Ma’rifat soati bayoni №4 2023yil 27-yanvar Bekobod shahar Raislik etuvchi


Download 19.9 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1167152
Bog'liq
ma\'rifat soati 27.01. 2023


«TASDIQLAYMAN»
Bekobod shahar10-umumiy o`rta ta’lim
maktab direktori Ma’naviyat va ma’rifat
kengashi raisi vvb_________N.D.Umarova
2022 yil «27» yanvar
Bekobod shahar 10-umumiy o`rta ta’lim maktab ma’naviyat va ma’rifat kengashining

MA’RIFAT SOATI BAYONI № 4
2023yil 27-yanvar Bekobod shahar

Raislik etuvchi: N.D.Umarova –10-umumiy o`rta ta’lim maktabi vvb direktori, kengash raisi
Qatnashdilar: G.G.Madmarova MMIBDO`, kengash kotibi
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari
(ro`yxat bo`yicha), pedagog va ishchi xodimlar


KUN TARTIBI:
1 ““Islom Karimov - mustaqil O`zbekiston asoschisi

(A.X.Nazarov,, N.J.Umarova, G.G.Madmarova, R.R.Gafarov, L.V.Yermilova, N.N.Abdullayeva, D.O.Do`smuradova, M.I.Alimov, T.E.Xadjayeva )
Yig`ilishni 10-umumiy o`rta ta’lim maktab vvb direktori, ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi N.D.Umarova olib borib, kun tartibidagi masala yuzasidan so`zni Tarix fani o`qituvchisi Y.Pliyevaga berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Tarix fani o`qituvchisi Y.Pliyeva so`zga chiqib, Islom Karimov- mustaqil O`zbekiston asoschisi mavzusida ma’ruza qildi:
O`ta murakkab va tahlikali vaziyatda mamlakatimiz mustaqillikni qo`lga kiritgani va o`tgan yillar davomida ulkan yutuq va marralarga erishgani, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning baxtli hayot kechirishi, o`z orzu-istaklarini ro`yobga chiqarishi va yorug` kelajak sari intilishi xalqimizning aziz farzandi Islom Karimovning jasorati, matonati, mardlik va olijanoblik fazilatlari, noyob iste’dodi, odilligi va donishmandligi, uzoqni ko`ra bilishi va Vatanimizga, xalqimizga sadoqati, uning kelajagi buyuk bo`lishiga ulkan va qat’iy ishonchi tufayli ro`y berdi. Bunday buyuk va olijanob insonning xotirasiga hurmat-ehtirom ko`rsatish ham sharaf, ham farzdir. Zero, Vatanimiz, xalqimizga butun borlig`ini baxshida qilib, fidoyilik ko`rsatib yashagan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ibratli hayoti va faoliyati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, mustaqillikka sadoqatli qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent, Qarshi va Samarqand shaharlarida Birinchi Prezidentimiz haykallari qad rostladi. U kishi uzoq yillar faoliyat yuritgan Oqsaroy qarorgohi yodgorlik majmuasiga aylantirildi. Toshkent xalqaro aeroporti, yirik muassasa va tashkilotlar, poytaxtimiz va viloyat markazlaridagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi.Davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori xalqimizning buyuk farzandi, mustaqilligimiz asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xotirasiga yuksak ehtiromning yana bir namunasi bo`ldi. Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan mamlakatimizda izchil ishlar amalga oshirildi. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan “Islom Karimov – mustaqil O`zbekiston asoschisi” kitob-albomi ham qaror ijrosi doirasida nashrdan chiqdi.Ushbu kitob-albomda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so`zboshisi keltirilgan. Unda shunday so`zlar bor: “Vaqt va hayotning o`zi Islom Abdug`aniyevich Karimov zamonamizning yetuk siyosatchisi, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o`ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko`ra oladigan, o`z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg`usini teran his etadigan atoqli rahbar ekanini har tomonlama isbotladi”.

Yig`ilish qatnashchilari ma’rifat soati mavzusi yuzasidan o`z fikr va mulohazalarini bildirib o`tdilar. Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, yig`ilish




QAROR QILADI:


1. MMIBDO` G.G.Madmarovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin
2.Sinf rahbarlari “Ma’rifat soati”da o`qib eshittirilgan ma’ruzadan tarbiyaviy soatlarda foydalansin
3. Jamoada sog`lom ma’naviy muhit hukm surishiga erishilsin
3.Qaror ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman


Ma’naviyatvama’rifatkengashikotibi: G.G.Madmarova
Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling