Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet61/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

66




progressiv rol o’ynadi. Bu P.I.Lerx, V.V.Grigoryev, N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy, V.V.Bartold kabilarning faoliyati bilan bog’liqdir. Rus olimlari O’rta Osiyoga kelgach, qadimiy yodgorliklarga e’tibor bera boshladilar, mahalliy o’lkashunos va havaskorlarni o’z atroflariga birlashtirdilar, ularga yo’l-yo’riqlar ko’rsatdilar. Shulardan biri o’zbek sharqshunosi Akram Askarov bo’lib, u yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan o’rganishda tashabbus ko’rsatdi.
Ibtidoiy davr tarixi haqida ham ma’lumotlar to’plana boshlandi. Masalan, 1870-yilda Toshkentdagi eski qal’a yaqinida tosh bolta topilgan. Samarqanddagi Afrosiyob xarobasi orqali o’tkazilgan yo’l qurilishi vaqtida tog’ injeneri D.L.Ivanov chaqmoqtosh nukleusi (tosh o’zagi)ni topadi, keyinchalik N.I.Veselovskiy tosh qirg’ichchasini topgan edi. Bizning davrimizda, Afrosiyobda katta arxeologik tadqiqot ishlari bajarildi. Olib borilgan kuzatuv ishlari tufayli chaqmoqtosh qurol-aslahalari topildi. Ehtimol, bu yerda shahar paydo bo’lishidan oldin, eng qadimgi vaqtlarda, ibtidoiy odamlar yashagan bo’lsa kerak. Afrosiyob xarobasi atrofidan topilgan jez davri qabr qoldiqlari ham bu haqda guvohlik beradi.

  1. yilda eski Marv xarobalaridan A.V.Kaulbars tosh bolg’a,

  1. A.Jukovskiy Go’yarqal’adan silliqlangan tosh bolg’a topishadi. 1896-yilda Toshkent atrofidan topilgan tosh bolg’aga o’xshash topilmalar Orenburg, Issiqko’l rayonlarida ham topiladi. Bu topilmalarning o’z davriga nisbatan katta ahamiyati bor edi. Yuqorida aytilgan topilmalar ibtidoiy davr haqidagi dastlabki materiallar edi.

Turkiston havaskor arxeologlari to’garagining(THAT) ta’sis etilishi O’rta Osiyoni arxeologik jihatdan o’rganishning inqilobga qadar uchinchi bosqichi hisoblanadi.

  1. yili Toshkentda ko’pgina progressiv rus olimlarining va mahalliy o’lkashunoslarning tashabbusi bilan Turkiston havaskor arxeologlarining to’garagi ta’sis etildi va u 1917-yilga qadar faoliyat ko’rsatdi. Bu to’garakka turli kasb egalari a’zo bo’lgan edi. To’garak a’zolari jamoatchilik asosida ko’pgina ishlarni bajardilar. Ayniqsa, ibtidoiy davr haqida to’plangan ma’lumotlar e’tiborga loyiqdir. THAT to’garagi Ashxobodda tashkil etiladi. Shundan so’ng Samarqandda tashkil qilishga ham harakat qilingan. 1896-yilda Toshkentda THAT muzeyi tashkil qilinib, unda turli davr arxeologiyasiga doir materiallar yig’ilgan edi.

To’garak ishida mahalliy havaskorlardan Akram Asqarov, Mirza Buxarin, Mirza Abdulin, Hofiz kabilar faol qatnashgan. To’garakni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ishlarida Toshkentdagi yerlar gimnaziyasining direktori N.P.Ostroumovning xizmati kattadir. U faol arxeologiya havaskori edi. N.P.Ostroumov Peterburgdagi Arxeologiya komissiyasi bilan yaqin aloqada bo’lgan. Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi ish faoliyati va xarakteri jihatidan O’rta Osiyoda tashkil topgan dastlabki ilmiy jamiyatlardan biri edi. To’garakni V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy va boshqa progressiv rus olimlari qo’llab-quvvatlab turishdi. To’garak a’zolari turli tumanlardan birmuncha arxeologik material to’plashga muvaffaq bo’lganlar.
Progressiv rus olimlarining faoliyati O’rta Osiyoni arxeologik jihatdan o’rganish, ibtidoiy davr tarixi haqida ma’lumotlar to’plash ishiga ijobiy ta’sir



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling