Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish


Download 0.56 Mb.
bet3/10
Sana18.04.2020
Hajmi0.56 Mb.
#99987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 sinf ona tili fanidan konspekt

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Matn
. uyga vazifa qilib topshiriladi.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Undalmali gaplar.

Maqsad:

Ta`limiy: Undalmali gaplar mavzusini takrorlash.

Tarbiyaviy:O`quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: BKM larini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni.Darslik bilan ishlash.75-mashq ustida ishlash.

Dada, quyosh dumalab, Malla tukli sap-sariq,

Tog' boshiga yotibdi, Murabbosi mazali.

Yiqilibdi, shekili, Palovga bossa bo'lar,

Burni qonab ketibdi. Omborga ossa bo'lar.



Tursunboy Adashhoyev Tishlab ko'rib ayt, Mehri,

— Bumi, dadajon, behi.

G'afur G'ulom

Ko'chiring. Undalmani topib, tagiga chizing. Fikr kimga qaratilganini ayting. Ajratilgan gapning ma'nosini tushuntiring. She'rda qaysi so'zlar ko'chma ma'noda qo'llangan?

76- mashq. Matnni o'qing. Undalmali gaplarni ko'chiring, undal-malarning tagiga chizib, kim yoki nimaga qaratilganini qavsda ko'rsating.

Yoz bo'yi qishloqda dam oldim. Qishloqda yangi hayotni ko'rdim, o'rgandim. Odamlar u yerda katta boylik yaratar ekaniar. Mehnat, mehnatning tagi rohat, deganlari bejiz emas ekan.

—dada, qishloqni jonimdan yaxshi ko'rib qoldim

—O'g'lim, qishloqning tabiati, oqko'ngil odamlari seni rom etgan.

Biz mashinaga chiqdik. Men aziz qishlog'im bilan xayrlashdim.

IV.Mustahkamlash. O'zingiz ham qishlog'ingiz yoki shahringiz odamlariga qaratilgan undalmali gaplar tuzib yozing.

V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

VI.Uyda.77- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Undalmali gaplar. Maqsad: Ta`limiy: Undalmali gaplarni takrorlash.

Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash. 78- mashq. Chiziqchalar o'rniga gap mazmuniga mos undalma qo'yib yozing. Undalmadan so'ng zarur tinish belgisini qo'ying.

_inson bir umr ilmini oshira borishi lozim. 2.____ kitob siz uchun butun umr yagona sadoqatli do'st bo'lib qoladi. 3.______ o'qing, o'rganing, fikr qiling va hamma-

sidan o'zingizga foydali tomonlarini tanlab oling. 4. ____ sport, mehnat bilan o'rtoq bo'ling va kun tartibiga rioya qiling.

79- mashq, O'qing. Husnixat bilan ko'chiring. Gaplarning maq­sadga ko'ra turini ayting.

Quyosh baland-baland daraxtlar ortiga berkindi. Atrofni qorong'ulik qopladi. Onasining qanoti ostidagi Chumchuqcha so'radi:



  • Ayajon, Oftoboy yaxshimi?

  • Bolajonim, Oftoboy saxiy. U erta tongda tog'larning orqasidan mo'ralaydi. „Kim uyg'ondi, kim uyg'onmadi?" — :deb so'raydi Oftoboy.

— Hamma uyg'ondi,— deb qushlar sayrashadi.
Bundan Oftoboyning mehri ortadi. U yerdan haroratini ayamaydi.-

IV.Mustahkamlash.Husnixat mashqlari o'tkazish. Savollar –javob o`tkaziladi.

Undalmalar kimlarga qaratiladi?

Ular maqsadga ko'ra qanday gaplar tarkibida keldi?

Undalmali gaplarga misol keltiring.

V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

VI.Uyda.80- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Bilimingizni tekshiring.

Maqsad:

Ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplarni takrorlash.

Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Mavzu bayoni. O`quvchilarni o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash uchun savol-javob o`tkazamiz.Quyidagi savollarni kartochkalarga yozib ,o`quvchilarga tarqataman.

1.Fikrning kimga qaratilganini bildirgan so'z qanday nomlanadi?

2. Undalmalar qaysi tinish belgisi bilan ajratiladi?

3. Undalmalar gapning qaysi o'rinlarida keladi?

4.Qizim,O`g`lim so`zlarini qatnashtirib undalmali gap tuzing.

Iv.Mustahkamlash. 81-mashq. „Kuzda" mavzusida insho yozish uchun tayyorlaning. Insho uchun material to'plashda quyidagilarga e'tibor bering.


  1. Ob-havodagi o'zgarishlar.

  2. Tabiatdagi o'zgarishlar.

  3. Kuzda dehqon va bog'bonlarning yumushlari.

V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.

VI.Uyda.Undalmali gaplar tuzib kelish

MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Nutq haqida ma`lumot.

Maqsad: Ta`limiy: nutq, matn so'zlariga izoh berish. Nutqning inson hayotida tutgan o'rni, matnni ifodali, tinish belgilariga rioya qilib o'qish, unga sarlavha qo'yish, qayta so'zlab berish uchun qismlarga bo'lish kerakligi haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: mustaqillik sharofati bilan erishilgan yutuqlar, ularning diyorimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishi, insonlarning hayotini yengillashtirishi haqida so'zlab berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning matn tuzish ko'nikmalarini shakllantirish. Ularning bog'lanishli nutqini o'stirish; .

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: suhbat,savol-javob.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axboroti.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar.

III.Yangi mavzu bayoni. 82- mashq. O'quvchilar darslikdagi rasmni kuzatadilar. Rasmda tasvirlangan predmetlar sanab o'tiladi. Rasmda qanday predmetlar tasvirlangan? (Sinf xonasi, partalar, kompyuterlar, stullar, gullar va hokazo.)



  • Rasmda kimlarni ko'ryapsiz? (O'quvchilarni, o'qituvchilarni.) Kompyuterda bolalar nima qilishyapti? (Gapni tahlil qilishyapti.)

  • Demak, qaysi dars o'tilayotgan ekan? (Ona tili darsi o'tilayotgan ekan.)

  • Yuqorida sanab o'tilgan so'zlardan foydalanib, 3—4 ta gap tuzing.

Taxminan shunday hikoya tuziladi va husnixat bilan yozdiriladi:

Sinfxona keng va yorug'. O'quvchilar ona tili darsini o'tishmoqda. Ular kompyuterda gap bo'laklarini tahlil qilishmoqda.O'qituvchi ularga yordam bermoqda.

  • Bu matnga sarlavha qo'ying. {Ona till darsida.)

  • Tuzilgan 3-4 gapli hikoyani nima deb ataymiz? (Nutq deb ataymiz.)

  • So'roqlar yordamida hikoya qayta so'zlatiladi.

  • Biz o'z fikrimizni nimalar orqali ifoda etdik? (Gaplar orqali.)

-Biz ovoz orqali gaplar vositasida ifoda etgan nutqimizni qanday atash mumkin? (Og'zaki nutq.)

  • Daftarga yozib olgan gaplaringiz ~chi? (Yozma nutq deyiladi.)

  • Demak, biror narsa haqida suhbatlashsak, hikoya tuzsak, bu nutq bo'ladi. Nutq gaplardan tuzilib, 2 xil bo'ladi: og'zaki nutq va yozma nutq.

O'quvchilar javobi umumlashtiriladi.

IV.Mustahkamlash.83- mashq sharti tanishtiriladi. O'qituvchi o'quvchilarga she'rni


ifodali o'qitadi. Matn yuzasidan suhbat o'tkazadi. Suhbatda nutq hikoya, she'r shaklida ifoda qilinishi, she'r ham nutq ekani o'quvchilarga tushuntiriladi. 2-,4-,6- gaplarning ma'nolari ustida ishlanadi. 84- mashq sharti va matn o'quvchilarga o'qitiladi. Matn yuzasidan suhbat o'tkaziladi.

  • Matn kimlar haqida ekan?

  • Matndagi gaplar chegarasini aniqlang.

  • Gap oxiriga qanday tinish belgilari qo'yilgan?

Matnda nechta gap bor ekan? Mashqni yozadilar.

V.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash. VI.Uyda.85- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi.

MRO`TIBO`__________________

Sana. Mavzu: Ikki va undan ortiq kishining nutqi.

Maqsad: Ta`limiy: nutq shakllari haqidagi o'quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash. Matnni qismlarga bo'lib tahlil qilishni, mazmunidan kelib chiqib, sarlavha qo'yishni o'rgatish.. Tarbiyaviy: o'quvchilarda o'z Vatani tarixini o'rganishga qiziqish uyg'otish. O'z Vatanining tarixiy obidalari bilan faxrlanish tuyg'usini shakllantirish Rivojlantiruvchi: Darslikdagi mavzuga oid mashqlar orqali sport turlari, ularning kelib chiqish tarixi bilan tanishtirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: suhbat. Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.O'quvchilar yozgan hikoyalarini o'qib beradilar. „Bizning oilamiz" sarlavhali matningizda nechta gap ishtirok etgan?



  • Gaplar maqsadga ko'ra qanday gaplar?

  • Hikoya tuzishda oilangizdan kim sizga yordam berdi?

  • Otangizning kasbi haqidagi gapning bosh bo'laklarini aniqlang.

  • Yozgan matningiz nutqning qaysi shakliga kiradi?

III.Mavzu bayoni. Saylanma diktant. Ona tiliga oid so'zlarni yozib oling.

Kino, gap, kesim, kulmoq, o'yin, ayiruv, matn, ega, burchak, lug'at, qo'shimcha, alifbo.

Darslik bilan ishlash. 86-mashqda berilgan 2 ustundagi gaplar ifodali o'qiladi.



  • Har ikkala ustundagi gaplar soni aniqlanadi. Birinchi ustun ifoda etgan maqsadiga ko'ra turlari so'raladi.

  • Birinchi gap kimga tegishli? Birinchi ustundagi gap birinchi gap davomi bo'lib kela oladimi?

  • Birinchi ustundagi gaplar bir muallifga qarashlimi?

  • Ikkinchi ustunda mazmuniga ko'ra qanday gaplardan tashkil topgan?

Ikkinchi gap birinchisida berilgan xabarni davom ettirib, to'ldirganmi?Qolgan gaplarni-chi?

  • Hamma gaplar nima haqida ekan?

  • Ikkinchi ustundagi gaplarni nima deb ataymiz?

  • Matndagi qaysi so'zlar sizga notanish? O'quvchilar Registon ansambli, Sherdor, Tillakori, madrasa so'zlariga izoh beradilar.

  • Ikkinchi ustundagi matn qaysi olim haqida ekan?

  • Bu mashhur shaxs haqida yana nimalarni bilasiz? (Ulug`bek Amir Temurning suyukli nevarasi, astronom olim bo'lgan.)

-Hozirda madrasa o'rnini bosadigan qanday o'quv yurtlari bor. (Institut, universitet, litsey, kollej.)

Biz o'qigan matn nutqning qaysi shakli hisoblanadi? (Yozma shakli.)

IV.Mustahkamlash.84-mashq ustida ishlanadi.Futbol tarixi haqida suhbat o`tkaziladi .Darslikdagi matn o`qilib unga quyidagicha reja tuziladi.

1.Futbol o'yinining paydo bo'lishi. 2.Futbol o'yinining shakllanishi.3.Futbol—sportning bir turi.

Reja asosida o'quvchilar matnni qayta hikoya qilib beradilar.88-mashq ustida ishlash.


  • Matn mavzusi nima haqida ekan? (Qarg'aning topqirligi haqida ekan.)

  • Matnning sarlavhasini ham „Qarg'aning topqirligi" desa bo'ladimi? (Ha.)

— Matnning muallifi kim ekan? (Abdulla Avloniy.)
A. Avloniy Toshkentda tug'ilgan. U o'zining asarlari bilan pedagogika fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan olim.

O'quvchilar matnning sarlavhasini qo'yib, gaplarni to'g'ri joylashtirgan holda yozadilar.

IV.Baholash.Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umumlashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash. V.Uyda.89- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. MRO`TIBO`__________

Sana. Mavzu: Matn.Reja asosida matn yozish.

Maqsad:

Ta`limiy: Reja asosida matn yozishni o`rgatish.

Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatga mehrni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat,savol-javob,amaliy.

Darsning jihozi: turli xil rasmlar,plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. III.Mavzu bayoni. O`tilgan dars yuzasidan bilimlarimizni mustahkamlab olamiz. Matn nutqning yozma shaklidir. Matn mazmunan o'zaro bog'langan gaplardan tuziladi. Matnni qismlarga bo'lish, unga sarlavha qo'yish, reja tuzish mumkin.

90-mashq ustida ishlanadi.Rasm kuzatiladi.Berilgan she`r ifodali o`qib ,mazmuni ustida suhbatlashiladi. O'zingiz yashab turgan shahar, qishlog'ingizdagi kuz ko'rinishini tasvirlab, „Kuzda" sarlavhali insho yozing.

Mavzuni yoritishda „Kuz" she'ridan, rasmdan, kuzatishlaringiz asosida to'plagan materiallaringizdan foydalaning. Reja asosida fikringizni bayon qiling.

Reja


  1. Kuzda ob-havo.

  2. Kuzda tabiat ko'rinishi.

  3. Kuzgi ishlar.

IV..Mustahkamlash.O`quvchilar mustaqil yozadilar.

V.Baholash.O'quvchilar bilimini baholash uchun daftarlarini yeg`ib olaman.

V.Uyda.5-8-ta gapdan iborat matn tuzib kelish.

MRO`TIBO`__________


Sana. Mavzu: 3-nazorat ishi .

Maqsad: Ta`limiy: o'quvchilarni yonatrofni kuzatish, shuiar asosida matn yozish, matnda she'rlardan, maqollardan foydalanishga o'rgatish. . Tarbiyaviy: o'quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Yozilishi qiyin so'zlarni lug'atdan ko'rib yozishni uqtirish. Insho yozish ko'nikmasini shakllantirish Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, tekshiruvchi dars. Darsning metodi: mustaqil ish metodi. Darsning jihozi: kuz fasli tasvirlangan rasmlar, maqollar yozilgan plakat.

Darsning borishi


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling