Maqsad va vazifalari


Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1405650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rgatish metodikasining maqsad va vazifalari (1)

Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. 
Rossiyada analitik-sintetik tovush metodiga birinchi bo‘lib K.D.Ushinskiy asos 
solgan. U savod o‘rgatish davrida analitik-sintetik metodni (1864) o‘zining amaliy 
faoliyatida tajriba sinovdan o‘tkazib, uning afzalliklarini asoslab bergan. Shu tufayli
bu metod ta`lim jarayoniga keng tadbiq etilgan va yuqori samaradorlikka erishilgan. 
K.D.Ushinskiy harflar bilan tanishitirishning alifbo tartibini rad etadi, o‘quv
jarayonida analitik va sintetik harakatlarning u yg‘unligi, o‘qish va yozishni 
o‘rganishning uzviyligi va uzluksizligini qo‘llab-quvvatlaydi. Savod chiqarishda 
o‘quvchilarning jonli nutqiga asoslanish, o‘quvchilarni har tomonlama 
rivojlantirishga e’tibor berish lozimligini qayd etadi.


10 
Savod o‘rgatish davrida o‘qitish metodlari va usullari o‘quv faoliyatining 
yetakchi turiga qarab belgilanadi. Savod o‘rgatishning tayyorlov davrida nutq,
og`zaki va yozma nutq tushunchalarini shakllantirishda reproduktiv metod, 
tushuntirish metodi qo‘llansa, gap va so‘z, so‘z va bo‘g`in, tovush tushunchalarini 
shakllantirishda analitik metod qo‘laniladi. 
Savod o‘rgatishning alifbo davrining tovush va harf o‘rganiladigan dars 
bosqichida analitik metod qo‘llaniladi. O‘rganilgan tovushlar bilan bo‘g‘in hosil 
qilish va o‘qishda, bo‘g‘inlarni qo‘shish va o‘qishda sintetik metod qo‘llaniladi.
Bunda ikki faoliyatning qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab mazkur 
metodlardan biri tanlanadi. 
Analitik metodda so‘zdan yoki bo‘gindan tovushni ajratish va uning o‘rnini 
aniqlash, tovushning xususiyatlari bilan tanishtirish, to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash, 
o‘rganilayotgan tovush ishtirok etgan so‘zlarni farqlash, tovushning yozuvdagi 
shakli – harf bilan tanishtirish ishlari amalga oshiriladi. O‘rganilgan harflar bilan 
bo‘g`in hosil qilish va o‘qish, bo‘g‘inlarni qo‘shib so‘z o‘qish, o‘rganilgan tovush
ishtirok etgan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzish ishlari sintetik metodda amalga 
oshiriladi.
Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik 
tovush metodi an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan 
tamoyillariga ega.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling