigan ajoyib manba bo’lib xizmat qiladi.
Download 14.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling