Maqsadi hamda vazifalari
Download 28.93 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANGA KIRISH. QADIMGI DUNYODA JISMONIY TARBIYA
Asosiy adabiyotlar.
1. Xoldorov T.X, Nurmatov F.A., Yunusova D.S. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008 у 12-18 b. 2. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: 2002 yil. 5 – 25 b. Qo’shimcha adabiyotlar 1. David C.Watt Sports management and administration 1998 David C.Watt. Р 29. 2. J. Eshnazarov Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008 3. Abdumalikov R. Eshnazarov J. Ajdodlar jismoniy madaniyat va sport tarixini o’rgatish masalalari. FANGA KIRISH. QADIMGI DUNYODA JISMONIY TARBIYA Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanining asosiy davrlari va o‘rganish manbalari. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi. Qadimgi dunyo davlatlarida jismoniy tarbiya. Qadimgi olimpiya o‘yinlari. Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va tarraqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport tarixi to’rtta asosiy davrlarga bo’linadi: I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mill.av. VIII ming.- mil. IV asr). II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar). III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri). IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha) Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish Download 28.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling