Maqsud Shayxzoda XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari


Download 17.49 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.49 Kb.
#1504268
Bog'liq
Maqsud Shayxzod2


Maqsud Shayxzoda
XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari
Shoir, dramaturg, olim, tarjimon va ajoyib pedagog Maqsud Shayxzoda 1908-yilda Ozarbayjonning Ganja viloyatidagi Oqtosh (Agdash) shahrida shifokor oilasida tug'ilgan. U boshlang'ich maktabni bitirib, Eokudagi Oliy pedagogika institutida sirtdan o'qigan. Shayxzoda Ozarbayjcnni Sho'rolar davlatidan ajratib olishga urinishda ayblanib, 1928-yilda Toshtentga surgun qilingan. U Toshkentda she'riy, publitsistik, ilmiy va dramatik asarlar yaratgan. "Men bizning o'zbek poeziyamizda" yoshi kattalar deb atalgan shoirlar avlodiga mansubman", — deb yozgan edi Shayizoda. Uning fikricha "..Inson ruhini tarbiyalash, odamda yaxshilil unsurlarini ko'paytirish, xalqda go'zallik va nafosat tuyg'usini yaiada baland darajaga ко 'tarish… san 'atning muqaddas vazifasidir". Shoir 1938-yildan qariyb umrining oxirigacha Nizomiy romli TDPIda o'zbek adabiyoti tarixidan dars beradi, adabiyotshunos va adkbiy tanqidchi sifatida faoliyat olib boradi. 1950-yillarning boshlarida «xa;q dushmani» sifatida 25 yilga kesilgan shoir Stalinning o'limi tufayligina tirik qolgan. Maqsud Shayxzoda 1967-yil 19-fevralda og'ir xastaik natijasida olamdan o4adi. Uning qabri Forobiy qabristonida joylashgin. Vafotidan so'ng uning 6 jildlik «Asarlar»i nashr etilgan. Adib Pushkinning "Motsart va Salyeri" she'riy dranasini, Shota Rustavelining "Yo'lbars terisini yopingan pahlavon" asaiiini (Mirtemir bilan hamkorlikda), Shekspirning "Hamlet", "Romeo va Julyetta" tragediyalarini va boshqa ko'pgina asarlarni ham o'zbek tiliga tarjima qilgan. Bu faylasuf shoir "«Salom» degan so'zning salmog'i", "«Omon bo'l!» tilagining sadoqati", "«Xo'sh, tinchlikmi?» so'rashishinng xosiyati" haqida to'rtliklar ham yaratgan. Adib mushkullarni oson qiladgan uch do'st haqida to'rtlik yaratganda g'ayrat, mehnat, bilim kabilarni naiarda tutgan. Maqsud Shayxzoda Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatah Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nekrasov, Shevchenko, Nozim Hikmat kabi adiblar ijodidan ham tarjimalar qilgan, Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G'.G'ulom, H.Olimjon, Fozil shoir, Nizomiy, Sh.Rustaveli, Pushkin, Nekrasov, Ostrovskiy, Shevchenko, Chexov kabi adiblarga bag'ishlangan asarlar yozgan, olim sifatida Alisher Navoiy she'riyati haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratgan. Adibning ijodi va qilgan xizmatlari yuksak baholanib, 2001-yil «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. ASARLARI: "О'n she'r" (1932, birinchi she'rlar to'plamij, "Loyiq soqchi", "Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934), "Jumhuriyat" (1935), "0'n ikki", "Yangi devon", "Saylov qo'shiqlari", "0'n besh yilning daftari", "Olqishlarim", "Zamon torlari", "Chorak asr devoni", "Shu'la", "Kurash nechun?"(1941), "Jang va qo'shiq"(1942), "Kapitan Gastello"(l94l), "Ko'ngil deydiki", "Dunyo boqiy", "Xiyobon" kabi to'plamlari, "0'rtoq mulk", "Tuproq va haq", "Chirog'", "O'rtoq", "Meros", "Ovchi qissasi", "Iskandar Zulqarnayn" (ertak-doston, bunda hech bir yomonlikning jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan), "О'п birlar", "Jenya", "Oqsoqol", "Ahmadjonning hikmatlari", "Uchinchi o'g'il", "Nurmat otaning tushi" kabi dostonlari (liro-epik asarlari), "Jaloliddin Manguberdi" (1944, tarixiy drama), "Qo'llar", "Toshkentnoma" (1956-1957), "Mirzo Ulug'bek" (1964), "Yillarning salomin yillarga eltib..." (1961), "Sulh daraxti" (1950), "0'rtoq Navoiy"(ballada), "Yurtim", "She'r chin go'zallik singlisi екап" (1963, bunda shoir «she'riyat ma'rifatdan, hayotga muhabbatdan kam bo'lmagan darajadagi ehtiyoj sanalmog'i darkor» deb aytgan), "G'afurga xat", "Ayriliq", "Vatan" va boshq.
Download 17.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling