Maqsad: Ta’limiy: O`quvchilarga masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy


Download 159.06 Kb.
bet6/8
Sana11.10.2020
Hajmi159.06 Kb.
#133320
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 sinf informatika fanidan konspekt


IV. Mustahkamlash

Savollar:



  1. Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering.

  2. Algoritmni so‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.

  3. Qaysi fanlarda algoritmni formulalar yordamida berish qulay?

  4. Algoritmni formulalar orqali ifoda etilishiga fizika fanidan misollar keltiring.

  5. Algoritmni jadval ko‘rinishida berilishiga misollar keltiring.

  6. Algoritmni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.

  7. Blok-sxema nima?

Masqlar:

1. Paint grafik muharririda “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnidagi so’zlarni tagma-tag yozdirish uchun so’zlar yordamida algoritm tuzing.

2. MS Word dasturining WordArt obyekti yordamida “O’zbekiston vatanim manim!” iborasini yozish algoritmini qulay usulda tasvirlang.

3. Berilgan ikki natural sonning eng kichik umumiy karralisini topish algoritmini tu­zing.



V. Uyga vazifa.

3-mashq.
SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’.USMONOV.H



_______________________________

Informatika-9. 8 – dars.

Mavzu: Algoritmni tasvirlash usullari mavzusiga oid amaliy mashg’ulot

Maqsad:

1) ta’limiy: Oq`uvchilarda algoritmni turlishakllarda tasvirlash ko`nikmalarini hosil qilish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: nazariy bilimlarni masalalar yechishga qo`llay bilish.


Kompetensiya:

TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;

FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi

  1. Tashkiliy qism

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

d) sinfni darsga tayyorlash1

II. Takrorlash


  1. Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering.

  2. Algoritmni so‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.

  3. Qaysi fanlarda algoritmni formulalar yordamida berish qulay?

  4. Algoritmni formulalar orqali ifoda etilishiga fizika fanidan misollar keltiring.

  5. Algoritmni jadval ko‘rinishida berilishiga misollar keltiring.

  6. Algoritmni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.

  7. Blok-sxema nima?

III. Yangi mavzuni o`rganish

1. Quyidagi masalalar algoritmlarini so’zlar yordamida tuzing.

A. Berilgan x da funksiyasining qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.

1. x ning qiymati aniqlansin;

2. x ni 23 ga ko`paytirib, y deb olinsin;

3. y dan 1963 ayrilib, y deb olinsin;

4. natija y deb olinsin.

B. Ijrochining ko’rsatmalar sistemasi faqat {5 ni qo’sh; 3 ni ayir} ko’rsatmalaridan iborat. Bu ijrochi 0 sonidan 11 sonini hosil qilishi uchun algoritm tuzing.



Qadam

Ko’rsatma

Natija

0



0

1

5 ni qo`sh

5

2

3 ni ayir

2

3

5 ni qo`sh

7

4

3 ni ayir

4

5

3 ni ayir

1

6

5 ni qo`sh

6

7

5 ni qo`sh

11

D. Ijrochi ko’rsatmalar sistemasi faqat {1 ni qo’sh; 2 ga ko’paytir} ko’rsatmalaridan iborat. Bu ijrochi 0 sonidan 17 sonini hosil qilishi uchun 3 xil usulda algoritm tuzing.

E. A=5 va B=8 bo’lganda ijrochi 4 litr suv o’lchab olishi uchun algoritm tuzing.

2. Quyidagi masalalar algoritmlarini blok-sxema yordamida tuzing.

A. Radiusi R ga teng aylana ichiga chizilgan kvadratning tomonini topish algoritmini tuzing.

B. Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va og‘ir. Tortish uchun ikki pallali tarozi o’lchov toshlarisiz berilgan. Soxta tangani aniqlash algoritmini tuzing.

D. Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va faqat og‘irligi bilan farqlanadi (aniq og’ir yoki yengilligi ham ma’lum emas). Tortish uchun ikki pallali tarozi o’lchov toshlarisiz berilgan. Eng kam tortish yordamida soxta tangani aniqlash algoritmini tuzing.
IV. Uyga vazifa.

2-mashq



SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’.USMONOV.H

_______________________________

Informatika-9. 9 – dars.

Mavzu: Algoritmning asosiy turlari

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga algoritmning asosiy turlari haqida ma’lumot berish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarga algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.



DTS: Algoritmning asosiy turlarini bilish.
Kompetensiya:

TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;

FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi

  1. Tashkiliy qisim:

1) salomlashish;

2) davomatni aniqlash



II. Takrorlash

  1. Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi?

  2. Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi?

  1. Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish

Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya’ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga bo‘linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.



Chiziqli algoritmlar. Barcha ko‘rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi. “Choy damlash”, doira yuzini hisoblash algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo‘ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko‘p jarayonlar shartlar asosida boshqariladi.

Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har kuni va har qadamda uchraydi. Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatla­nishimiz qornimiz och yoki to‘qligiga yoki taomning turiga, ko‘chaga kiyinib chiqishimiz ob-havoga, biror joyga borish uchun transport vositasini tanlashimiz to‘lash imkonimiz bo‘lgan pulga bog‘liqdir. Demak, tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish imkoniyati bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki sonning EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol bo‘ladi.

1–misol. Algoritmi formula yordamida berilgan funksiyani qiymatini hisoblashga doir tarmoqlanuvchi algoritmni blok-sxema yordamida tasvirlaymiz:



2–misol. Berilgan ikkita A va B sonlardan kattasini topish uchun (IKT nomi bilan ataluvchi) algoritm tuzing.

Bu misoldan quyidagicha xulosa qilish mumkin: agar A > B shart bajarilsa 4-banddagi ko‘rsatma qaralmaydi, aks holda, ya’ni A B bo‘lganda 3-banddagi ko‘rsatma qaralmaydi. IKT algoritmi tarmoqlanishni yaqqol tasavvur qilish imkoniyatini beradi.



Download 159.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling