Maqom asoslari fanidan


Download 39.96 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi39.96 Kb.
#1274611
  1   2   3   4
Bog'liq
Dusov Rustam

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI


YUNUS RAJABIY NOMIDAGI
O'ZBEK MILLIY MUSIQA SAN'ATI INSTITUTI
"O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI" KAFEDRASI

MAQOM ASOSLARI FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: Shashmaqomda namud masalasi
Bajardi: “Maqom cholg’u ijrochiligi” kafedrasi 3-bosqich talabasi Dusov Rustam
Ilmiy rahbar: San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Ravshan Yusupovich Yunusov

Toshkent 2021


Reja:
Kirish



  1. Namud va avj tushunchasiga umumiy tavsif

  2. Shashmaqomda namudlarning qo’llanilishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Musiqa xalq bilan eng yaqin aloqadir. U insonning o'z qarashlarini o'zgartirishi, yangi dunyoqarashi berishi, xalqni yangi narsani sevishiga majbur qilishi, ongning tub-tubiga kirib borib xalqni turli yo’lga yetaklashdek kuchga ega. Musiqa xalq uchun yaratiladi va xalqning o’zidan yaratiladi.
Fikrimcha, har bir xalqning musiqasi o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turishiga sabab ana shu xalqning turmush tarzi, yashash sharoiti va xalqining fikrlash doirasi turli-tumanligidadir. Biror bir xalqning milliy musiqasini tinglar ekanmiz, ko’z oldimizda ularning hayot tarzi, liboslari, turmush sharoiti gavdalanadi.
Masalan, garmonik ladga xos kuylarni eshitganda turkiy xalqlar jilvalanadi, pentatonik ladli asarlar yangraganda xitoy, koreys xalqlari, shuningdek, faqatgina zarbli cholg’ular va honanda tropik xalqlarga xos soloni ijro etganida meksika, afrika xalqlari ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Bu musiqalar bizning hayolimizni boshqaradi. Ana shunday kuchga ega bo’lgan noyob musiqiy durdona, o’zbek musiqa san’atini o’zida jo qilgan yirik to’plam bu - maqomdir.
Shashmaqom- bizning milliy madaniy merosimiz sifatida yillar davomida shakllangan, sayqallangan va sevib ijro etib kelinayotgan boyligimiz hisoblanadi. Ushbu kurs ishida Shashmaqomda namudlar masalasi haqida yoritar ekanman, avvalo uning mazmun mohiyatini tushunish maqsadida ustoz ijodkorlar va sozanda bastakorlar ijodiga nazar solaman. Ularning ilmiy merosini o’rganib, Shashmaqomning go’zal namunalari bilan tanishib, bu haqdagi bilimlarimni kelgusi avlod bilan o’rtoqlshishni maqsad qildim.
Kurs ishi mobaynida Shashmaqomning sho’balari, tarkibiy tuzilishi hamda ularda namudlarning qo’llanilishi haqida so’z boradi. Ularni yaxshi o’zlashtirish va yosh ijrochilarga to’g’ri yetkazib berilishi maqsadga muvofiqdir.



Download 39.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling