Maqsad: a ta`limiy


Download 77.01 Kb.
bet5/24
Sana20.06.2023
Hajmi77.01 Kb.
#1628578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
5-sinf dars ishlanma

Maqsad:
a) ta`limiy : O`quvchilarga kompyuter nima asosida ishlashi, uning uchun asosiy dastur Windows ekanligi, fayl yoli papkalar haqida tushunchalar berish..
b) tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritishga , olgan bilimlarini hoyot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did, axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlashga va u orqali bilim olishga xotirani mustahkamlashga , tez fikrlashga o`rgatish, nutqni o`stirish.

Dars turi: Yangi bilim olish darsi


Dars uslubi: interfaol
Dars jihozi: Kompyuter, plakatlar, darslik.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash..


III. Yangi mavzu bayoni.
Reja :

  1. Kompyuterni nima boshqaradi?

  2. Fayl yoki papka nima?

  3. Windows nima?

Kompyuterni nima boshqaradi?
Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o'zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buyruqlar asosida ishlaydi. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning tartibli ketma-ketligi. odatda dastur deb ataladi. Ular kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi.
Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism (Software) deb ataladi. Dasturlar yumshoq qism deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularni osongina o'chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor.
Kompyuterdan samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigagina emas, balki ko'proq undagi dasturlarga ham bog'liq bo'ladi. Chunki, kompyuterdagi dasturlargina kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, kino ko'rish kabi imkoniyatlarni beradi.
Kompyuterlar uchun hilma-xil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur operatsion sistema hisoblanadi. Kompyuter ishga tushirilganda awalo operatsion sistema ishga tushadi.
U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta'minlab, kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion sistemalar juda ko'p bo'lib, WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX.UNIX, MACHINTOSH shular jumlasidandir.

Download 77.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling