Maqsad: Lavlagi ildizmevasining hujayra membranasi o’tkazuvchanligiga suv haro- ratining tasirini o’rganish Eslatma


Download 0.98 Mb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1143748
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qo`llanma

G1 sintezdan oldingi davr – hujayra o‘sib kattalashadi va sintez davri uchun kerak bo‘lgan moddalar (RNK, ferment) sintezlanadi. 2n2c
S sintez davri – DNK reduplikatsiyasi kuzatiladi. Xromosoma tarkibiga kiruvchi gis- tonli oqsillar sintezlanadi. Har bir xromosoma ikkitadan xromatidaga ega bo‘ladi. Sentri- ola ikki hissa ortadi. 2n4c
G2 sintezdan keyingi davr – mitoxondriya ikkiga bo‘linadi. Bo‘linish urchug‘i tarkibi- ga kiruvchi tubulin oqsili sintezlanadi. 2n4c
Mitoz to‘rtta fazadan iborat:
Profaza. Xromosomalar spirallashish jarayonida kaltalash- ib yo‘g‘onlashadi. Bu davrda xromosomalarni bo‘yab, mikroskopda ko‘rish mumkin. Xromosoma sentromera bilan birikkan ikkita xro- matidadan tashkil topgan. Hayvon hujayralarida sentriola qarama qarshi qutblarga tarqaladi. Sentrioladan bo‘linish urchug‘i shakllana- di. Yadrocha erib ketadi. Yadro qobig‘i parchalanadi. 2n4c.



  1. Metafaza – Xromosomalar ekvator tekisligiga joylashadi. Bo‘linish urchug‘i iplari (axromatin iplari) xromosoma sentromer- asiga ikki tomondan birikadi. 2n4c.

  2. Anafaza. Qisqa vaqt davom etadi. Sentromeralar ikkiga bo‘linadi. Axromatin iplarining qisqarishi hisobiga xromatidalar qutblarga tortiladi. Qutblarga xromosoma ko‘rinishida yetib boradi. 4n4c.

  3. Telofaza. Xromosomalar despillanadi va xromatinga ayla- nadi. Bo‘linish urchug‘i parchala- nadi. Yadrocha va yadro qobig‘i

paydo bo‘ladi. 2n2c.
Yadroning bo‘linishi kariokenez, sitoplazmaning
bo‘linishi
sitokenez deyiladi. O‘simlik va hayvon- larda sitokenez farqlanadi. Hayvon hu- jayralarida sitoplazma yon tomonga bo- tib kirib ikkita hujayra hosil qiladi. Qalin qobiqqa ega o‘simlik hujayralarida to‘siq hosil bo‘ladi. Bu to‘siq yon tomonga ken- gayib borib hujayrani ikkiga bo‘ladi.

Mitozning ahamiyati:


*Ona hujayraning bo‘linishidan ikkita qiz hujayra hosil bo‘ladi.
*Tirik organizmning o‘sishini ta’minlaydi.
*O‘simliklar vegetativ ko‘payadi.
*Regeneratsiya amalga oshadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling