Maqsad va vazifalari


PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI


Download 28.47 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi28.47 Kb.
#1486517
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqsad va vazifalari

2. PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI
1 Maktabning o’quv-tarbiya ishlari bilan tanishish, pedagogik hodisalarni
kuzatish.
2. O’quvchilar va sinf jamoasining psixologik xususiyatlarini o’rganish.
3. Bolalar va o’smirlar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiyaviy ishlar bilan
tanishish.
4. Maktabning ish tajribalarini, o’qituvchi va sinf rahbarining o’quv
tarbiyaviy ishlarini o’rganish va tahlil qilish.
5. O’quvchi va o’qituvchilar tarkibini o’rganish.
6. O’qituvchining, sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlar olib
borish.
7. Fanlar bo’yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlarga qatnashish va tashkil
qilish.
8. Psixologik-pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarini amalda foydalanish.
9. Maktabdagi o’quv-tarbiya ishlarini o’rganish, taqqoslash, tanqidiy qarash
va ularni amalda foydalana bilish.
10. O’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini o’rganish, o’quvchiga psixologik-
pedagogik tavsifnoma tuzish.
11. Sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlarni uyushtirish.
12. Fan o’qituvchilarining yordamchisi sifatida o’quv-tarbiya ishlarini
bajarish.
13. Psixologik-pedagogik va uslubiy fanlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini
yuritish.
14. Maktabning o’quv-tarbiya ishlari sistemasini, o’quvchini va o’quvchilar
tarkibini har tomonlama o’rganish.
15. Fanlar b o’yicha sinf va sinfdan tashqari ishlarni olib borish, dars va tarbiyaviy ishlarni tahlil qilishda opponent vazifasini bajarish.
16. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.
17. Sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma berish.
16. Uslubiy va ilmiy ishlarni bajarish.
3. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA TALABALARNING
HUQUQ VA VAZIFALARI

Talabalar pedagogik amaliyot davrida xohlagan masala bo’yicha pedagogika


institutining pedagogik amaliyot va maktab rahbariyatiga, o’quv o’rni o’qituvchilariga murojaat qilishi, o’quv – tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish, amaliyotning tashkiliy masalalari bo’yicha tavsiyalar berish, o’quv muassasalaridagi bolalar va o’smirlar, yoshlar va kasaba uyushmalarining
konferentsiya va yig`ilishlariga qatnashish, kutubxona, fan kabinetlaridan va
mavjud o’quv-uslubiy qurollardan foydalanish huquqiga ega.
Oliy pedagogika ta`lim muassasasining talaba amaliyotchilari pedagogik
amaliyot jarayonida:
-pedinstitutning (peduniversitetning), fakul`tetning pedagogik amaliyot
bo’yicha rahbari, guruh rahbari, metodistlar, pedagogika va psixologiya
o’qituvchilari, maktab rahbariyati va o’qituvchilarning topshiriqlarini ma`suliyat
bilan bajarishga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidasini
qat`iuan saqlashga, kamtarinlik, tashkilotchilik, tartib-intizom, odoblilik va
mehnatsevarlilik namunasi bo’lishiga;
- pedagogik amaliyot dasturlarida ko’rsatilgan barcha vazifalarni bajarishga,
bolalar bilan o’tkaziladigan quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil qilinishi va
uyushtirilishiga puxta tayyorlanishga, ularning reja va dasturlarini, konspektlarini
tuzishga, uni o’qituvchi, sinf rahbari va uslubiyotchiga tasdiqlatishga;
- dars jadvaliga muvofiq barcha o’quv tarbiyaviy ishlariga va ularning
tahliliga faol qatnashishga, ma`lum sifatda amaliyot kundaligini yuritish va
amaliyot yakunida guruh rahbariga hisobot berishi va amaliyot bo’yicha sinov
topshirishi shart.
Yuqorida e`tirof etilgan talablarni bajarmagan amaliyotchi pedagogik
amaliyotdan chetlashtiriladi. Pedagogik amaliyotdan chetlashtirilgan yoki
pedagogik amaliyot davridagi faoliyati uchun noloyiq baho olgan talaba ushbu
semestrdagi o’quv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Fakul`tet (Institut) kengashi qarori bilan unga o’qishdan uzluksiz ravishda takror pedagogik amaliyot
belgilanadi.



Download 28.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling