Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet59/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

64




oshirdi. Rossiyaning Davlat Kengashi, Vazirlar Qo’mitasi va Davlat Dumasida Turkiston haqida qabul qilingan qonun-qoidalarda dvoryan-pomeshchiklar va burjuaziya manfaatlari o’z aksini topdi.
Sankt-Peterburg o’troq aholining yerlarini qishloq jamoalari va yig’inlariga biriktirgan holda, soliq bo’yicha doiraviy mas’uliyatlik qoidasini joriy etish bilan sudxo’rlikni avj oldirdi.
Imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati, doiraviy javobgarlik singari, o’lka aholisining yersizlanishini kuchaytirdi.ChorRossiyasining esa moddiy va siyosiy jihatdan nufuzini oshirdi.
Agrar siyosat imperiyaning harbiy, ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining uzviy qismiga aylantirildi. Rus posyolkalari va tub joy aholi yashab turgan qishloqlarda rus xo’jaliklarining vujudga keltirilishi ana shu siyosatning amaldagi ijrosi bo’ldi. Turkistondagi har bir rus posyolkasi butun bir batalon xizmatini o’tovchi harbiy kuchga aylantirildi.
Amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat yer-suvni, yaylovlarni va barcha tabiiy boylikni chor hukumati qo’lida jamladi, ular no’may daromad manbaiga aylandi.
Metropoliya o’lkani xom ashyo makoniga aylantirib, paxtachilik, ipakchilik, qorako’lchilik va boshqa muhim xom ashyo mahsulotlari etishtirish tarmoqlariga katta e’tibor berdi. Sanoat qurilishi sohasida chorizm metropoliya burjuaziyasi manfaatlariga mos - xom ashyoni dastlabki ishlovchi korxonalar qurilishini quvvatlab, o’lkada qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati rivojiga to’sqinlik qilib keldi.
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati Turkistonni rus tovarlari sotiladigan, tayyor mahsulotlar xarid qilinuvchi bozorga aylantirdi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikni inqirozga olib kelib, yagona milliy bozorning rivojlanishiga yo’l bermadi.
Imperiyaning mustamlakachilik siyosati xalq maorifi va madaniy hayotida ham o’z aksini topdi. U maktab va madrasalar faoliyatiga deyarli e’tibor bermadi, aksincha ularning rivojlanishiga to’sqinlik qildi. Asosiy e’ tibor o’lkada ruslashtirishga xizmat qiluvchi rus-tuzem maktablari tarmog’ini yuzaga keltirishga qaratildi.
Umuman olganda, Rossiya imperiyasi ilm-fan, xalq maorifi, matbuot va madaniyat sohasida Turkiston xalqlarining qadimiy tarixi, tili, urf-odatlari, milliy g’ ururi va erksevarlik tuyg’ ularini yo’qotishga, qisqasi, ularni o’zligidan judo qilishga qo’lidan kelgancha harakat qildi. Bu siyosatning asosiy maqsadi o’lkadagi milliy davlatchilik, milliy ong, milliy o’zlikni anglashga qaratilgan barcha harakatlarni tag-tugi bilan qo’porib tashlash edi.
Shunga qaramasdan, Turkistonda ilm-fan rivojlanishi to’xtab qolgan emas. Bu davrda yaratilgan ko’pgina ilmiy asarlar xozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 1967-yilda tashkil etilgan meteorologiya stansiyasi tashkil etilishi bilan o’lkaning iqlimi, tabiiy shart-sharoitlari o’rganila boshlagan bo’lsa, 1971- yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzilishi o’lkaning ilmiy jihatdan o’rganilishini keng miqyosda olib borilishiga yo’l ochdi. Shu jumladan, o’lkaning boy tarixini o’rganishga bo’lgan qiziqish hududni arxeologik tadqiqotlar asosida o’rganilishini



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling