Maqsadi: Ustki kiyimlar yenglari
Download 14.56 Kb.
|
tex amaliy 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yenglarning turlari, yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish.
- Yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish
Amaliy mashg'ulot 8. Kiyimlarda yenglar tikish va drapirovka hosil qilish (namunalar tayyorlash).
Maqsadi: Ustki kiyimlar yenglari turlari,] va ularga ishlov berish usullari, yengni yeng o’mziga o’tkazish texnologiyasi bilan tanishish . Reja: 20.1. Yenglarning turlari, yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish 20.2. Kesimli va kesimsiz yenglarga ishlov berish. 20.3. Yengni yeng o’mziga o’tkazish
Konstruktsiya jihatdan yenglar o'tqazma, reglan, yaxlit bichilgan va kombinatsion yenglarga bo'linadi. Yeng uzunasidagi choklar soni bo'yicha: yakka chokli yeng, ikki chokli yeng va uch chokli yenglarga bo'linadi. Modelda mo'ljallanganiga muvofiq yeng uchi xlyastikli, bo'rtma chokli, manjetsiz, o'tqazma manjetli, qaytarma manjetli, astarli yoki astarsiz bo'lishi mumkin. Yeng astarini tayyorlash. Yeng asrasining pastgi qismiga ishlov berish Yeng astari ustki va ostki qismdan iborat bo'lib, ulardagi uloqlari 0,7 sm kengligida ulanib old va tirsak qirqimlari 1 sm chok kengligida biriktirib tikiladi. Uloq biriktirma choklari asosiy detal tomon yotqizib dazmollanadi va old va tirsak choklari ostki yeng tomon qaratib dazmollanadi. Tayyor yeng astarini yeng avrasi uchidagi bukish haqiga kiygiziladi, yeng choklari va qirqimlarini bir-biriga to’g’rilanadi va 0,7-1 sm chok kengligida avra tomondan yelim qotirma bo'rlab biriktiriladi. Yeng uchidagi astarni avraga biriktirilgan chok avradagi ----- chok haqiga u/m yoki m/m da puxtalanadi. Yeng o'ngiga ag'dariladi, astarlari to’g’rilanadi, yeng uchidagi ko'klash iplaridan tozalanadi va tayyor yeng dazmollanadi. Yeng avrasining old qirqimlari sutki bo’lak bo’ylab, ostki bo’lak kertimlar orasida 0,3-0,5 sm solqi hosil qilib biriktirib tikiladi. Bostirma chokli yenglarning old qirqimlari yeng uchidan boshlab 12-18 sm uzunlikda biriktirib tikiladi, qolgan qismi esa tirsak choki bostirib tikilgandan keyin tikiladi. Yeng old choki yorib dazmollanadi, yordamcho andoza qo’yib yengning o’ngida ueng uchini bukish chziig’i, yengning teskarida esa, kesim joyi belgilanadi. Yeng uchiga qptirma yelim yopishtiriladigan bo’lsa uning yuqori qirqimidan 0,2 sm narida yelim ip qo’yib, avraning teskarisiga dazmolda yoki pressda yopishtiriladi. Qotirmaning bir tomoniga yelim kukun qoplangan bo’lsa, uni yengning bukish haqini bukib pressda dazmollanayotganda qo’yib yopishtiriladi. Download 14.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling