Maqsad va vazifalari
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Rgatish metodikasining maqsad va vazifalari (1)
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi.
Rossiyada analitik-sintetik tovush metodiga birinchi bo‘lib K.D.Ushinskiy asos solgan. U savod o‘rgatish davrida analitik-sintetik metodni (1864) o‘zining amaliy faoliyatida tajriba sinovdan o‘tkazib, uning afzalliklarini asoslab bergan. Shu tufayli bu metod ta`lim jarayoniga keng tadbiq etilgan va yuqori samaradorlikka erishilgan. K.D.Ushinskiy harflar bilan tanishitirishning alifbo tartibini rad etadi, o‘quv jarayonida analitik va sintetik harakatlarning u yg‘unligi, o‘qish va yozishni o‘rganishning uzviyligi va uzluksizligini qo‘llab-quvvatlaydi. Savod chiqarishda o‘quvchilarning jonli nutqiga asoslanish, o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga e’tibor berish lozimligini qayd etadi. 10 Savod o‘rgatish davrida o‘qitish metodlari va usullari o‘quv faoliyatining yetakchi turiga qarab belgilanadi. Savod o‘rgatishning tayyorlov davrida nutq, og`zaki va yozma nutq tushunchalarini shakllantirishda reproduktiv metod, tushuntirish metodi qo‘llansa, gap va so‘z, so‘z va bo‘g`in, tovush tushunchalarini shakllantirishda analitik metod qo‘laniladi. Savod o‘rgatishning alifbo davrining tovush va harf o‘rganiladigan dars bosqichida analitik metod qo‘llaniladi. O‘rganilgan tovushlar bilan bo‘g‘in hosil qilish va o‘qishda, bo‘g‘inlarni qo‘shish va o‘qishda sintetik metod qo‘llaniladi. Bunda ikki faoliyatning qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab mazkur metodlardan biri tanlanadi. Analitik metodda so‘zdan yoki bo‘gindan tovushni ajratish va uning o‘rnini aniqlash, tovushning xususiyatlari bilan tanishtirish, to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash, o‘rganilayotgan tovush ishtirok etgan so‘zlarni farqlash, tovushning yozuvdagi shakli – harf bilan tanishtirish ishlari amalga oshiriladi. O‘rganilgan harflar bilan bo‘g`in hosil qilish va o‘qish, bo‘g‘inlarni qo‘shib so‘z o‘qish, o‘rganilgan tovush ishtirok etgan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzish ishlari sintetik metodda amalga oshiriladi. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillariga ega. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling