Marg’ilon shaxar 1-son kxm ning yo’nalishi guruh talabasi
Applikatsiya ishlari uchun asboblar va moslamalar
Download 334.93 Kb.
|
Applikatsiya va gajim tayyorlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Applikatsiya turlari.
Applikatsiya ishlari uchun asboblar va moslamalar.
Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo‘lda bajarish mumkin. Qo‘lda applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, Applikatsiya turlari. Applikatsiyaning alohida predmetli, butun bir mavzuli va dekorativ naqshli turlari bo‘ladi. Predmetli applikatsiyada bironta hayvon, gul, qush, barg, uy, mashina va hokazo kabi narsalar tasvirlansa, mavzuli applikatsiyada ma’lum bir sharoit, ya’ni joy-bayram ko‘rinishi, tabiat manzarasi tasvirlanadi. Dekorativ naqshli applikatsiya xayoliy, noan’anaviy shakllardan iborat bo‘ladi. Applikatsiyalar oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Shuningdek, applikatsiyani bajarishda bir xildagi yoki bir necha turdagi gazlama bo‘laklaridan foydalanish mumkin. Applikatsiya tayyorlash jarayoni ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladi. Avvalo applikatsiya mavzusi tanlanadi va shunga asosan eskiz chiziladi, so‘ngra rang tanlanadi, shakl kesiladi, asosga joylashtiriladi va kashta tikib mahkamlanadi. Gajim asosan maxsus iplardan va ip qoldiqlaridan tayyorlanadi. Gajim to‘qilishi, hajmi, shakli jihatidan bir necha xillarga bo‘linadi. Gajim asosan oyna, eshik pardalarini va ayollar va bolalar kiyimlarini bezash uchun maxsus bezak sifatida ishlatiladi. Mato turi, rang va fasonga qarab, gajim tanlanadi. Bu asosan kiyimlarnietak, ko‘krak, yeng, yoqa qirqimlariga, pardalarning etak qismiga qo‘yib tikiladi. Gajimlarni sifat darajasi yuqori bo‘lish u bilan birga titilmaydigan, kirishmaydigan, rangi chiqmaydigan bo‘lishi talab etiladi. Gajim ranglari aniq, abstrakt va kontrast ranglardan tayyorlanadi. Gajimlar asosan trikotaj to‘qima, tikma va maxsus ShVM mashinalarida maxsus iplardan to‘qiladi. Gajimlar to‘qilishiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi: ajur, futerli, kiperli, bog‘lab to‘qilgan, sachoqli va h.k. Bular yengil sanoatda keng qo‘llinaladi. Bugungi kunda gajimdan «ELITA» pardalarini bezashda keng foydalanilmoqda. Download 334.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling