Maqom asoslari fanidan
Namud va avj tushunchasiga tavsif
Download 39.96 Kb.
|
Dusov Rustam
Namud va avj tushunchasiga tavsif
Namud – ko‘rinish, namoyon bo‘lish. Maqom ashula yo‘llarining avjlarida muayyan sho‘ba kuy tuzilmalarining kelishi, deb ta’rif beriladi Is'hoq Rajabov «Maqomlar masalasiga doir” ilmiy monografiyasida. Shuningdek, Avj – osmon, ko‘k, yuksalish va uning eng yuqori cho‘qqisi. Maqom cholg‘u kuy va aytimlarning yuqori pardalardagi eng rivojlangan darajasi.1 Namud va avjning maqomlarda qanday ahamiyat kasb etishini misollar bilan o’rganish osonroq boladi. Bunda bizgacha bo’lgan davrda yashab ijod qilgan musiqashunos olim va ustozlar asarlariga yuzlanamiz. Har bir maqomning aytim yo‘li «Saraxbor» bilan boshlanadi va shu tariqa uning kuy-ohangi, tayanch pardalari, namud-avjlari, xullas, shaklu shamoyili qolgan ashula yo‘llari (qismlari) uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi, deb tushuntiriladi O. Ibrohimovning “Maqom asoslari” kitobida. Demak, Saraxbor qaysi maqomga mansub bo‘lsa, shu maqomning nomi bilan birga qo‘shilib, «Saraxbori Buzruk», «Saraxbori Rost», «Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Saraxbori Segoh», «Saraxbori Iroq» kabi yuritiladi. Saraxborlar (maqomlarning boshqa ashula yo‘llarida bo‘lgani kabi) yuksak ishq, falsafiy mushohada, pand-nasihat kabi mavzulardagi mumtoz she’riyat (Rudakiy, Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Munis she’rlari) namunalari asosida aytiladi. Ularning ichki shakltuzilishini quyidagicha tavsiflash mumkin: a) dastlab kirish qismi bo‘lgan cholg‘u muqaddima kuyi yangraydi; b) hofiz she’r asosida ashula ayta boshlagan vaqtdan e’tiboran daromad qismi boshlanadi. Odatda, daromad bir xat, ya’ni bir she’riy bayt (ikki misra), ba’zan esa ikki bayt (to‘rt misra) asosida «o‘qiladi». Shuningdek, unda unli harflar («o», «a») va undovli-undalma («yorey», «voyey», «jonimey» va hokazo)lar bilan aytiladigan ohanglar namoyon bo‘lishi mumkin; d) Miyonxat – ashula kuyining o‘rta pardalarida (dastlabki tayanch pardadan kvarta, ba’zan kvinta yuqorilab) davom ettirilishini, rivojlantirilishini anglatadi; e) Dunasr – dastlabki daromad kuyini yuqori pardalarda (odatda, bir oktava yuqorilab) kuylash (aytish)da davom etish; f) Avj – maqom ashulasining eng yuqori pardalarda aytiladigan muhim cho‘qqi qismi. Bunda o‘zga kuy yoki ashula bo‘laklari qo‘llaniladi. Odatda, bunday «yangi» kuy tuzilmalari maqom ashula yo‘llariga oid boshqa qismlardan olinib, ijro etilayotgan «Saraxbor» namunasining doira usuliga muvofiqlashtirilgan holda aytiladi. Bu hol maqomchilikda «namud» (fors-toj. – ko‘rinish, namoyon bo‘lish ma’nosida) deb yuritiladi2. Maqomdon olim Is’hoq Rajabovning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Shashmaqom tizi mida 8 ta asosiy namud va 2 ta namud vazifasini bajaruvchi avj («Turk avji» va «Zebo Pari avji») qo‘llaniladi. Bunda, namud sifatida qo‘llangan kuy tuzilmasi o‘zining kelib chiqish manbasiga ko‘ra nom oladi. Download 39.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling