Marg’ilon shahar 21-o‘rta ta’lim maktabi amaliyotchisi Jamoliddin Murodovning 11-b sinfi bilan o‘tkazilgan ochiq dars tahlili bayonnomasi
Download 36 Kb.
|
1-bayonnoma ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror qilindi
- BAYONLASHTIRUVCHI
Marg’ilon shahar 21-o‘rta ta’lim maktabi amaliyotchisi Jamoliddin Murodovning 11-B sinfi bilan o‘tkazilgan ochiq dars tahlili BAYONNOMASI 6-dekabr 2022-yil Marg’ilon shahar Qatnashdilar: 1. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari: M.Qoziyeva 2. O‘qituvchilari: D.Mamatov A.Tojaliyev Kun tartibi: Amaliyotchi talaba Jamoliddin Murodovning 11-B sinfida “Silindr hajmi va to’la sirti” mavzusida o‘tgan ochiq darsi tahlili Eshitildi: Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari so‘zga chiqib amaliyotchi talaba Jamoliddin Murodovning 11-B sinfi bilan o‘tkazgan “Silindr hajmi va to’la sirti” mavzusidagi ochiq darsi mavzusini o‘rganish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga erishilganligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. D.Mamatov o‘tkazilgan mavzu bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga erishilganligi haqida gapirib o‘tdi. O‘quv dasturida berilgan maqsadga o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllanganligini aytib o‘tdi. A.Tojaliyev ham o‘tkazilgan ochiq dars bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qildi. U ham o‘quvchilar faolligi dunyo yangiliklaridan foydalanganligi, ko‘rgazmali qurollardan o‘z o‘rnida foydalanganligini aytib, darsni na`munali deb belgiladi. A.Tojaliyev o‘quvchilar faolligi o‘quvchilar o‘z o‘rnida rag‘batlantirilganligi, yangi innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanganligi, o‘quvchilar bilan guruhlarga bo‘lib va yakka tartibda ishlaganligi haqida gapirdi va darsni na`munali deb baholadi. Ochiq dars mashg‘ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan, guruhlarga bo‘linib, mavzu bo‘yicha so’zlarni o‘z o‘rnida ishlatgani va mavzu yoritib berilganligi va darsning samarali bo‘lgani haqida gapirdi. Lekin yozma mashqlarga kamroq vaqt berilganligini ham ta’kidlab o‘tdi va o‘z maslahatlarini berdi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ochiq dars na’munali o‘tganligi, o‘quvchilarni mashg‘ulot davomida erkin ishtirok etganligi, amaliyotchi yuqori bilimga ega ekanligini, dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tganligini aytib, darsni na’munali deb baholadi. Qaror qilindi: 1. Amaliyotchi talaba Jamoliddin Murodovning “Silindr hajmi va to’la sirti” mavzusida 11-B sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan ochiq darsi na`munali deb topilsin. 2. O‘quv mashg‘uloti davomida foydalangan innovatsion texnologiyalar o‘quv jarayoniga tadbiq etilsin. BAYONLASHTIRUVCHI: A.Tojaliyev O‘IBDO‘: M.Qoziyeva O‘QITUVCHI: D.Mamatov Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling