ARTERIAL QON KETIShHIDA JGUT QO‘YISH TEXNIKASI
Maqsad va ko’rsatmalar - Maqsad:Qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish Ko‘rsatmalar: Qo‘l va oyoq arterial tomirlarining ochiq jarohatlari. Jihozlar:Rezina jgut, qog‘oz varag‘i, qalam yoki ruchka, rezina qo‘lqoplar bog‘lov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritma.
- 1.Rezina qo‘lkop kiyilib jarohatlangan qo‘l yoki oyoq ko‘tariladi. 2.Jarohat joyi ko‘tarilib, jarohatdan yuqoridan salfetka qo‘yiladi. 3.Jgutni ikki qo‘l bilan tortilib, qo‘l yoki oyoqning ostidan olib kelinadi. 4.Jgutni cho‘zilgan holda qo‘yiladi. Birinchi o‘ram, keyin 2-3 o‘ram qon ketish va periferik pulsatsiyaning yo‘qolishigacha o‘raladi. 5.Jgut o‘ramlarini shunday qo‘yish kerakki ular bir biri bilan kesishmasdan va terini qismasdan o‘ralishi lozim.
Bajarilish bosqichlari - 6.Jgutning oxirini zanjir holida maxkamlanadi. Biron bir o‘ram orasiga jgut qo‘yilgan vaqt va sanasi yozilgan qog‘oz qo‘yiladi (yozda 2 soat, qishda 1 soatga qo‘yilishi kerak. 7.Jarohat yuzasiga ishlov berilib aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Analgetiklar yuboriladi. 8.Yilning sovuq oylarida oyoq qo‘llar issiq qilib o‘raladi. 9.Yaqin statsionarga transportirovka yotgan holda zambilda amalga oshiriladi. 10.Qo‘lqop yechilib dezinfeksiyalovchi eritmaga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |