Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
24
o’z qo’shinlarining bir qismini Muhammadmurod devonbegi boshchiligida Chorjo’y tomonga, yana bir qismini Eltuzar inoq boshchiligida Qo’ng’irot tomonga, yana bir qismini amir To’ra boshchiligida Xazaraspga, Inoqbek boshchiligidagi qismni Xo’jayliga safarbar etdi. Xon podsho Rossiyasi qo’shinlariga bas kelolmasligini anglab etgan edi. Amudaryo bo’ylarida qirg’inbarot janglar bo’ldi. 1873-yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o’tib Xazaraspni egalladi, Qo’ng’irot va Xo’jayli shaharlari, Mang’it qal’asi zabt etildi, talandi. Istilochi qo’shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab chiqadi va Izmiqsho’r tarafdagi turkman ovuliga yashirinadi. Xivalik Otajon to’ra Kaufman huzuriga borib shaharni vayron etmaslikni so’raydi. Kaufman shaharni zabt etib, Otajon to’raga xonni topishni buyuradi va xon xazinasini, moddiy-ma’naviy boyliklarni qo’lga kiritadi.24 yil 12-avgustda Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog’ida Kaufman bilan Rahimxon uchrashuvi bo’ladi va tarixda Gandimiyon shartnomasi deb nom olgan shartnoma imzolanadi. Shartnomaga muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi. Amudaryo quyi oqimining o’ng tomonidagi yerlar Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, xonlikka oltin hisobida 2 million 200 ming so’m tovon to’lash yuklatildi.Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida bojsiz savdo qilish, xonlik hududida yer olish, sanoat korxonalari qurish xuquqini oldi.Xon o’zini Rossiya podshohining itoatkor xizmatkori, deb tan olishga majbur bo’ldi. Qo’qon xonligining tugatilishi.Kaufman Xiva xonligi taqdirini hal qilgach, Qo’qon xonligini tugatishga kirishdi. Bu vaqtda Qo’qon xonligida hokimiyat uchun ichki kurash avjga chiqqan edi. 1868-yil 13-fevralda Kaufman va Qo’qon xoni Xudoyorxon o’rtasida shartnoma imzolangan bo’lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari Rossiya tasarrufiga o’tganligi e’tirof etilgan edi. Rossiya savdogarlariga Qo’qon xonligining barcha hududlarida hyechqanday moneliksiz faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega bo’lish huquqi berilgan edi. Bu shartnomadan qoniqmagan Qo’qon xonligidagi kuchlarning Xudoyorxondan noroziligi ortib boradi. Buning ustiga xonlik hududi qisqarganligini ro’kach qilib xazinani to’ ldirish uchun yangi-yangi soliqlar joriy etiladi. Xudoyorxon bosqinchlarga o’zini yaqin tutar, Qo’qon bilan Rossiyani bir davlat deb hisoblardi. 1973-yilda Farg’ona vodiysidaXudoyorxonga qarshi qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olonchilarning bir qismiga qirg’izlarning boston urug’idan chiqqan mulla Ishoq Hasan o’g’li boshchilik 24Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. I kitob. Toshkent., «Sharq», 2011. 176-178-бетлар Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling