1. Yaxlit bichilgan yoqani tikish
1.1. Bichilgan bo‘laklar sifatini va butligini tekshirish
|
sm li lenta, chizg‘ich, qaychi
|
|
Ustki yoqa bitta bo‘lak.
|
1.2. Yoqa uchlarini ko‘klash
|
Qo‘l ignasi, angishvona
|
|
Yoqa o‘rtasidan uzunasiga o‘ngini ichkariga qaratib bukiladi, qirqimlari tekislanadi va 4-6 mm chok kengligida yoqa uchlari ko‘klanadi.
|
1.3. Yoqa uchlarini ag‘darma chok bilan tikish
|
O‘zSHM 97kl PMZ 1022 kl tikuv mashinasi
|
|
5-7 mm chok kengligida yoqa uchlari ag‘darma chok bilan tikiladi.
|
1.4. Ko‘klash iplarini olib tashlash.
|
Qaychi
|
|
Ko‘klash qaviqqatori bir nechta joydan kertiladi va ko‘klash iplari olib tashlanadi.
|
1.5. Burchaklarda chok haqqini qirqib tashlash
|
Qaychi
|
|
Burchaklarda chok haqqini 2-3 mm qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi.
|
1.6. Yoqani ag‘darish
|
Dukcha
|
|
Yoqa o‘ngiga ag‘dariladi, burchaklari va choklari tekislanadi.
|
1.7. Kant chiqarib ziy ko‘klash
|
Igna, angishvona
|
|
Ustki yoqadan 1-2 mm kant chiqarib, ostki yoqaning chetlaridan 5-7 mm to‘g‘ri yoki qiya qaviqlar bilan ziyi ko‘klanadi.
|
1.8. Yoqaga NII berish
|
Dazmol, dazmolmato, suvpurkagich
|
|
Chetlarini to‘g‘rilab, ustki yoqa tomonidan namlangan dazmolmato qo‘yib dazmollab yupqalashtiriladi.
|
1.9. Ko‘klash iplarini olib tashlash
|
Qaychi, dukcha
|
|
Ko‘klash qaviqqatori bir nechta joyda kertiladi va ko‘klash iplari olib tashlanadi.
|
1.10. Tayyor yoqaga NII berish
|
Dazmol, dazmolmato, suvpurkagich
|
|
Tayyor yoqa namlangan dazmolmato qo‘yib o‘ng va teskari tomonlaridan dazmollab yupqalashtiriladi.
|
|