Maqsud shayxzoda-ikki xalqning dilbandi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
13-17
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ http://www.newjournal.org/ Выпуск журнала № – 16 Часть–2_ Март–2023 15 2181-3187 Borib yetgay bu xatim senga daf’atan. Oh, qardoshim, og‘ajon, piri barkamol, Qirq yillik bir daftardir xotira, xayol. Eh-he, ne-ne kunlarni kechirdik birga, Nahot, ular barchasi cho‘kdi qabrga? [2] Shayxzoda Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tragediyasida oʻz yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mug‘ul istilochilariga qarshi kurashgan soʻnggi Xorazm shoxining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. „Mirzo Ulugʻbek“ (1961) tragediyasida Shayxzoda bosh qahramon obrazini Amir Temur va temuriylar davrida oʻzbek xalqi hayotida roʻy bergan uygʻonishning yorqin timsoli sifatida aks ettirgan. Shekspirona uslubda yozilgan bu asarda Shayxzoda Ulugʻbek hayotining sunggi 2 yilini tasvirlash orqali uning jahon fani tarixidan munosib oʻrin egallagan mashxur olim, adolatparvar va haqiqatparvar davlat arbobi va ayni paytda saltanatning mutaassib kuchlari oldida ojiz bir inson boʻlganini ham haqqoniy koʻrsatgan. Shekspirona koʻlam va harorat bilan yozilgan „Mirzo Ulugʻbek“ tragediyasining maydonga kelishi oʻzbek dramaturgiyasi va teatri tarixida katta voqea boʻldi. Shayxzoda ssenariysi asosida rejissor L. Fayziyev tomonidan yaratilgan „Ulugʻbek yulduzi“ (1964) filmi esa keng xalq ommasiga ulugʻ oʻzbek olimi va uning fojiali taqdiri bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U Sh.Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U.Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi . Shoir 1967-yil Toshkentda vafot etdi. 2001-yili o ‘ zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo ‘ shgan ulkan hissasi uchun “Buyuk hizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi [ . Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti, madaniyati ravnaqiga qo‘shgan hissasi mustaqil O‘zbekiston va uning hukumati tomonidan munosib e’zozlandi. Qator maktab va ko‘chalar uning nomi bilan taqdirlangan. [3] ХХ asr o‘zbek she’riyati rivojida Maqsud Shayxzodaning o‘rni katta. Rang barang shakl va mazmun, ko‘tarinki ruh, o‘ktam pafos bilan sug‘orilgan she’rlaridagi quyma obrazlar, ramziylik, so‘zlardagi jarangdorlik, musiqiy salobat shoir asarlariga ajib badiiy yaxlitlik baxsh etadi, o‘quvchi qalbida shularga monand hissiyotlar to‘lqinini uyg‘otadi. Shoir hech qachon, kitobiy, sun’iy muammolarni izlamadi. U eng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling