Maqomlar (o’n ikki maqom)


Operaning qisqacha mazmuni


Download 356.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana09.01.2022
Hajmi356.07 Kb.
#266125
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
УМА

Operaning qisqacha mazmuni. Maysaraxolaning kichkina haovlisiga yosh 

sevishganlar  Maysaraning  jiyani  podachi  Cho‘ponali  va  go‘zal  Oyxon 

uchrashadilar.  Ikki  yoshning  hovlida  uchrashganini  qari  Qozi  va  mirshab  Xo‘ja 

Darg‘a  ko‘rib  sharoitga  xilof  ish  qilgani  uchun  Cho‘ponalini  xibisga  olmoqchi 

bo‘ladilar va shu bilan yosh qizcha bilan uchrashmoqga imkon tug‘dirmoqchi edilar. 

Ular  tomonidan  yuborilgan  soqchilar  Maysara  hovlisiga  kirib  keladi.  Soqchilar 

Maysarani olib ketgach Qozi sandiqga yashirib turgan Oyxonni o‘g‘irlab olib ketadi. 

Qozi  zindonida  Maysara  qutilish  yo‘llarini  rejalashtiradi.  Shu  mahal  Cho‘ponali 

xolasini  topib  unga  qochishni  taklif  etadi.  Lekin  Maysara  to  Oyxonni 

qutqazmaguncha hej yerga bormasligini aytadi. Qozi Maysaraning oldiga tushib pul 

bilan Oyxonni gapga olishni taklif etadi. Maysara rozi bo‘ladi. Qozi uyida Oyxon 

qayg‘urib  Qoziboboning  yupatishlaridan  achchiqlanadi.  Qozi  Maysaraga 

Oyxonning  o‘jarligini  aytadi.  Maysara  Oyxonga  o‘z  maxfiy  rejalarini  aytib  unga 

Qozi  bilan  uchrashishga  va  Oyxon  Qozining  hamma  shartlariga  rozi  bo‘lishini 

tushuntiradi.  

 

Maysara  o‘z  hovlisida  «Ulug‘  mehmonlarni»  kutishga  hozirgarlik  ko‘radi. 



Birinchi bo‘lib Qozi keladi va hali o‘tirishga ulgurmasdan hovli eshigi taqqilaydi. 

Maysara  Qoziga  jiyani  kelganini  aytadi  va  qo‘rqib  turgan  Qozi  ustiga  xo‘kkiz 

terisini tashlaydi. Shunday qilib Maysara Oyxonga «Oshiq» bo‘lgan Hidoyatxonga 

ayol kuylagini, Xo‘ja Darg‘aga un qopini ustiga yopadi. Xalq bu shariat peshvolari 

ustidan  kuladi  va  opera  Maysaraning  donoligidan,  ikki  yosh  maqsadlariga 

erishganlari va xursandchilik bilan tugaydi.  

 

«Maysaraning ishi» operasi bu haqiqiy komik (hajviy)  janrda ijod qilingan 



asar bo‘lib bu asarda kuychan, yengil, obrazlar harakteriga mos keladigan musiqalar 

bastalangan.  Ayniqsa  Maysara  obrazini  ifodalaydigan-ba’zan  o‘zining  oilasi 

davrasida  mehribon  xola,  jonkuyar  ayol,  ba’zan,  sharoitlarga  ko‘ra  talabchan  va 

o‘tkir  kishi,  dovyurak,  qo‘rqmas,  o‘z  so‘zini  ustidan  chiqadigan  shaxs  sifatida 

operaning asosiy obrazi bo‘lib turli musiqalar vositalari bilan ifodalab ko‘rsatilgan. 

Maysaraxola ijro etadigan kuy va qo‘shiqlar Hamzaning «Hoy ishchilar» qo‘shig‘i 

asosida  bastalangan.  Chunki  bu  kuy  Maysara  obraziga  xos  bo‘lib  ayolning  ichki 

qiyofalarini ochib tashlashga yordam berishni kompozitor S.Yudakov yaxshi bilgan. 

Masalan Maysaraning «Bolalarim hammasi yaxshi bo‘ladi» nomli ariyasi so‘zimiz 

isboti  bo‘laoladi.  Shu  bilan  birga  Oyxon,  Cho‘ponali,  Qozi,  Xo‘ja  Darg‘a, 

Hidoyatxon  obrazlari  musiqalari  ham  asar  mazmunini  ifodalaydigan  kuy  va 

qo‘shiqlar bilan tasvirlangan. Opera musiqalari orasida xalq kuy va qo‘shiqlari ham 




mustahkam  o‘rin  olgan.  Masalan:  «Oromijon»,  «Ushshoq»,  «Bilakuzuk»,  «Yor-

yor» va boshqalar.  

 

70-80 yillar davomida opera janri yana bir necha asarlar bilan boyidi va shular 



orasida  bolalarga  bag‘ishlangan  operalar-S.Boboyevning  «Yoriltosh»  va 

V.Xaetning «Etikli mushuk» asarlaridir.  

 

Shunday qilib opera teatri va opera asarlari oxirgi vaqtda o‘z rivojini topadi 



va bu janr respublika musiqa san’atining yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shadi.  

 

 



 



Download 356.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling