Maqsad: A. o’quvchilarga ko’p xonali sonlarni sinflarga ajratish,birlar,minglar,millionlar sinfi haqida tushuncha


Download 73.29 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi73.29 Kb.
#1638012
Bog'liq
dars ishlanma ko\'paytirish va bo\'lish


Matematika
Darsning mavzusi:Ko’paytirish va bo’lish
Maqsad:A).o’quvchilarga ko’p xonali sonlarni sinflarga ajratish,birlar,minglar,millionlar sinfi haqida tushuncha
berish,masalalar yechish, ko’pburchaklar haqidagi
bilimlarini mustahkamlash.
B).Tejamkor va tadbirkor bo’lishga o’rgatish, Vatanparvar
va mehnatsevar qilib tarbiyalash;
D).Tez va to’g’ri hisoblash malakalarini rivojlantirish;
Usul:aralash
Jihoz:ko’rgazmalar, A.K.T.,tarqatmalar.
Darsning metodi: klaster, zanjir mashqi
Darsning shiori: Kimki bo’lsa tejamkor ,
Qut Baraka unga yor.
Darsning borishi:
I.A).Tashkiliyqism
B) Tarbiyaviy daqiqa
a) O’quvchilarni darsga hozirligi tezshiriladi , navbatchi hisoboti eshitiladi.
O’qituvchi: hozirgi darsimiz nima ?
1-o’quvchi: Bizning quvnoq davraga ,
Xush kelibsiz marhabo!
Matematika biz bilan
Hamroh bo’lsin doimo.
2- o’quvchi: Bu fan bizning do’stimiz,
Mo’jizalar makoni.
Inoq bo’lib o’ssa kim,
Ortar ilmi imkoni.
O’qituvchi : Matematika darsida nimalarni o’rganamiz ?
O’quvchilar :
Matematika darsi
Hisob kitob qilamiz.
Raqamlarni sirini,
Puxta bilib olamiz .
O’qituvchi : Bolalar, aytingchi biz nima uchun matematikani o’rganishimiz kerak?
O’quvchilar : Masalalar yechishni , qo’shish va ayirishni , tez hisoblashni , hozirjavob bo’lishni , geometrik shakllarni bilishni , hayotda tejamkor va tadbirkor bo’lishni o’rganishimiz uchun.
O’qituvchi : Bolalar , menga sirli raqamlar sirini aytib bera olasizmi ?
Doskaga 1992, 8, 12 , 128 , 6 , 26-raqamlarini ilib qo’yaman .
O’quvchilar raqamlar sirini topadilar.
8-dekabr 1992-yil da O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi
qabul qilingan.
Konstitutsiya 6 bo’lim, 26 bob, 128moddadan iborat .
Unda nimalar belgilab qo’yilgan?
Unda fuqorolarning huquq va burchlari belgilab qo’yilgan
Bilim olish huquqi haqida nechanchi moddada berilgan?
Konstitutsiyamizning 41- moddasida belgilab qo’yilgan.
O’quvchilarni 2 guruhga ajrataman;
TEJAMKOR TADBIRKORLAR
Har bir guruhga savollar berman:
1.Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?
2.Tadbirkorlik degandachi?
3.Tejamkorlik haqida maqollar ayting?
4.Tadbirkorlik haqida maqollar ayting?
TEJAMKORLAR TADBIRKORLAR
Maqollar aytishuvi ni tashkil qilaman.

1.Kimki bo’lsa tejamkor, 1.Tadbirli ish buzilmas.


Qut-baraka unga yor.
2.Tejovlini ishi bejovli. 2.Yetti o’chab bir kes.
3.Taroziga qarab tosh qo’y. 3.Pul topguncha , hisob top.
II.O’tgan mavzular yuzasidan umumlashtiruvchi savol va topshi-
riqlar berish , doskada misollar ishlatish.
3*(16+17)*10 732*7
6000-34*8 636/6
328km040m-179km825m
Qopdagi un 10ta 3kg li va 8 ta 5kgli xaltachalarga solindi. Qopda necha kilogram un bo’lgan?
Y: 10*3+8*5=30+40=70
J:70kg un bo’lgan
Terkor savol javoblar:

  1. 1 ta tuxum 3minutda pishadi ,5 ta tuxumchi?

  2. 1ta tayoqni 2ta uchi bor, 1.5 ta tayoqning nechta uchi bor?

  3. Tovuq bir oyoqda 3kg ,ikki ta oyoqdachi?

  4. Uchta tuya birgalikda 27km yo’l yurdi .Bitta tuya necha km yo’l yurgan?

  5. Xonada 4ta sham yonib turibdi , bittasini o’chirildi .Xonada nerchta sham qoldi?

  6. Kilo so’zining ma’nosi nima ?

Klaster usulidan foydalanib o’quvchilarga guruhlararo musobaqa tashkil etaman


Geometrik shakllar nomini yozish musobaqasi:

III.Yangi mavzuning bayoni:
305-misolni A.K.T. yordamida ko’paytirishni bir xil qo’shiluvchilarni bilan hisoblash mumkinligini tushuntiraman.
Masalan:6*5=30,chunki6+6+6+6+6=30
Ko’paytirishning xossalarini eslataman:
25*4=4*25
a*7=a+a+a+a+a+a+a
(7+4+5)*2=7*2+4*2+5*2
306-misol O’quvchilar doskaga va daftarlariga bajaradilar
65*7= 215*4=
196*5= 318*3=
307-masala
Tikuvchilik korxonasida 150mshoyi bor.Undan bir xil 50ta ko’ylak tikish mumkin.90m shoyi ishlatildi.Nechta ko’ylak tikilgan?
Har bir guruh qisqa yozuv yozib masalani ishlaydi.
Qaysi guruh to’g’ri va oldin ishlasa , Doskaga yozib qo,yadi.
Yechish:1)150/50=3
2) 90/3=30
Javob:30ta ko’ylak
308-masalaRasm asosida nur haqida tusuncha beraman.
A.nuqta nurning boshi. B harfi shu nurdagi istalgan nuqtani ifodalashi mumkin.
IV. Mustahkamlash. Slayd yordamida masalani ishlaymiz.
VII-II=II ikkita cho’pni almashtirib tenglikni tuzating.
VII-V=II
V. O’quvchilarni izohli baholash, g’olib guruhni rag’batlantirish.
VI. Vazifa: 309-310-misol va masala
Download 73.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling