Maqtanchoq quyon


Download 13.72 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi13.72 Kb.
#1251529
Bog'liq
Maqtanchoq quyon


“Maqtanchoq quyon”
Bor ekanda, yoq ekan, bir o’rmonda judayam maqtanchoq quyon yashar ekan. U har doim boshqa quyonlarni atrofiga to’plab olib, lof urarkan:
-Mening mo’ylovimdek mo’ylov, qulog’imdek quloq, tishimdek o’tkir tish yo’q! Men hech kimdan qo’rqmayman!
Bir kuni quyonlar qarg’a xalani uchratib, unga maqtanchoq do’stlari haqida gapirib berishibdi.
Qarg’a maqtanchoq quyonni qidira ketibdi va uni bir buta tagidar topib, shunday debdi:
-Qani, menga ham qanday maqtanganingni gapirib ber-chi?
-Mening mo’ylovimdek mo’ylov, qulog’imdek quloq, tishimdek o’tkir tish yo’q! Men hech kimdan qo’rqmayman!
Qarg’a unga nasihat qilib!
-Ko’p maqtanaverma, deb qo’yibdi
Qarg’a devor ustiga qo’ngan ekan, unga birdinga ikkita it tashlanib qolibdi. Itlarnig qarg’aga tashlanganini ko’rgan quyon: “Unga qanday yordam bersam ekan?-deb o’ylabdi.
Quyonga ko’zi tushgan itlar qarg’ani qo’yib, uni quvib ketishibdi. Quyon qochipdi. Uni quva-quva tinkasi qurilga itlar oxiri to’xtashibdi. Oradan biroz vaqt o’tgancha, qarg’a yana quyonni uchratib qolibdi va unga:
-Barakalla! Ana endi seni maqtanchoq emas, haqiqiy botir desa bo’ladi debdi.
Aytishlaricha, o’shandan beri qarg’alar va quyonlar bir-biri bilan dost emish.
Download 13.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling